Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I
|
Tarixiy dostonlar. Tarixda b o ‘lib o ‘tgan voqea va hodisalar, ayrim
tarixiy shaxslar faoliyati asosida yaratilgan tarixiy dostonlar baxshilar repertuarida boshqa dostonlarga nisbatan juda kam o ‘rin egallaydi, tarqalish doiralari ham nihoyatda chegaralangan. U larda tarixiy haqiqat bilan afsona, fakt bilan badiiy to 'q im a chatishib ketgan, ya’ni bunday asarlarda aniq tarixiy voqelikka folklorga xos ravishda yangi m a 'n o beriladi va baholanadi. Shu bilan birga, ularning mavzusi, obrazlari, tashigan g'oyalari aniq tarixiy sharoitdagi kurashlar bilan bog‘liqdir. Tarixiy dostonlar tarixdagi aniq voqealar va faktlarni tasvirlash xarakteri, hujjatiylikning darajasi jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar. U lam i shu xususiyatiga qarab: a) tarixiy-qahramonlik; b) tarixiy-fantastik; c) tarixiy-konkret yoki yangi dostonlar; d) avtobiografik dostonlar kabi ichki turlarga b o ‘lish mumkin. Tarixiy-qahramonlik dostonlarining eng yaxshi namunalaridan biri «Oysuluv» dostonidir. T arix iy -fan tastik d o sto n la rg a «Tulum biy», «Shayboniyxon» kabilarni kiritish m um kin. «Shayboniyxon» dostonida epik voqelik yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga ega b o ‘lsa, «Tulumbiy»da ayrim tarixiy shaxslar nom idan b o ‘lak hech narsa qolmagan, ya’ni unda sujet tarixiy voqelik asosida emas, balki ishqiy-sarguzasht yo‘nalishida rivojlanadi. Bunday dostonlarda qachonlardir b o ‘lib o ‘tgan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar epik bayon uchun umumiy fon vazifasini o ‘taydi, xolos. Xalq orasida ertak va afsonalar holida ju d a keng tarqalgan «Xurshidoy» qissasining ikkinchi qism sifatida «Shayboniyxon» dostoniga kiritilishi va Shayboniyxonning hukmdorlik davri bilan bog‘lanishi ham shu bilan izohlanadi. Tarixiy-konkret yoki yangi dostonlarga XIX asrning 11 yarmi va XX asr boshlari, xususan, sh o ‘ro davrida baxshilar to m o n id an yaratilgan asarlar kiradi. Bunday dostonlar o ‘zlarining m ustahkam tarixiy asoslariga, qahram onlarining prototiplariga ega. «To‘lg‘anoy», «M am atkarim polvon», «Jizzax qolzg‘oloni», «Mardikor», «Amir qochdi», «Ochildov», «Hasan batrak» kabilar yangi dostonlarning eng yaxshi n am u n alari hisoblanadi. A niq faktlar va hujjatlarga asoslanish bunday dostonlarning bosh xususiyatidir. Yetakchi baxshilar repertuarida avtobiografik asarlar ham m uhim o ‘rin tutadi. B unday dostonlar liro-epik xarakterga ega b o ‘lib, ularda baxshilar o ‘zIarining hayot va ijod yo‘li asosida davm ing m uhim voqea-hodisalarini tasvirlaydilar. Ergash Jum anbulbul o ‘g ‘lining «Taijimai hoi», Fozil Yo‘Idosh o ‘g‘lining «Kunlarim», Abdulla Nurali o ‘g ‘lining «Kunlarim» kabi dostonlari buning yorqin nam unalaridir. Xalq dostonlari, uning ja n r xususiyatlari va turlari haqidagi bu um um iy fikrlar o ‘zbek eposi juda ham boy va rang-barang ekanligini ko‘rsatib turibdi. «Alpomish» dostoni Bu doston qadim iy qahram onlik eposining yorqin nam unasidir. Epik m azm unning qahram onlik xarakteriga ega b o ‘lishi uning bosh xususiyati hisoblanadi. Chunki dostonning butun m ohiyati va asosiy y o ‘n a lish in i ana shu xususiyat belgilaydi. V .G .B e lin sk iy n in g t a ’kidlashicha, «xalqning go‘daklikzam onlarida uning hayoti ko‘proq botirlikda, qahramonlikda ifodalanadi». Shuniig uchun ham qadimiy qahram onlik eposi «xalqning faqat go‘daklik davrlarida... uning kuch- qudrati va toza faoliyati faqat qahram onlik g‘alabalarida ko'ringan zam onlardagina paydo bo‘lishi m um kin».67 K o‘chm anchilik hayoti va patriarxal-urug‘chilik munosabatlari bir daraja saqlanib kelayotgan zam onlarda yaratilgan, jam iyat va inson hayoti masalalarini o ‘ziga xos reallikda — qahram onlik va go‘zallik haqidagi xalq ideallari doirasida kuylagan «Alpomish» dostoni ham turkiy xalqlar palriarxal hayotidagi «Epik bosqich»ning poetik ko‘zgusidir. Doston bir qancha turkiy va ularga yaqin yashagan ayrim turkiy b o ‘lmagan xalqlar orasida juda keng tarqalgan. U ning o ‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston holida; tojik, tatar, boshqird, O lrta Osiyo arablari versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida m ashhurdir. O lrta asr o ‘g‘iz eposining m uhim yodgorligi «ICitobi dadam Q o'rqut» tarkibidagi «Bamsi Bayrak» asari o 'zin in g sujeti va kom pozitsion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham yaqin turadi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, «Alpomish» dostoni o ‘zbck xalqi orasida ikki versiya va ko‘plab variantlarda jud a keng tarqalgan. 0 ‘tgan asrda uning variantlari yigirma sakkiz xalq baxshisidan o ‘ttiz uch m arta (to ‘la matni, parcha, m azm uni) yozib olindi. «Alpomish» dostonining to ‘la variantlari yozib olingan baxshilar orasida Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘li, M uham m adqul Jo nm urod o ‘g‘li P o ‘lkan, Berdi baxshi, Bo‘ri Sodiq o‘g‘li, Bekmurod J o ‘raboy o ‘g‘li, M ardonaqul Avliyoqul o ‘g‘li, Abdulla N urali o ‘g‘li, Saidm urod Panoh o ‘g‘li. U m ir Safar o ‘g‘li kabi yetakchi dostonchilar bor. D ostonning yozib olingan qo'lyozm alarining asl nusxalari 0 ‘zbekiston Respublikasi F a n la r akadem iyasi A lisher N avoiy nom idagi Til va adabiyot institutining folklor arxivida saqlanadi. Bu variantlar orasida eng m ukam m ali, badiiy jihatdan eng yuksagi atoqli xalq shoiri Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘lidan yozib olingan nusxa hisoblanadi. U nda shoirning yuksak dostonchilik mahorati to ‘la nam oyon bo‘lgan. Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘li «Alpomish» dostonini bu tun um r bo‘yi kuylab kelgan. Atoqli shoir H am id Olimjonning obrazli iborasi bilan aytganda, bu doston |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling