Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I
|
topmacha, topar c h o ‘pchak, top-top, top-top cho‘pchak, matal, masala,
ushuk kabi xilm a-xil so‘zlar bilan ham ifodalanadi. A m m o hozirgi paytd a «topishm oq» yagona ilm iy-adabiy term in sifatid a to ‘la o ‘zlashdi, qolganlari esa, to r doiralarda va ayrim keksa kishilar nutqida ishlatiladigan b o ‘lib qoldi. Topishm oq aytishishning ham q at’iy a n ’analari, o ‘ziga xos tartib- q o idalari b o ‘lgan. F olklorshunos Z .H u sainovaning yozishicha, « 0 ‘zbek xalqi orasida ham juda qadim da biror muayyan vaqtda, biror marosimda topishm oq aytishish rasm b o ‘lgan b o ‘lishi m um kin. Lekin hozirgi vaqtda bunday aytishishlaming izlari saqlanm agan. A m m o ota-bobolarim iz kundalik m ehnatdan b o ‘shagandan keyin, ko‘pincha kechasi topishm oq aytishar ekan. Sam arqand viloyati G u lb ulo q qishlog‘ida yashovchi Roziya m om o shunday deydi: «Qishning kechasi uzun bo‘ladi, ayollar yig‘ilib urchuq yigiradi, olacha to ‘qiydi, shu vaqtlarda yoki kechasi yotgandan keyin topishm oq ay tish ish » o d a ti b o ‘lgan. S a m a rq a n d v ilo y a tin in g sh im o liy tu m a n larid ag i o ‘zb eklar yashagan qish lo q lard a to ‘yga b o sh q a qishloqlardan kelgan odam lam i qo‘ni-qo‘shnilamikiga qo‘ndirganlar. Yig‘ilgan m ehm onlar o ‘rtasida chaldirm oq, jum boq aytishish ham b o ‘lg a n » .6K D em ak, to p ish m o q n i asosan q ish k ech alari ay tish o ‘tm ishda uning ijrosida muayyan taqiqlar bo‘lganligini ko‘rsatadi. T o pishm oq ijrosi uch u n kam ida ikki kishi, ikki g u ruh yoki topishm oq aytuvchi va uni yechuvchilar, javobini topuvchilar b o ‘lishi kerak. Topishm oq aytilishi bilan uning javobi topilgach, ketm a-ket navbatdagilari aytila beradi. Shuning uchun ham topishm oq aytish hozirgi paytda aql-zakovat, ziyraklik musobaqasi, o ‘yin-kulgi, ko‘ngil ochish vositasiga aylangan. Xalq o‘rtasida « 0 ‘zi g‘ir mitti, urdi yiqitdi» (uyqu), «Otdan baland, itd an past» (egar), «K o‘k ko‘ylakka g‘o ‘za yoydim» (osmon va yuiduzlar), «Qoziq ustida q o r turm as» (tuxum ) kabi ju d a keng tarqalgan topishmoqlar borki, ular aytilishi bilan darhol javobi topiladi. A m m o topishm oqlarning shundaylari ham borki, javobini topish an c h a qiyin, h atto katta tu rm ush tajribasi bo r kishilarni h am o ‘y l a n tir i b q o ‘y a d i. B u n d a y h o lla r d a ja v o b n i t o p i s h n i yengillashtiruvchi qo‘shim cha m a’lum otlar beriladi, ya’ni javobni topuvchilar aytuvchidan «jonlimi, jonsiz?» deb so‘raydilar. Shunda ham javob topish qiyinlashsa, «Qattiqmi, yumshoq?», «Achchiqmi, shirin?», « 0 ‘zi qanday?», «Qayerda b o ‘ladi?» kabi q o ‘shim cha so‘ro q lar o ‘rtaga tushadi. Javob topilm agach, «shahar» beriladi. «Shahar olish» topishm oqni topa olm agan kishini uyaltirish, izza qilish va shu bilan davraga xushchaqchaqlik kiritish vositasidir. Aytuvchi topishmoq javobini topolmagan kishini quyidagicha uyaltirib, so ‘ng o ‘zi javobini aytib beradi: «Shahar, unda bor-u m unda kel, kelib m ening qoshimga yiqil. Ikkalamiz ketaylik. Sen ham keta berib, tap etip bir xaloga tushding. M en ham keta berib. jarang etib bir tillaxonaga tushdim . Bir devona:— «Hey, d o ‘st»,— deb keldi. M en bir olovkurak tilla chiqarib berdim, meni tol k o ‘chada alqab-alqab ketdi. Sen bording-u, bir olovkurak go‘ng chiqarib berding, seni tol k o ‘chada qarg‘ab-qarg‘ab ketdi. M en ham bir otga m indim , sen bir yag‘ir eshakka minding. Kunjaradan non qilib, eshakning yag‘iriga kunjarani tegizib, yalab-yalab ketding. M en bordim , shinni bilan murabboga n onni tegizib, yalab-yalab ketdim. Hay, sen topm asang, m en topay, og‘zingga katta bir tappini yopay. Uning o ‘zi...».69 A yrim jo y lard a javob topilm agach, to p uvchi bilan aytuvchi o ‘rtasida «Sotdim -oldim » dialogi bo‘lib o ‘tadi. Bunga ko‘ra, aytuvchi topuvchining barcha tana a ’zolarini «Sotib olish» orqali uni izza qiladi: — Sotdim. — Oldim. — Nimasini? — Q o ‘lini. — N im a qilasan? — U choqqa kosov qilaman. S h u ta riq a ja v o b to p o lm a g a n sh a x sn in g k o 'z i x alo jo y g a sham chirog4. qulog‘i tezakka supra, oyog‘i tezak tepkilagich, boshi o ‘choqqa tosh, og‘zi o ‘ra, bum i hushtak qilish uchun «sotib olinadi». Oxirida o ‘zi «sotiladi»: — Yana sotdim. — Oldim. — Nimasiii? — 0 ‘zini. — N im a qilasan? — Tog‘dan yumalatib, o ‘tin qilaman. S hundan keyingina aytuvchining o ‘zi topishm oqning javobini aytgan. Javobini bilmay turib, topishm oq aytish qattiq qoralangan. Masxara b o ‘lishdan uyalish, tahqirlanishdan qochish istagi topishm oq aytish o ‘yiniga qatnashuvchilarni ko‘p bilishga, fikriy qobiliyatlarini doim o ‘stirib borishga undagan. «Shahar bergandagi» tahqirom uz gaplar undagi ishtirokchilami sira ham ranjitmagan, aksincha, davrada ruhiy ko'tarinkilik, xushchaqchaqlik paydo qilgan, ularning qiy-chuvi, xursandchiligiga sabab boigan. Topishm oq folklorning qadimiy janrlaridan biridir. Uning paydo bo‘lishi, qadimiy vazifasi va dastlabki shakli haqida olim lar turli- tu m a n q a r a s h la r n i ilg ari s u rg a n la r. M a s h h u r in g liz o lim i E.B.Taylorning fikricha, topishm oq madaniyat tarixida maqol bilan birga paydo b o ig a n bo‘lib, uning gullagan davri sivilizatsiyaning quyi va o ‘rta bosqichlariga to ‘g ‘ri keladi. U ningcha, topishm oq an ’anaviy savol-javob shaklidagi odatda quruq hazilga olib boruvchi hozirgi so‘z o ‘yini emas, balki u jiddiy javob berishni talab qilgan qadimiy shaklda tuzilgan topshiriqdir. Sfinks topishm og‘i buning tipik nam unasi bo‘lishi mumkin.70 Qadimgi grek mifida Sfinks boshi ayol, tanasi sher bo‘lgan qanotli maxluq sifatida tasaw u r qilingan. U Fiv shahri yaqinida joylashib olib: «Kim ertalab to ‘rt, kunduz ikki, kechqurun uch oyoqda yuradi?»—deya topishm oq aytadi va javob topa olmaganlarni o'ldiradi. N ihoyat, Edip: «Inson bolaligida emaklaydi, ulg‘ayganda tik yuradi va qariganda hassaga suyanib qoladi>>,— deb bu jum boqni yechadi va Fiv shahriga shoh bo‘ladi.71 Topishm oqlar shartli yashirin nutq asosida yuzaga kelgan b o ‘lib, uning zamini kishilaming qadimiy e’tiqod va tasaw urlari, olamni bila borish va idrok etish darajasi bilan bog‘liqdir. D arhaqiqat, Z .H u s a in o v a n in g y o z ish ic h a : « 0 ‘tm is h d a ta b ia t va ta b ia t hodisalarining o ‘zi bir jum boq b o ‘lganki, odam lar uning sirini bilmaganlar va yecha olmaganlar, ularga u sirlar bir m o ‘jizaday bo‘lib ko‘ringan... Shaxs o‘zini qurshab turgan tashqi obyektiv olamni taniy boshlagan bir paytda undagi narsa va hodisalaming qaysi yo‘l bilan yaratilishini anglash, bilish istagida narsa va hodisalarnt bir- biriga solishtirish, qiyoslash va b a’zan qaram a-qarshi q o ‘yish bilan o‘rgana boshlagan. Ular quyosh, oy, yulduzlar harakatining, chaqm oq chaqishi, kolk guldurashi, bulut kelishi, shamol esishi, qor-yom g‘ir yog‘ishi kabilaming mohiyatini to ‘la anglab yetmaganlar va animistik tushunchalarga asoslanib, ularning ham m asida jon bor, deb ta saw u r qilganlar. Bunday tushunchalarning ba'zi ko‘rinishlari topishmoqlarda ham uchraydi. «Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi» topishmog‘ida quyosh, oy, yulduzlar insonga qiyos qilinib, jonlantirib berilishi ibtidoiy tushunchalar bilan bog‘liq. Chunki inson hali tabiat va u n in g sirla rin i t o ‘g‘ri tu s h u n ib y eta o lm ag an , to te m is tik tushunchalar hukm ron bo‘lgan paytlarda quyosh va oyni otalik va onalik boshlang‘ichi — ota va ona deb tasaw u r etgan».72 Demak, to p ish m o q lar bir vaqtlar m uayyan magik vasifalam i ado etg an zam onlaridan boshlab, aql-zakovat, ziyraklik musobaqasi, ko‘ngil o c h ish , o ‘y in -k u lg i vositasiga aylangan d av rla rig ach a b o ‘lgan m urakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o ‘tgan. Shuning uchun ham ular hayotni tasvirlash m ohiyati, tuzilishi, badiiy xususiyatlari jihatidan turli-tum an b o ‘lib, ko‘p zam onlar izini o‘zlarida saqlaganlar, xalqning estetik didi, hissiy tuyg‘ulari osha borgan, tabiat va jam iyatni bilish qudrati kuchaya borgan sari ulardagi mifologik tasaw urlar va qadimiy tu sh u n c h a la r susaya borib, poetik bosim b irin ch i planga ch iq a boshlagan. N atijad a, to p ish m o q tu rli-tu m a n m aro sim lar b ila n bog‘liqligi va boshqa m aishiy funksiyalarini yo‘qotib, sof badiiy- estetik vazifa o ‘taydigan janrga aylanib qolgan. 0 ‘zbek xalq topishmoqlarining asosiy qismini metaforik topishmoqlar tashkil etadi. Qadimiyatning ulkan olimi Aristotel, topishm oqlam ing m etaforalardan tashkil topganligini alohida ta ’kidlaydi: «Amalda topishm oqning mohiyati haqiqatan mavjud b o ‘lgan narsa to ‘g‘risida so‘zlash, Shu bilan birga, butunlay mumkin b o ‘lmagan narsalam i birlashtirishdir. Bunga (ko‘p qo‘llanadigan) so‘zlar vositasida erishib bo‘lmasa. m etaforalarorqalim um kin».73 Chindan ham metafora narsa va hodisalar, predmetlaming u yoki bu belgisi o ‘xshashligiga asoslangan p o etik k o ‘ch im b o ‘lib, a n ’anaviy to p ish m o q lam in g m o h iy atin i b elgilayd i. M a salan , sabzi haqidagi «Yer ta g id a o ltin qoziq» topishmog‘ini olaylik. Bunda sabzining rangi (sariqligi) oltinga, ko‘rinishi (shakli) qoziqqa o ‘xshashligi hisobga olingan. D em ak, m azk u r topishm oqning javobi sabzi bo‘lsa, uning ko‘chim i oltin qoziqdir. M azkur topishm oqning «Yer tagida qator qoziq» variantida esa, sabzining faqat ko‘rinishi (shakli) nazarda tutilgan. «Qizil qiz yer ostida, sochlari yer ustida», «Sariboy akam ichkari, Soqollari tashqari» kabi variantlarda jonlantirish priyomi bilan birgalikda metaforik ko‘chimning turli jihatlari ham nam oyon b o ‘lgan. 0 ‘zbek xalq topishm oqlarining yana bir tu rin i so‘ro q (savol) topishm oqlar tashkil etadi. Bunday topishm oqlarda predm etlam ing o ‘xshash belgilari bir-birlari bilan solishtirilmaydi, balki topuvchi oldiga m a ’lum so‘roqlar, m uayyan vazifalar q o ‘yiladi. M etaforik topishm oqlarda javob yashiringan predmetning nom idangina iborat b o ‘lsa, bu xil to p ish m o q lard a javob keng izohlanadi. M asalan, «D unyoda to ‘rt narsa yo'q» topishm og‘ining javobi shunday: O sm onning ustuni yo‘q, Hovuzning qopqog‘i yo‘q, K o‘rpaning yengi yo‘q. Oshpichoqning qini yo‘q. S o 'ro q (savol) topishmoqlarning juda murakkab ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan: — U nimadir, havodagi do‘langan? U nim adir, yer yuzini suv olgan? U nim adir, orqasida og‘zi bor? U nim adir, o ‘rtasida mag‘zi bor? U nimadir, suv ichida jo n i bor? - Bulut b o ‘lar havodagi d o ‘Iangan, Yomg‘ir b o la r yer yuzini suv olgan, Tegirmondir, orqasida og‘zi bor, Bug‘doy b o ‘lar o ‘rtasida m ag‘zi bor. Baliq bo‘lar suv ichida jo n i bor. Bu xildagi topishm oqlarning yuzaga kelishida yozma adabiyot nam unalarining, qissalaming muayyan ta ’siri ham b o llgan. shuning uch un ham bunday nam unalar «Oshiq Oydin», «Oshiq Alvand», «Xirmondali» kabi kitobiy dostonlarga yaqin asarlarda, Maxtumquli va D urdi qilich aytishuvlarida ham uchraydi. Savol-topishm oqlarning javobi birgina so‘zdan iborat bo‘lgan, yuqoridagilarga o ‘xshab keng izoh talab qilmaydigan nam unalari ham mavjud. Bu jihatdan javobi sham ol b o lg a n va sham olning tilidan aytilgan topishmoq xarakterlidir: Aqqa o‘tdim , bildingmi? Baqqa o ‘tdim , bildingmi, Oq quvrayning boshini — Chertib o ‘tdim , bildingmi? 0 ‘zbek xalq topishm oqlarining yana shunday xillari borki, ularda sanoq sonlar ishtirok etadi, ya’ni u yoki bu narsa va hodisa shu sonlar yordamida jum boqlanadi. Bunda narsa va hodisalar orasidagi 0‘xshashliklar ham hisobga olinadi, albatta. Masalan: B ir daraxtda o ‘n ikki shoxa, H a r shoxada o ‘ttiz yaproq, Y aprog‘ining bir yoni qora, bir yoni oq. Bu topishm oqning javobi bir yil, o ‘n ikki oy va o ‘ttiz kecha- kunduzdir. Xalqimizning topishm oq repertuarida yana shunday nam u nalar borki, ularning javoblari sanash, hisob-kitob qilish orqali chiqariladi. Bir misol: «Bir to ‘da g‘oz uchib borar ekan, bir g‘oz ro‘para kelib: — Ey, yuz g ‘oz, salom at borm isiz,— debdi. S hunda uiardan biri:—Biz yuz g‘oz emasmiz. Yana biz miqdori g‘oz b o ‘lsa, yana bizning yarm im iz m iqdori va yarmimizning yarmi b o is a , u vaqtda sen ham q o ‘shilsang, yuz g‘oz b o ‘lamiz, — debdi. Havodagi g‘ozlar qancha ekan?» Javobi: 36 (36 + 36+18 + 9 + 1 = 100). Bu xil nam unalam i masala-topishm oqlar deyish mum kin. Ammo u la r x a lq o r a s id a n ih o y a td a k a m ta rq a lg a n . 0 ‘z b e k x alq topishm oqlarining topishm oq-m aqol, topishm oq-o‘yin, topishm oq- tez aytish, top ish m oq -qo 'sh iq , topishm oq-ertak kabi tu rlari ham mavjud. A m m o ularning nam unalari nihoyatda ozchilikni tashkil etadi. 0 ‘zbek xalq topishm oqlari tem atik jihatdan g‘oyatda boy va rang- barangdir. X alqim iz ijtim oiy-m aishiy turmushining m am lakatim iz tabiati, geografiyasi, ekologiyasi, nabotot va hayvonot olam ining, inson va koinotning biror sohasi yo‘qki, ular haqida bir-biridan go‘zal, g‘oyatda ixcham va siqiq topishm oqlar yaratilmagan b o ‘lsin. Yer va osm on, daryo va ko‘llar, tog ‘-u toshlar, dov-daraxt va o ‘rm onlar, m evazor bog‘lar va keng dalalar, oila-ro‘zg‘or jihozlari va m ehnat qurollari, m o m aqaldiroq va chaqm oq, sel va b o ‘ron, zulm at va yorug‘lik, oy va fasllar, hayvonot va o ‘simliklar olami, o ‘quv qurollari va musiqa asboblari, zam onaviy texnologiya va texnika vositalari, inson va uni o ‘rab olgan m uhit haqida ko‘plab topishm oqlar to ‘qilib, avloddan avlodga o ‘tib, bizning kunlarimizgacha aytilib kelinmoqda. T opishm oqlarda xalqning kundalik hayoti, yurish-turishi va yashash tarzi, isho nch -e'tiq od i, tasaw u rlari va olamga qarashi aks etgan. Shu bilan birga topishm oqlarda tarixiy voqealar, ijtimoiy-siyosiy masalalar, sinfiy m unosabatlar ham qisman o ‘z ifodasini topgan. M asalan, bit haqidagi «Abdullaxon— beustixon», «O sm oni resmon, M ulla A b d u rah m o n —beustixon» topishm oqlarining birinchisida Buxoro xoni A bdullaxon (XVI asr), ikkinchisida qo‘qon xonligida xalqqa zulm o 'tkazgan A bdurahm on oftobachi (XIX asr) ko‘zda tutilayotganligini payqash qiyin emas.74 Ayrim topishm oqlarda sotsial- sinfiy m unosabatlar yanada yorqinroq aks etgan. «H am m aga to ‘n tikadi, o ‘zi yalang‘och» (igna) topishm og‘i xuddi shunday chuqur ijtimoiy mazmunli jum boqlardandir. Topishmoq kontekstidan boshqalar, ya'ni boy va amaldorlar uchun ertayu kech m ehn at qilib, o ‘zi ya!ang‘o ch qolgan k am b ag ‘al hunarm and nazarda tutilayotganligi sezilib turibdi. Topishmoqlar ham m a davrlarda yaratilgan. Ijtimoiy hayotga yangi narsa va hodisalaming kirib kelishi bilan ular haqida topishm oqlar ham yaratila borgan. Natijada, hayotimizga kirib kelgan samolyot, poezd, avtomashina, tramvay, traktor, patefon, radio, televizor, y ery o ‘ldoshi, telefon, lampochka haqida qator topishmoqlar yaratildi: Kechasi oftobdek, Kunduzi koptokdek. (Lampochka.) Qush emas, qanoti bor, Chiroyli savlati bor. Uchsa lochin yetolmas, Tolmas zo‘r quw ati bor. (Samolyot.) Y angi to p ish m o q lard a a n ’anaviy to p ish m o q la rn in g sh ak li, ju m bo q lash usullari, asosan, saq lan ib qo ld i, lekin m etafo rik topishmoqlar kam yaratildi. Yangi topishm oqlarning yaratilishida individual ijodkorlarning xizmatlari katta b o ‘ldi. Bunday ijodkorlar yaratgan topishm oqlarnnng muayyan qismi ommaviy repertuarga o'tib, bolalar orasida tobora keng tarqalib bormoqda. Topishm oqlar tuzilishi jihatidan nasriy yoki she'riy shaklga ega. Nasriy topishm oqlar she’riy tuzilishdagi topishm oqlarga nisbatan ozchilikni tashkil etadi. She’riy topishm oqlarda she’r shakliga xos turoq, vazn, qofiya, radif kabi barcha jihatlarga to ‘la amal qilinadi. Masalan: T o‘rtdir uning oyog‘i, Tem ir mixli tuyog‘i, Manzilga yetishtirar, Toshdan qattiq tuyog‘i. (Ot) Topishmoqlarning savol ham da javob qismi bir kom ponentli (bir savol-javobli, bir predmetli) yoki ko‘p kom ponentli (ko‘p savol — javobli, ko‘p predmetli) b o ‘lishi mum kin. Bo‘ri, baliq, sum alak, toshbaqa haqida yaratilgan quyidagi topishm oq to 'rt kom ponentlidir: Tog‘da talaym onni ko‘rdim, Suvda sulaym onni ko‘rdim, Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim, Yumalab yotgan toshni kolrdim. T opishm oqlar ritm ik izchilligi, badiiy ohangdorligi, qofiyalaming m o ‘l- k o ‘lligi va x ilm a -x illig i b ilan ajralib tu ra d i. M e ta fo ra , m etonim iya, m ubolag‘a, o ‘xshatish, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalari va ko‘chim lar ulardagi badiiylikni ta ’minlaydi. Alteratsiya va takrorlam ing rang-barangligi va turfa-turfa tovlanishi topishm oq- larning jarangdorligi va em otsional ta ’sirchanligini yanada oshirgan. Bulaming barchasi birlashib, ularning kishi xotirasida uzoq saqlanishini ta ’m inlay olgan. Topishm oqlar adabiyot va san’at taraqqiyotiga barakali ta ’sir etdi. U lar adabiyotim iz tarixida chiston, m uam m o, muvashshax, t a ’rix kabi lirik janrlarning paydo b o ‘lishi va rivojida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bugungi kunda topishm oqlar juda katta m a’rifiy va tarbiyaviy aham iyatga ega. U lar bolalar va yoshlarim izning fikr doirasini kengaytirish, topqirligini oshirish va m uhokam a qobiliyatini o ‘stirish- ning m uhim estetik vositasidir. M aqol. M aqol, masal, matal, zarbulmasal, naql, hikm at, foyda, hikm atli so‘z, tanbeh, mashoyixlar so‘zi, donolar yoki donishm andlar so‘zi, oqinlar so‘zi va otalar so‘zi atam alari bilan el orasida yurgan bu ja n r nam unalari g‘oyat ommaviy bo‘lib, umumfolklor hodisasi hisoblanadi. Ilmiy taom ilda esa maqol atam asi istemoldadir. M aqol arabcha «qawola» so‘zidan olingan va «aytmoq, so‘zlamoq» m a’nola- rini anglatadi. Xalq orasida «Qavlida sobit» yoki «Qavlida tuturuqsiz» iboralari bor: birinchisida «so‘zida qat’iyatli, bir so‘zli» m a’nolari anglashilsa, ikkinchisida «so‘zida turmaydigan, o‘z so‘zi ustidan chiqa olm aydigan, so‘zi bilan ishi bir bo‘lmagan» m anolari ifodalangan. B inobarin, «maqol» so ‘zi o ‘zbek tilida ikki m anoda, avvalo, o ‘z lug‘aviy m anosida — «so‘z, nutq»ni anglatsa, ikkinchidan, istilohiy m anoda — folklorda keng tarqalgan jan rni ifoda etadi. M aqol masal va naql janrlarining yuzaga kelishiga ta ’sir ko‘rsatgan, masal va naqlning xulosasi, qissadan chiqarilgan xulosasiga aylanganligi tufayli b a’zan masal va ba’zan naql istilohlari bilan aralashib ketgan. Aslida esa «masal» so‘zi ham arabcha bo‘lib, «o‘xshamoq» m a’nosini anglatsa-da, o‘zbek tilida maqol va biror maqsadni izohlashga qaratilgan majoziy hikoya singari ikki m a’noda qo‘llanadi. Biroq XX asrga kelib, uni m aqol m a’nosida istifoda etish bilan cheklanildi. Faqat tojik folklorshunosligida maqolni masal istilohi bilan atash qaror topdi. «Naql» so‘zi h am m aqol m a’nosida q o ‘llansa-da, arabcha so ‘z bo‘lib, «ko‘chirmoq» m a’nosini anglatadi. 0 ‘zbek tilida esa «bayon qilm oq, hikoya qilmoq, rivoyat qilmoq» singari ikkinchi bir manoga ega va xalq og‘zaki nasrining mustaqil aforistik janrini ifodalovchi ilm iy istiloh sifatida qo'llanadi. «Yaxshi naql-tom iri aql» maqolida «naql» — maqol manosidadir. Maqollar xalq donishmandligining nodir namunalari sifatida og‘zaki badiiy ijodning keng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni xalqona axloq-odob qoidalari deb atash mumkin. Zero, maqollar xalqning asrlar davomida hayotiy tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy-m adaniy. axloqiy-falsafiy qarashlarining g‘oyat ixcham, lo‘nda, siqiq va obrazli ifodasidan tug‘ilgan hodisadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo‘lib yuzaga keladi. Aytaylik, jahondagi barcha xalqlarda ham yashamoqning asosiy sharti-yemoq va kiymoq bo‘lib, buning moddiy negizi ekin ekish va undan m o‘l-ko‘l hosil olgan holda ham moddiy, ham m a’naviy imkoniyatlarini ta ’minlashdir. Ekin ekish uchun yerni qay vaqtda shudgor qilish uning unumdorligini oshiradi? Bu savol javobi necha asrlik dehqonchilik tajribasining axloqiy xulosasi sifatida «Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda» maqolining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Qolaversa, xalq turmushidagi tajriba b ir xil xulosalarni keltirib ch iq arg an. N atijada m o h iy atan bir m azm undagi m aqollar yuzaga kelgan. C hunonchi, o ‘zbeklardagi «Bug‘doydan-bug‘doy, aф adan-arp a» va «N im a eksang — shuni o‘rasan» maqollari tojiklarda «G andum az gandum biro‘yad, jav zi jav» va ruslarda «Chto poseyesh, togo i pojnesh» shakllarida qo‘llanadi. Bu h o la t xalqlarning o ‘zaro m anaviy alo q alari t a ’siri yanada chuqurlashib borayotganligi ko‘chish natijasi ham bo‘lishi mumkin. U h o ld a maqolning dastlab qaysi tilda yaratilganligini aniqlash oson em as. Shu sababli turli tillarda mavjud bir xil mazmundagi maqollarni o ‘s h a xalqlar turm ush tarzidagi o ‘xshash jihatlarga oid hayotiy tajribalam ing mantiqiy-axloqiy yakunlari sifatida qarash asosliroqdir. L ekin masalaning bu qirrasi paremiologiya-maqolshunoslikda deyarli o‘rganilayotgani yo‘q. Har bir xalq maqollarida o ‘sha xalqning qalbi, miiliy tabiatiga xos qarashlari ifodalansa-da, ulardagi g‘oya umumxalqqa tegishlid ir. Shu xususiyatiga k o ‘ra, m aqo llar ham m iiliy, ham um um insoniy mohiyat kasb etgan. M aqollar insonlaming turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq m uddatli sinovlardan o ‘tgan turm ush tajribalarining hosilasi-barqaror va o ‘zgarm as, to ‘g‘ri va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kelgan. Bu hoi m aqollarda mavzular doirasini behad kengaytirgan va xilma- xillashtirgan. Binobarin, inson hayoti va turmushining barcha qirralari m aqollarda axloqiy bahoga aylangan. Shuni t a ’kidlash o ‘rinlidirki, hadislar ham m aqollam ing paydo b o ‘lishi va taraqqiyotida m a’lum darajada ta ’sir ko‘rsatgan, aniqrog‘i, h a d is la r jo n li s o ‘zlash u v ja ra y o n id a q ay ta is h la n ib , y anada ixchamlashib, obrazlilik kasb etgan holda xilma-xil m aqollar shaklida faolroq q o ‘llana boshlagan. M asalan, Abdulloh ibn U m ard an rivoyat qilinadigan «Alloh Taoloning rozi bo‘lishi otaning rozi bo*lishiga va uning g ‘azabi ham otaning g‘azabiga bog‘liqdir» hadisi mavjud. U xalq ijodida «Ota rozi-xudo rozi, Ota norozi-xudo norozi», «Ota oldida kek urm a, odobingga chek urma», «Ota oldidan o ‘tm a, odob oldidan ketm a», «Ota o ‘g‘li b o ‘lsang, ota nom ini baland tu t» singari o ‘nlab m aqollam ing yuzaga kelishiga turtki b o ‘lgan. Xalq maqollari ko‘p asrlik tadrijiy yo‘lni bosib, avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o ‘tish jarayonida yanada silliqlanib, zam o n ruhiga yo‘g‘rilib, teranlashib borgan. Ijtimoiy hayotdagi o ‘zgarish ularda ham aks topa borgan. M .Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydigan «Osh totug‘i tuz»> maqoli arablar istilosidan so‘ng arabcha so‘zlarning turkiy tilda faollasha boruvi tufayli «Oshning ta ’mi tuz bilan» shaklida leksik va sintaktik o ‘zgarishga uchragan h olda qo‘llana bo sh lag an . B unda arab c h a «tarn» so ‘zi tu rk iy « to tu q » so‘zini a lm a s h tirg a n va «bilan» k o ‘m ak ch isi y o rd a m id a m a q o ln in g transform atsiyaga uchragan yangi shaklda yashashini ta ’minlagan. 0 ‘tm ishda ustoz-shogird munosabatini ifodalovchi «U stoz ko‘rgan shogird andin-m andin qarmalar, ustoz ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alar» maqoli qachonlardir ikki qismdan iborat bo‘lgan. Unda ustoz shogirdni o ‘z xonadonidagi tekin xizmatkorhk m uddatini cho‘zish m aqsadida hunari sirini o ‘rgatishni paysalga solar yoki istar-istamay tushuntirar, shunda ziyrak shogird faqat o ‘z ustozi ko‘rsatm alari bilan cheklanmay, boshqa ustozlar ishlarini sinchkovlik bilan kuzatish asosida m ahorat sirlarini o ‘zlashtirib borar edi. M aqolning birinchi qismida ana shu axloqiy ibrat ifodasini topgan bo‘lsa, ikkinchi qism ida usta ko‘rm agan, yani shogird tushib, hunar o ‘iganmagan kishining har m aqom da yo‘rg‘alishi — uquvsizligi kesatilgan. Davrlar o ‘tishi bilan u sto z-sh o g ird o ‘rtasidagi m unosabatlardagi o ‘z g a rish la r tufayli maqolning birinchi qismi tushib qolib, maqol yanada ixchamlashgan. M aqollarda ajdodlarim iz axloqiy qarashlari narsa-hodisalarga m u n o sab atlari, ruhi va ta fak k u ri sezilib tu ra d i. 0 ‘zbek xalq maqollarida o ‘zbek xalqining dono siymosi, tarixiy taqdiri, mentaliteti, bag‘rikengligi, saxovati, adolatpeshaligi, ilmga, mehnatga chanqoqligi, b u n y o d k o rlig i, m e h m o n d o ‘stlig i, o ila p a rv a rlig i, b o la jo n lig i, b o la p arv arlig i, m e h m o n n av o z lig i, t o ‘g ‘riligi, se v g i-sa d o q a ti, j o ‘sh q in lig i, tiy ra k lig i, g ‘a y r a t-s h ijo a ti, q u v o n c h i, iz tiro b i, dushm anlariga qah r-g ‘azabi, betakror u rf-odatlari va a n ’analari yaqqol aks etib turadi. Xalq shu maqollari orqali kelajak avlodiga o‘z turm ush tajribalaridan saboq beradi. M aqollar m a’lum vaziyatda, m a’lum voqea-hodisa munosabati bilan yo fikmi boshlash oldidan, yo fikr bayoni jarayonida, yo fikrni xulosalash maqsadida aytiladi. Uni keksa-yu yosh baravar aytsa-da, ko‘proq hayotiy tajriba egasi bo‘lgan katta avlod nutqida faolroqdir. M aq o llarn i ish jaray o n id a ham , oddiy yoki jid d iy m u o m ala- m unozaralarda ham, to ‘y-hashamlarda ham aytish mumkin. Har bir gapga bir maqolni qo‘shib, fikrni dalillash, tasdiqlash yo inkor etish asosida nutqning ta ’sir kuchi oshiriladi. Bunday nutq tinglovchini befarq qoldirmaydi, uning his-tuyg‘ulariga tez ta ’sir qilib, fikrini uyg‘otadi, adolatli xulosalarga kelishi va hukm chiqarishini ta ’minlaydi. M aqollarning axloqiy hukm sifatidagi mohiyati shunda ko‘rinadi, zero, maqollarda hukmdan kechinmaga qarab boriladi. M aqollarda ifodalangan yagona hukm h ar b ir tinglovchida har xil kechinm a yo fikr uyg‘otishi tabiiy. Lekin baribir barcha bir xil xulosaga keladi. M aqollar og‘zaki badiiy ijod va falsafa oralig‘ida turgan hodisa bo‘lib, ularda aytilgan hukmni hech kim inkor etolmaydi.Chunki bunday hukm , aw alo, asrlar davomida turm ush tajribasida qayta-qayta sinalib tasdiqlangan, so'ngra esa, xuddi shu xususiyati tufayli tarix hikmatiga aylanib tashviqiy mohiyat kasb etgan. Shuning uchun maqollardagi fikrlartinglovchilartomonidan e’tirozsiz, hech bir qarshiliksiz va izohsiz qabul qilinishi odatiy holdir. Maqollarda m antiq kuchi baland, fikr ishonarli va bahslashishga o ‘rin qoldirilmagan. Shu sababli ulardan nutqning istalgan joyida, istalgan maqsadda foydalanish mumkin. Shunga qaramay, maqollar, odatda, jiddiy tusda aytiladi va tinglanadi. Lekin b a’zi hollarda maqollar kinoya, piching, istehzo, zaharxanda m a’nolarida ham ishlatilishi mum kin: «Jo‘ja n i kuzda sanaydilar» maqolida ishining natijasi ko‘rinm ay maqtanadigan kishilarga kinoya, «G ado arazlasa — t o ‘rvasiga ziyon» m aqolida h u d a-b eh ud ag a achchiqlanadigan kishilarga zaharxanda m a'nolari ifodalangan. M aqollar m a’no-m azm unini to ‘la anglash va idrok etish uchun tin g lo v ch i, avvalo, o ‘sha m a q o ln i yaratgan xalqning tarix in i, d u n y o q a ra s h in i, u rf-o d a tla rin i, d in iy a q id alarin i, o ‘sha xalq yashayotgan yurtning jug ‘rofiy m uhitini, hayvonlar va o ‘simliklar dunyosini, iqlim sharoitlarini puxta bilmog‘i lozim. C hunki har bir maqol o'zicha m ustaqil qomusiy asar b o ‘lib, uning asosida kishilik yaratgan bilimlarga oid tushunchalar o'zaro qorishib ketgan. Xalq taqvimi va urf-odatlariga oid ko‘pgina maqollarda bu ravshanroq ko‘rinadi. Jum ladan, «Ayamajuz — olti kun, qahri kelsa — qattiq kun», «Aziz m om o - olti kun, qahri kelsa — yetti kun», «Aziz m om o, olti kun, qaltirasa — yetti kun, sakransa - sakkiz kun, to ‘qransa — t o ‘qqiz kun, o ‘qransa — o ‘n kun» singari m aqol m azm unini anglashga harakat qilaylik. Ayamajuz N avro'zdan oldin keladigan va qish intihosiga aloqador ayozli hafta b o ‘lib, aslida «to‘qson»ning ilovasi hisoblanadi. 0 ‘rta Osiyo xalqlarida qadim dan qish to ‘qson kun sanalib, shu m uddat «to‘qson» deb atalgan, so'ngra qirovli kunlarning ch o ‘zilishi inobatga olinib, ehtiyot yuzasidan unga yana o ‘n kun q o ‘shib, yuz kunga to 4lg‘azganlar va uni «sadi рок» deb yuritganlar. Hozirgi hisobga ko‘ra, «to‘qson» 13 dekabrdan 13 m artgacha b o ‘lgan m uddatga to ‘g ‘ri keladi. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni kolrsatdiki, to ‘qsonning oxirgi haftasi-hamisha sovuq zo‘rayib, hatto yer muzlashgacha borib yetadi. Shu olti kun «Ayamajuz, Ayyom yoki shisha kunlari» deb atalgan. Abu Rayhon Beruniy bu kunlarga xalq e ’tiqodi asoslarini «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklap> asarida shunday ta ’riflaydi: «Shu oy ichida «kampir kunlari» bo‘lib, uning boshi yigirma oltinchi shubotdir. U ketma-ket yetti kun bo‘ladi. yil kabisali bo‘lsa, to ‘it kuni Shubotdan, uch kuni ozor oyidan bo'ladi: (yil) kabisali b o ‘lmasa, uch kuni Shubotdan, to ‘rt kuni ozordan (b o ‘ladi)... Q adim gilar hikoyasicha, bu kunlar «kampir kunlari» deb atalishining sababi shuki, ... Od qavmi shu kunlarning qattiq sovuq shamoli, girdoblari va dahshatlari bilan halok bo‘lgan. U larjum lasidan bir kam pir tirik qolib, halok b o ‘lganlarga marsiya aytib, yig'lagan. Shuning uchu n bu kunlar «kam pir kunlari» deb atalgan. U (kecha- kunduzlam ing) qissalari m ashhurdir. ... B a’zilam ing gum onicha, shu (kunlarning «kampir kunlari») deb atalishiga sabab shuki, bir kampir (havoning) isiganini k o ‘rib, paxtali kiyimini yechib tashlagan va shu kunlam ing sovug‘ida o ‘lgan. Ba’zi arablar fikricha, «kampir kunlari»ning bunday atalishiga (sabab), bu kunlar qishning «kampiri», yani oxiridir». M ana shulardan bexabar holda mazkur maqol «mag‘zi»ni chaqish qiyin. M aqollar ham she’riy, ham nasriy shakllarda bo‘lsalar-da, na link, na epik turga kirmaydi. M aqollar shaklan ixcham bo‘lsalar-da, badiiyatiga ko‘ra yuksak obrazlilikka egadirlar. Ularda fikr sodda, tabiiy, ravon, silliq va tu shu narli b o ‘lib, tasirch an ifodalanishi ehtiyoji tu rli n arsalar, hayvonlar. o ‘simliklar va hodisalar obrazlaridan g‘oyaviy-badiiy niyatni ifodalashda foydalanishni taqozo etgan. Natijada timsoliy obrazlar v o s ita s id a h a y o td a g i ijo b iy yo sa lb iy v o q e a la rg a , in s o n iy munosabatlarga axloqiy baho berilib, hukm lar chiqarilgan. M aqollar tuzilishiga ko’ra, bir va bir necha sintaktik butunliklar asosida tashkil topgandir. Bir sintaktik butunlikdan iborat m aqollar, odatda bir qismli maqollar sanalib, ko'pincha darak gap yo‘sinida b o ‘ladi: «Ayol tilini ayol bilar», «Arg‘amchiga qil-quvvat», «Vatanni sotgan er bo‘lmas». «Gavhar yerda yotmas», «Yomon it egasini qopar», «lshni ishchandan o ‘rgan» kabi. K o‘p sintaktik butunlikdan iborat m aqollar esa, ko‘p qism li yoki m urakkab m aq o llar deb yuritiladi. Bunday m aqollar bir-biriga o ‘xshash yoki zid fikrlar bayonidan iborat bo‘ladi. Aksariyat m aqollar ikki qism dan tashkil topgan; bir qismi tasviriy m ohiyatga ega b o ‘lsa, ikkinchi qismi xulosadan iboratdir: «Aytmas yerda og‘zingni tiy, m ehmonga borsang nafsingni», «Bulbulning sayrashi guldir, m eh r xazinasi tildir», «Bug‘doy noning b o ‘lmasin, bug'doy so‘zing bo‘lsin», «Yolqitsa ham , yog‘ yaxshi, yondirsa ham , yoz yaxshi», «Ishonish bilan kasal b o ‘lsang, umid qilsang, tuzalasan» kabi yuzlab m aqollarda ikkinchi qismi zarbli va asosiy o ‘gitni ifodalaydi. Bir qismli maqollarga nisbatan ko‘p qismli maqollar tez o ‘zgarishga m o-yilroqdir. C hunki ba’zi holatlarda m aqol aytuvchining unda ifodalanayotgan m a'n o n i tushunib yetmasligi yoki eshitganini eslay olmasligi natijasida o ‘zicha qo'shim cha so‘zlar, izohlar q o ‘shishi tufayli m aqo ln ing yo m azm uniga, yo tuzilish ig a jid d iy z a ra r yetkazilishi mumkin. Bunday vaziyatda o 'sh a maqolda asosiy fikrni tashigan uzvlardan birining tushirilib qoldirilishi hech gap emas. Binobarin, m aqollam i aytish va tinglash ham alohida e 'tib o r va m as'uliyatni taqozo etadi. Aks holda beparvolik tufayli m aqolning asl m a’nosiga p u tu r yetkazilib, kelajak avlodga no to ‘g‘ri talqinda o ‘tib qolishi va m antiqqa zid m a’noda qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek. m aqolni aytuvchining o ‘zi, aw alo, aytayotgan maqoli o ‘zi bildirayotgan fikr m antig‘iga, mavjud sharoitga, vaqtga, voqelik mohiyatiga nechog‘H mos tushishini obdon chamalab ko‘rm og‘i zarur. Aks holatda esa aytilgan maqol yangi kiyimga tushgan yam oqqa aylanib qoladi. M aqollar jonli so‘zlashuv tilida yaratilgan va shu taxlitda so‘zlanadi. Aksariyati to ‘g‘ri m a’nolarda qo‘llansa, m a’lum qismi ko‘chma (ramziy va majoziy) m a’no tashiydi: «Awal o ‘yla, keyin so‘yla», «Yosh kelsa — ishga, qari kelsa — oshga», «Mehnat, mehnatning tagi — rohat», «Vatani bom ing — baxti bor, m ehnati borning —taxti», «Vataning tinch — sen tinch» maqollarida to ‘g‘ri m a’no ustuvor; «Dunyoni suv olsa — o ‘rdakka ne g‘am?», «Bo‘rini yo‘qlasang, qulog‘i ko‘rinadi» singari maqollar ko‘chm a manodagina hikmatlilik kasb etgan. Keltirilgan m aqollam ing birinchisi beg‘am , beparvo, na oila, na el-yurt g‘amini o ‘ylamaydigan, qom i to ‘ysa bo‘ldi — boshqasi bilan ishi bo‘lmaydigan kishilarga qarata kesatiqni ifodalasa, ikkinchisida yom on niyatni ko‘nglingga solma, tilingga olma, aks holda u o‘zingga uradi m a’nosi majoz orqali o ‘z aksini topgan. M a q o lla rd a b a d iiy til v o sita lari fik rn i ixch am va o b razli ifodalashga, tinglovchi qalbida kechinmani tez uyg‘otishga xizmat qiladi. Bu jih atd an m aqollarda uchrovchi sinonimiya va antonim iya hodisalari e ’tib om i tortadi. M aqollar orasida shakli boshqa bo‘lsa- d a, m azm u n i b ir xil b o ‘lib, sinonim ik q ato rlar hosil qiluvchi nam unalaranchagina. Bu motivlar silsilaviyligi asosida yuzaga kelgan. «Kattani katta bil, kichikni kichik» maqolidagi axloqiy motiv «Kattaga tegm a — yig‘larsan, kichikka tegma — uyalarsan», «Kattaning uyalgisi kelsa kichikka tegadi» , «K atta — kattaligida tu rsin , kichik — kichikligida», «Kattaga kattalarcha bo‘l, kichikka - kichiklarcha», «K attalar aytsin, kichiklar eshitsin», «Kichikni maqta, kattani saqla», «Kattaga hurm at — kichikka shafqat» kabi o ‘nlab maqollarda aksini topib, bu tun bir silsilaviy sinonim ik qatorni yuzaga keltirgan. Bu xildagi m aqollarni shartli ravishda sinonim maqollar deb yuritish m um kin; ular. odatda, m azm uniga ko‘ra tasnif qilinganda b ir mavzu doirasida beriladi. A ksariyat m aqollarda ikki m antiqiy m arkaz o ‘zaro ziddiyatli munosabatda beriladi, bunda tazod san’ati asosiy badiiy-tasviriy vosita sifatida estetik vazifani o ‘taydi: «Awal o ‘yla, keyin so‘yla», «Ko‘p o‘yla, oz so‘yla», «Awal — bahor, oxir — xazon», «Bas etgan o ‘zar, qasd qilgan to ‘zar», «Boyning o ‘g‘li kelsa — to ‘rga, kambag‘alning o‘g‘li — go‘rga», «Yomon o ‘g‘il — molga o ‘rtoq, yaxshi o ‘g‘il — jonga», «Ishlagan yemi yashnatar, ishlamagan qaqshatar» singari maqollarda o ‘git mag‘zi yaxshi va yomon nisbatlaming o ‘zaro qarama- qarsh i q o ‘yilishi natijasida yarqirab tu ribd i va bu m aqollarda antonim iya hodisasi tarzida qaraladi. M aqollarda sajlar faol b o ‘lib, o ‘ziga xos ichki qofiyadoshlikni yuzaga keltirgan va ularda ohang jilolarining jozibasini oshirgan: «Ishlagan tishlar, ishlamagan - kishnar». «N odon kuzatar, dono tuzatar», «Otaga mol, qizga — jamol» va boshqa qator maqollarda saj sa n ’ati yuzaga keltirgan ohangdoshlik kompozision bir butunlikni va fikriy-m azm uniy yakunlanganlikni ta ’m inlab turibdi. Bunda ohangdoshlik ko‘pincha alteratsiyalar zamirida kechib, maqollarga ritm ik o ‘ynoqilik bag‘ishlagan. Xususan, ikki va undan ortiq qismli maqollarda alliterasiya qismlami ohangdoshlik asosida o ‘zaro bog‘lab turuvchi yetakchi estetik vazifani bajargan. M aqo llarn i tasn if qilishning xilm a-xil k o ‘rinish lari mavjud. Jum ladan, alifbe tartibida, mavzulari, sinonim lik yoki antonim lik mohiyatiga ko‘ra, etimologiyasiga ko‘ra, to ‘g‘ri yoki ko‘chm a m a’no tashishiga hamda qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga xronologiyasiga ko‘ra guruhlash yo tasnif qilish pareomiologiyada an'anaga aylangan. A m m o hozircha o ‘zbek maqolshunosligida alifbe tartibi va mavzusiga ko‘ra tasnif qilish an ’anasiga ikki jildlik « 0 ‘zbek xalq maqollari» (1987) va ko‘p jildlik « 0 ‘zbek xalq ijodi» ruknida « 0 ‘zbek xalq m aqollari» (1989) va « 0 ‘zbek xalq m aqollari» (2003) ham da etimologiyasiga ko‘ra Sh.Shom aqsudov va Sh.Shorahm edovlam ing «Hikmatnoma» (1990) va «M a’nolar xazinasi» (2003) to ‘plamlarini tuzishda amal qilingan. X alq maqollari yozma adabiyotda hikmatli so‘z (aforizm)larning yuzaga kelishiga kuchli ta ’sir ko‘rsatdi. Ahmad Yassaviy — hikmat, R abg‘uziy — foyda va A lisher Navoiy — tanbeh deb atagan bu hodisa yozma adabiyotgagina xos b o ‘lib, m aqoldan muallifming aniqligi, hikm atdan iborat m a'n o -m azm u n in in g kitobiy uslubda ifodalanganligi, hajman nisbatan yoyilganroq shakldaligi bilan ajralib turadi. Abu Rayhon Beruniy «Hikmatlar»i (1973), Abu Ali ibn Sino «Hikm atlar»i (1981), Am ir Xusrav Dehlaviy «Hikmatlar»i (1973), Alisher N avoiy «Aforizmlar»i (1947), «Abdulla Q ahhor hikmatlari» (1990), shuningdek, «1001 hikmat», «Tafakkur gulshani» va boshqa o ‘nlab to 'p la m la r ana shunday xulosaga kelishga asos b o ‘la oladi. Xullas, m aqollar xalq aforistik tafakkurining kaliti bo‘lib, hajman siqiq, m azm un an purhikm at, ommaviy va keng tarqalgan janridir. U larda kishilikning tabiat va jam iyatga m unosabatining ham ma qirralari axloqiy-falsafiy hukm tarzida baholangan. M aqollar ota- bobolam ing asrlar davomida to ‘plangan hayotiy tajribalarini zamonlar osha yetkazishda manoviy ko‘prik bo‘lib, avlodlarning bir-birlariga bog‘lanishlarida bem innat xizmat qilib kelmoqda. M avzuni m ustahkamlash uchun savollar: 1. T o p is h m o q is tilo h i n im a n i a n g la ta d i? U n in g q a n a q a ekvivalentlari bor? 2. T opishm oqlar qanday paydo b o ‘ladi? Asosiy om illari nim adan iborat? 3. T opishm oqlarda epitetning ijtimoiy-estetik va kompozitsion vazifasi n im ad an iborat? 4. T opishm oqlar tuzilishiga ko‘ra qanday tarkibga ega? 5. T o p ish m o q la r yash iringan pred m et soniga k o ‘ra qanday ko‘rinishlarga ega? 6. T opishm oqlar yaratilish davri va m azm uniga ko‘ra qanday tasniflanadi? 7. T opishm oqlar shaklan qanaqa ichki turlarga ega? Chaldirm oq nima? 8. Topishm oqlarning yozma adabiyot bilan m unosabati qanaqa? 9. M aqol istilohi nim ani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari bor? 10. M aqollar qanday paydo b o ia d i? Asosiy omillari nim adan iborat? 11. M aqollarda hayotiy tajriba va sinovlaming axloqiy bahosi qanday ifodalanadi? 12. M aqollam ing tashviqiy m ohiyati nim ada? 13. M aqolning kom pozitsion tuzilishi va unda saj san’ati qanday rol o ‘ynaydi? 14. M aqollar qaysi usulda ta sn if qilinadi? 15. Parem iologiya nim a? 0 ‘zbek maqolshunosligi tarixiga oid nim alar deya olasiz? 16. Maqollarning nutqdagi aham iyati nim ada ko‘rinadi? 17. Tubandagi tayanch tushunchalam'i izohlang: topishm oq, ch o ‘pchak, cho‘rchak, chiston, masala, topishm oq, yangi topishmoq, she’riy topishmoq, nasriy topishm oq, chaldirm oq, maqol, masal, m atal, zarbulmasal, hikmat, otalar so‘zi, paremiologiya, aforizm. 18. Tubandagi testlardan to ‘g‘ri javoblarni aniqlang: 1. Topishmoqlarni o ‘rganishda o ‘zbek folklorshunosligida kimning xizm atini alohida ta ’kidlash mumkin? A) A.Musaqulov. B) B.Sarimsoqov. S) Z.Husainova. D ) Muvashshah. E) B. Karimov. F ) T.Mirzayev. 2. Qanaqa topishm oqlam ing javobi sanash va hisob-kitob qilish asosida topiladi? A) Masala-topishmoqning. B) So‘roq topishmoqning. D ) Topishm oq o ‘yinning. E) Topishmoq q o ‘shiqning. F) Topishm oq ertakning. 3. «Abdulloxon-beustixon» topishmog‘ining javobi va asosiy g‘oyasi qaysi qatorda to ‘g‘ri ko‘rsatilgan? A ) Zuluk, ijtimoiy g‘oya. B) Burga, sotsial g‘oya. D ) Bit, sinfiy g‘oya. E ) Qurt, axloqiy g'oya. F ) Chum oli, siyosiy g‘oya. 4. Topishm oq aytishuvida javob topilm aganda nima qilanadi? A ) Topuvchiga tanbeh beriladi. B ) Topuvchiga jarima solinadi. D ) Topuvchiga «shahap> beradi. E ) Topuvchi o‘yindan haydab yuboriladi. F ) Hamm a javoblar to ‘g‘ri. 5. Topishm oq aytishuvida «shahar» olish aytimi kim tom o n id an aytiladi? A) Topishm oq aytuvchi tom onidan. B) Topishm oqni top a olm agan kishi tom onidan. D) Keksa chol tom onidan. E) Oqsoqol tom onidan. F) Tom oshabin —tinglovchi tom onidan. 6. «Jumboq, ju m o q va jum m oq» istilohlari qaysi folklor janriga nisbatan q o ‘llanadi? A) Topishm oqqa. B) M aqolgajavob yo‘q. D) Ertakka. E) Naqlga. 7. Ko‘p predm etli topishm oqlarning eng murakkab tu ri qanday nom bilan yuritiladi? A) Chiston. B) M asala-topishm oq. D) Jum boq. E) Chaldirm oq. F) M uam m o. 8. «Tom ustida q o ‘shchiroq» — topishm og‘ining javobi to ‘g‘ri ko‘rsatilgan qato rn i belgilang. A) Bosh. B) K o‘z. D) Oy. E) Oy va qiz. F) Qosh. 9.Xalq m aqollarini qaysi jihatlariga ko‘ra tasnif qilish m um kin? A) M azm uniga k o ‘ra. B) Tuzilishiga k o ‘ra. D) Y aratilgan davriga ko‘ra. E) Poetik tabiatiga ko‘ra. F) Barcha javoblar to ‘g‘ri. 10. Xalq maqollarida qaysi badiiy-tasvir vositasi ko‘p uchraydi? A) Metafora. B) Metonimiya. D) 0 ‘xshatish. E) Tazod. F) Tarse’. 11. M aqollar folklorshunoslikda qaysi turga kiritiladi? A) Lirik turga. B) Nasriy turga. D) Paremik turga. E) U ro-epik turga. F) D ram atik turga. 12. Xalqning axloqiy qarashlari va turm ush tajribalaridan tug‘ilgan saboqlarni ifoda etuvchi janrlam i belgilang: A) Maqol va naql. B) Ertak. askiya. D) Afsona, lof. E) Latifa va lof. F) Doston, topishmoq. 13. «Rohatning onasi.....» m aqoldan qaysi so‘z tushib qolgan? A) Farog‘at. B) Boylik. D ) M ehnat. E) Maishat. F) lshrat. 14. M aqol ja n ri nam unalari el orasida qanday no m lar bilan yuritilgan? A) Otalar so‘zi. B) Hikmatli so‘z. D ) Oqillar so‘zi. E) Zarbulmasal. F) Barcha javoblar to ‘g‘ri. 15. 0 ‘zbek xalq m aqollarini ilk bor yozib olish va kitobat qilish kim ning nom i bilan bog‘liq? A) M .K oshg‘ariy. B) H.Vamberi. D ) Z.Husainova. E) Gulxaniy. F) Zamaxshariy. M ustaqil o ‘qish uchun adabiyotlar: 1. Berdiyorov H ., Rasulov R. 0 ‘zbek tilining paremiologik lug‘ati. Т.: « 0 ‘qituvchi», 1984. 2. D onolar bisotidan. Т.: G ‘ASN, 1976. 3. D engizdan qatralar. Т.: «Yosh gvardiya», 1976. 4. Ж и рм и н ски й A .H . С ем антическая структура загадки. М.: «Н аука», 1989. 5. Mirzayev Т., Safarov О ., 0 ‘rayeva D. 0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi. 0 ‘quv q o ‘llanma. —Т.: «Aloqachi», 2008. 6. O z-oz o ‘rganib dono b o ‘lur. Т.: G ‘A SN , 1982. 7. Safarov O. Quddus M uhammadiyning folklordan foydalanishiga doir. —Kitobda: Topishm oqlar. O 'X I. Т.: G ‘A SN , 1981. 8. Turdiyev Shom irza. C haldirm oq nim a? - 0 ‘zAS, 1984, 7 noyabr. 9. 0 ‘zb ek sovet fo lk lo ri m a salala ri. T a d q iq o tla r. 1 -k ito b . Т.: «FAN», 1970, 2 07-211-b. 10. 0 ‘zbek topishm oqlari. — Uzbekskie zagadki. Т.: « 0 ‘qituvchi», 1991. 11. 0 ‘zbek xalq m aqollari. Т.: G ‘ASN, 1978. 12. 0 ‘zbek xalq maqollari. Т.: «FAN», 1981. 13. 0 ‘zbek xalq maqollari. Ikki tomlik. Т.: «FAN», 1-tom, 1987, 2-to m , 1988. 14. 0 ‘zbek xalq maqollari. 0 ‘XI. Т.: G ‘A SN , 1989. 15. 0 ‘zbek xalq maqollari. Т.: «Sharq», 2003. 16. G 'ozieva S. Rasmli topishm oqlar. Т.: «FAN», 1966. 17. H usainova Z ubayda. 0 ‘zbek topishm oqlari. Т.: «FA N », 1 9 6 6 .0 ‘zbek xalq maqollari. Т.: 0 ‘zdavnashr, 1968. 18. Shom aqsudov Sh., Shorahm edov Sh. Hikm atnom a. Т.: 0 ‘SE B osh redaksiyasi, 1990. 19. Shom aqsudov Sh., Shorahm edov Sh. M a’nolar xazinasi. Т.: «Sharq», 2003. 302 7-M A V ZU : 0 ‘ZB EK XALQ O G ‘ZAKI DRAM ASI Reja: 1. Og‘zaki dram a — xalq ijodining mustaqil janri. 2. Og‘zaki dram a janri tabiati, o‘ziga xos belgilari, ijro xususiyatlari. 3. M asxarabozlar va qiziqchilar teatri. 4. Q o‘g‘irchoq va q o ‘g‘irchoqboz!ik istilohlari izohi. 5. Q o‘g‘irchoq teatri tabiati va undagi ijrochilik xususiyatlari. 6. Q o‘g‘irchoq teatrining shakllanish tarixi va tasnifi: chodir jamol, chodir xayol va fonus xayol teatrilarining asosiy belgilari, repertuarlari va personajlari. 7. «Askiya» atam asining m ohiyati, jan r tabiati va o ‘ziga xos ijro xususiyati, ichki turlari. 8. Lofning janriy tabiati: epizodik drama ekanligi. 9. Lofning ijro xususiyati, unda satira va yum orning o ‘rni. 10. L o flam ing kom p o zitsio n -b adiiy xususiyatlari. Dialog va m ubolag‘a — lo f kompozitsiyasining asosi. Xalq o rasid a og‘zaki ta rz d a yaratilgan va xalq s a n ’atkorlari tom onidan sahnada nam oyish etiladigan asarlar o g ‘za k i drama deb ataladi. Og‘zaki dram a —xalq ijodining mustaqil jan ri sifatida juda qadim zam onlarda shakllangan. Og‘zaki dram a turli xil o ‘yin-kulgulardan, dram atik holatlardan, har xil qiyofaga kirgan tom oshachilarning monolog va dialoglaridan, sahna harakatlari-yu ovoz ohanglaridan tashkil topadi. Bular og‘zaki dram aning eng m uhim janriy belgilari hisoblanadi. Og‘zaki dram ani fo lklo r teatri deb ham yuritadilar. D avr uchun m uhim axloqiy normalar, mavjud tuzumga doir m uam m olar xususida tom osha ko‘rsatish og‘zaki dramaning asosiy vazifasi sanaladi. Bundan tashqari og‘zaki dram a o ‘z ichiga turli xil o‘yin, to ‘y, bazm , marosim, sayllami ham da ertakchi, baxshi, qissaxon va roviylaming ijrochilik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling