Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet65/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
R o m a n ik dostonlar. 0 ‘zbek xalq b ax sh ilari re p e rtu a rid a g i 
dostonlarning eng katta qismi rom anik dostonlardir. «Xalq rom ani», 
«romanik» term inlari turkologiyada shartli ravishda qabul qilingan


b o ‘lib, ular og‘zaki yaratilgan, b a’zan kelib chiqishi jihatidan kitobiy 
m anbaga ega b o ‘]gan va og‘zaki ijro etilgan muayyan dostonlar 
guruhini bildiradi. V .M .Jirm unskiy va H .T.Zarifovlar bu term inlarni 
m uayyan dostonlar turiga nisbatan qo‘llaganlarida, atam aning shartli 
ekanligini va ularni Evropadagi «xalq kitoblari» bilan aralashtirmaslik 
kerakligini ta ’kidlagan edilar. Chunki bu xil dostonlarda ko‘tarinki, 
ro m a n tik sevgi m o tiv la ri d o sto n q a h ra m o n la rin in g fan tastik , 
g ‘ayritabiiy sarguzashtlari girdobida tasvirlanadi.
0 ‘zbek dostonchiligining qahram onlik eposidan keyingi yangi 
taraqqiyot bosqichi — rom anik dostonlar o‘tm ish davrlaming ijtimoiy- 
siyosiy munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning mohiyatini sevgi 
mojarolari, qo‘rqinchli sarguzashtlar, eitakka xos fantastik voqealar, 
shu bilan birga, hayotiy hodisalar tasviri belgilaydi. Ko‘tarinki ishq 
tuyg‘ulari va bu yo‘ldagi jasorat ideali bu tip dostonlaming asosini 
tashkil qiladi. Ularda ulug‘vor sevgi romantikasi bilan unga erishish 
yo‘lidagi fantastik sarguzashtlar qahramonligi birlashib, chatishib ketgan.
R om anik d o sto n la m in g sujeti sxemalari nihoyatda bir-biriga 
o ‘xshash b o ‘lib, odatda. qahram on g‘oyibona oshiq bo‘lgan go‘zalni 
izlab safarga o tlan ad i, ajo yib -g‘aroyib hodisalarni, m ashaqqatli 
sa rg u z ash tlarn i b o sh id a n kech iradi, g‘ayritab iiy ku ch lar bilan 
to ‘qnashadi, barcha qiyinchiliklarni yengib, o ‘z maqsadiga erishadi. 
D oston voqealari hasham atli saroylarda, shovqinli bozorlarda, sehrli 
b og‘larda, tilsimli q o ‘rg‘onlarda, vahimali g‘orlarda, qo‘rqinchli yer 
va suv osti yo‘llarida kechadi. Biroq bu dostonlam ing har biri 
kom pozitsion qurilishi, obrazlari, motivlarining ishlanishi. xarakteri 
va m azm uni jihatidan mustaqildir.
Fantastik voqealar, sarguzashtlar girdobida murakkab ijtimoiy 
voqelikni barcha real tafsilotlari, ikir-chikirlari va qarama-qarshiliklari 
bilan tasvirlash rom anik dostonlarga xos sodda realizm ni tug‘diradi. 
H ayotiy-m aishiy xarakterdagi bunday realistik mavzu xalq yumori 
va didaktikasi xususiyatlari bilan m ahkam bog‘liqdir.63
Rom anik dostonlam ing tarkibi nihoyatda murakkab. Qahramonlik 
dostonlarida rom anik unsurlar b o ‘lganidek, rom anik dostonlardan 
q a h ra m o n lik elem en tlari, jan g n o m alarga xos xususiyatlar ham
m ustahkam o ‘rin olgan. H atto bir dostonda bir necha mavzu baravar 
ishlangan boMishi m um kin. Shularni hisobga olib, bu tip dostonlarni 
beshta ichki turga b o ‘lish m um kin. Bular: a) jangnom a-dostonlar 
(«Y usuf bnlan A hm ad», «Alibek bilan Bolibek»); b) qahram onlik-


rom anik dostonJar («Yakka Ahmad», «Ernazar», «Rustam» turkum i, 
«G o‘ro ‘g‘li» turkum i); s) ishqiy-rom anik dostonlar («K untug‘mish», 
«Ravshan», X orazm dostonlari); d) m aishiy-rom anik do sto n lar 
(«Sohibqiron», «Orzigul», «Erali bilan Sherali», «Shirin bilan Shakar», 
«Xurshidoy»); e) kitobiy dostonlar («Farhod va Shirin», «Layli va 
M ajnun», «Bahrom va G ulandom », «Varqa bilan G ulshoh», «Vomiq 
bilan Uzro», «Zevarxon»).
Jangnom a-dostonlar qahram onlik dostonlari bilan rom anik epos 
o‘rtasidagi alohida bosqichni tashkil etadi. Shu m a’noda ular alohida 
turni tashkil etishi mumkin. A m m o ularning qadimgi nam unalari 
bizgacha yetib kelmaganligi sababli qo'limizdagi mavjud nusxalarida 
rom anik dostonlam ing jan r xususiyatlari yetakchilik qiladi va ular 
o‘zlarining keyingi taraqqiyotida romanik eposga yaqinlashib bordilar 
ham da uning tarkibiy qismiga aylandilar.
Jang-u jadallar, tarixiy yoki afsonaviy urushlar va bunday jang 
epizodlarida qo‘shin va yakka shaxslaming jasoratlarini tasvirlovchi 
dostonlar jangnoma-dostonlar deb yuritiladi. Jangnomalar qahramonlik 
dostonlari ta’sirida feodalizm davrida shakllangan. Agar bosh qahramon 
faoliyati qahram onlik dostonlarida yakkam a-yakka olishuvlarda, 
bahodirlik shartlarini bajarishda nam oyon bo'lsa, jangnomalarda turli- 
tum an xarakterdagi urush epizodlarida ko‘rsatiladi.
H ukm ron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan shaxslami 
xalq o rasid a ta rg ‘ib qilish m aqsadida ja n g n o m a k o ‘rin ish idan
foydalangan. Natijada «Jangnomayi Abo Muslim» «Jangnomayi Sayid 
Battol G ‘oziy», «Jangnomayi Am ir Hamza» kabi islom dinini zo‘rlik 
bilan targ‘nb etgan shaxslaming nomi bilan bog‘langan jangnom alar 
yuzaga kelgan. 0 ‘rta Osiyoda kengtarqalganjangnom alam ing qadimgi 
namunalariga «Rustami Doston», «Jangnomayi Jamshid», «Qahramoni 
qotil», «Hushang», «To‘maris» kabilarni ko‘rsatish mumkin.
0 ‘zbek baxshilari repertuarida jangnom alar nihoyatda ozchilikni 
tashkil etadi. U rug‘, qabila yoki xalqning mustaqilligi uchun olib 
borilganjanglam i tasvirlovchi qadimgi jangnom alar («To‘maris» kabi) 
zam onlar o ‘tishi bilan turli sabablarga ko‘ra, epik repertuardan tushib 
qolgan bo‘lishi mumkin. Buning o ‘miga ideologik tazyiq tufayli janglar 
biror xalqning diniy e ’tiqodlarini g‘ayri dinlardan him oya qilish, o ‘z 
d inini o ‘tkazish tarzida talq in etila boshlagan. B iroq baxshilar 
repeituaridagi jangnomalarda «muqaddas urushlar» umumiy bir fondir, 
xolos. Aslida esa, dushmanga qarshi kurashda m ardlik va jasorat


k o 'rsa tish , o n a -y e r daxlsizligi uchu n kurash. e l-y u rtla r birligi, 
vatanparvarlik va d o ‘stlik kabi olijanob g‘oyalar kuylanadi. «Yusuf 
bilan A hm ad» va uning davom i b o ‘lgan «Alibek bilan Bolibek» 
dostonlari buniig yorqin misolidir. H ar ikkala doston vatanparvarlik 
tuyg‘ulari. ona-yurt sog‘inchi bilan yo‘g‘rilgan. M asalan, Yusufning 
G o ‘zalshoh huzurida o ‘z yurtini maqtashi, asirligida tu rn alar orqali 
diyoriga salom yo‘llashi, Alibekning o ‘zga mamlakatlarda b o ‘lganida, 
U rganch elin i q o ‘m sashi ep izodlari g ‘oyatda t a ’sirlid ir, ularni 
to ‘lqinlanm ay o ‘qish va eshitish mumkin emas. Yoki jangnom a- 
dostonlam ing ko‘pgina xususiyatlari mujassamlashgan «Xoldorxon» 
dostonida urush oqibatlarini, keraksiz jang-u jadallarni tasvirlash 
orqali xalqning bosqinchilik urushlariga qarshi keskin noroziligi baralla 
yangraydi. D em ak, jangnom a-dostonlam ing asosini xalqchil g‘oyalar, 
um um bashariy qarashlar tashkil etadi.
R om anik dostonlarning qahram onlik-rom anik turiga mansub 
asarlarda qahram onlik yo‘nalishi yetakchilik qiladi, ya’ni ularda sevgi, 
mojarolariga nisbatan qahram onlik mavzusini ishlash birinchi planda 
turadi. « G o‘ro ‘g ‘li» turkum i dostonlarining ko‘pchiligi bunga yorqin 
misoldir.
«G o‘r o ‘g4i* turkumi
« G o ‘ro ‘g‘li» dostonlari xalq dostonchiligida h ar b in mustaqil 
yashagan va ayrim -ayrim nomga ega bo‘lgan asarlar silsilasi, muayyan 
om illar bilan bir-biriga birlashgan kattakon turkum b o ‘lib, ko‘pgina 
xalqlar orasida ju da keng tarqalgan. hatto ayrim xalqlarda baxshilar 
tom onidan hozir ham kuylanib kelinmoqda. Bu dostonlar o ‘zbek, 
tojik, turkm an, ozarbayjon, turk, qozoq, qoraqalpoq, arm an, gruzin, 
kurd xalqlari epik ijodiyotida o ‘ziga xos turkum lam i tashkil etadi. 
G o ‘ro ‘g ‘li Sibir tatarlari, B ulg‘o r turklari. E ron ozarbayjonlari, 
Stavropol turkm anlari, Afg‘oniston o ‘zbeklarining ham sevimli epik 
q ahram onlaridan biridir. T urkum ning ayrim lavhalari 0 ‘rta Osiyo 
(Buxoro) arablaridan ham yozib olingan. Bunday keng hududda, 
asosan, turkiy elatlar va qism an turkiy bo‘lmagan xalqlar orasida 
juda ham keng miqyosda tarqalgan, turkumlashishning barcha xillarini 
o ‘z ichiga olgan bunchalik ko‘p tarm oqli biror-bir epik asam i dunyo 
fo lk lo rsh u n o s lig i b ilm ay d i. S h u n in g u ch u n h am o zarb ay jo n
versiyasining 13 majlisini (dostonini) yozib olib. 1842-yilda uni 
inglizcha taijim asi bilan birinchi marta nashr etgan diplomat Xodzko:


«Osiyoda birorburchak yo'qki, u yerda Ko‘ro‘g‘lining nomi aytilmasin. 
H a tto Bessarabiya va M oldaviyada uning otini eshitasiz. Agar 
adiblam nng shuhrati va mashhurligi ularning o ‘quvchilarining soni 
bilan hisoblansa, unda Firdavsiy Ko‘ro‘g ‘lidan biroz ortiq bo'ladi»,
— deb yozgan edi. G o ‘ro‘g‘li, Ko‘ro ‘g ‘li, K aro‘g kli, ozarbayjon, 
gruzin, turk va boshqalarda Ko‘ro‘g‘li nomi bilan shuhrat qozongan.
Olimlar «Go‘ro‘g“li» turkumi dostonlarining kattakon ikki tarmoqqa 
b o ‘linishini qayd etadilar.64 Fanda ularning biri Zakavkaze va Yaqin 
Sharq versiyalari (ozarbayjon, arman, gruzin, turk va boshqalar) deb 
yuritilsa, ikkinchisi, 0 ‘rta Osiyo versiyalari (o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq, 
turkm an, tojik va boshqalar) deb ataladi. Bu ikki tarm oqqa birlashgan 
versiyalar o‘zaro muayyan umumnylikka ega bo‘lsa-da, dostonlarda 
qam rab olingan voqelik, epik an ’ana va bosh qahramonga berilgan 
baho, ularning hajmi, tarkibi, kuylanish va tarqalish xususiyatlari 
jihatidan bir-birlaridan jiddiy ravishda farq qiladi.
Turkum ning ozarbayjon versiyasi Zakavkaze va Yaqin Sharq 
versiyalariga xos umumiy xususiyatlarni to ‘la ifodalay oladi, deb 
hisoblash mumkin. Bu versiyada tasvirlanishicha, Ko‘ro‘g‘li qirq yigitga 
bosh bo‘lib, mavjud tuzumga qarshi isyonkorlik harakatlarini olib 
boradi. Kutilmaganda savdogarlar karvonini talaydi, o ‘ziga dushm an 
qo'shni podsholiklami yengadi, bunday janglarda ajoyib jasorat va 
qahramonliklar ko‘rsatadi. cho‘pon, otboqar, darbadar baxshi, duoxon, 
folbin qiyofalarida dushman ichiga kirib, juda usta tadbirkorlik bilan 
asir tushgan yigitlariga yordam beradi, o ‘ziga va yigitlariga m a’qul 
b o ‘lgan go‘zallarni olib qochadi. Ko‘ro‘g‘lining jasorati va mardliklari 
haqidagi bunday hikoyalar yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga 
ega. Bu hikoyalar mag‘zida xalq og‘zaki ijodi b o ‘yoqlaridagi real tarix 
yotibdi. Turkiya sultoni yoki Eron shohlariga tobe yarim mustaqil 
podsholiklardagi turli xil saroy intrigalari, hukmdorlar yashagan gavjum 
savdo va hunarmandchilik shaharlaridagi hayot, katta karvon yo‘llaridagi 
janglar ozarbayjon versiyasining tarixiy asoslari hisoblanadi va shunga 
k o ‘ra, Ko‘ro‘g‘li Eron shohi Abbos 1 ning (1585—1628) zam ondoshi 
qilib ko‘rsatiladi. Chindan ham arm an tarixchisi Arakel Tavriziyning 
(vafoti 1670-yil) kokrsatishicha, shoh Abbos va Turkiya sultoniga qarshi 
q o ‘zg‘olon koltarganlaming boshliqlaridan biri Kolro‘g‘li bo‘lgan. «Bu
— ho zir oshiqlar kuylayotgan ju d a k o ‘p q o ‘sh iqlarni to ‘qigan 
K.o‘ro‘g‘liniig xuddi o'zi», — deya yanada aniqlik kiritadi arm an 
tarixchisi.65 Demak, ozarbayjon versiyasida konkret shaxs va davr bilan


bog‘liq voqealar tengsiz kuch-qudrat va shijoat, olijanob insoniy 
fa z ila tla r id eali n u q ta y i n a z a rid a n k u ylan ad i. A m m o b u n d a
umumlashtirish va ideallashtirish muayyan davr va tarixiy voqealam i 
inkor etish darajasida emas, balki u (xalq ideali) aniq biografik detallar 
va hayotiy lavhalar bilan cham barchas bog‘lanib ketgan.
0 ‘rta O siyo versiyalari, xususan. o ‘zbek v aria n tla rid a esa, 
umumlashtirish va ideallashtirishning juda yuqori darajasini ko‘ramiz. 
Bunda qahram onona o ‘tm ish aniq tarixiy voqealar sifatida em as, 
balki mislsiz rom antik lavhalarda, xalqning beqiyos ideallari ko iam id a 
tasvirlanadi. H am m a narsa - hayot ham , xalq turm ushi ham, mavjud 
zam on yetishtirgan qahram onlar ham ko‘tarinki romantik bo‘yoqlarda, 
b epoyon badiiy ideal ta saw u rla rd a, cheksiz obrazlar girdobida 
gavdalanadi. 0 ‘zbek « G o‘ro ‘g‘li»si boshqa xalqlar «G o‘ro ‘g‘li»sidan 
turkumga birlashgan dostonlam ing hajman kattaligi (monumentalligi) 
va xilma-xilligi, turkumlashishning murakkab jihatlariga asoslanganligi 
bilan ajralib turadi.
0 ‘zbek dostonlarida G o ‘ro‘g‘H turkm an va o ‘zbeklarning begi, 
qonuniy hukm dor, o ‘z xalqi. vatani uchun qayg‘uruvchi va uni turli 
dushm anlar bosqinidan him oya qiluvchi dono murabbiy, k o ‘plab 
xalq botirlarini tarbiyalab yetishtirgan ^engilmas bahodir sifatida 
tasvirlanadi. Bosh qahram onga berilgan m ana shu bahodan kelib 
chiqib. Cham bil yurtining afsonaviy hukmdori G o ‘ro‘g‘lining bahodir 
qirq yigiti bilan birgalikda ona yeriniig xavfsizligi va ozodligiga tahdid 
soluvchi q o ‘shni podsholiklarga qarshi olib borgan kurashi C ham bil 
eli, qabila ozodligi uchun olib borilgan urush tarzida nam oyon 
b o ‘ladiki, bu o ‘zbek eposidagi bosh masaladir.
«G o‘ro ‘g‘li» turkum i dostonlari 0 ‘zbekistonning barcha yerlarida 
yashagan baxshilardan, shuningdek, mam lakatim izdan tashqarida 
yashovchi o ‘zbeklar orasidan yetishib chiqqan ijodkorlardan ham
yozib olingan. Xalq shoirlari G o ‘ro ‘g‘lini buyuk samimiyat va iftixor 
bilan ardoqlab, uning xalqqa m ehr-sadoqati, dushmanlarga cheksiz 
g‘azab-nafrati, m am lakat mudofaasida yovuz bosqinchilarga qarshi 
ayovsiz kurashlari, el-yurt farovonligi uchun g‘amxo‘rligini zavq bilan 
kuylaydilar. Turkum ga kiruvchi barcha dostonlar m a’lum bir nisbiy 
m ustaqillikka ega b o ‘lib, jonli og‘zaki epik a n ’anada yakka-yakka 
ijro etilsalar-da, ular epik C ham bil yurti, G o ‘ro lg‘li tipi, uning 
jangovar safar yo‘ldoshi g‘irot, bir qator a n ’anaviy obrazlar (qirq 
yigit, A hm ad Sardor. Soqibulbul, parilar va boshqalar) kabi qator


vositalar bilan o ‘zaro birlashadi.
0 ‘zbek xalqi G o ‘ro‘g‘li va uning yigitlari haqida «Kunlarim». 
«G o‘ro‘g‘li». «G o‘ro‘g‘libek — z o ‘r botir», «Armoning qolmasin», 
«Bormi jahonda». «Armonim qolmadi» kabi termalar bilan bir qatorda, 
har biri bir yarim-ikki ming satrdan tortib, o ‘n -o ‘n ikki ming misrali 
(qariyb shuncha nasriy qism ham mavjud) ko‘plab dostonlar yaratgan. 
Bu materiallarni qiyosiy o ‘rganish shuni ko‘rsatadiki, «G o‘ro‘g‘li» 
turkum i dostonlari o‘zbeklar orasida bir-biridan jiddiy ravishda farq 
qiluvchi ikki versiyada tarqalgan.
Bu versiyalarning biri Xorazm «G o‘ro‘g‘li» dostonlari b o ‘lib, ular 
turkm an versiyasiga juda o ‘xshash, ozarbayjon «Ko‘ro ‘g‘li»siga ancha 
yaqin turadi. Turkumga birlashgan Xorazm dostonlari yigirmadan 
ortiq bo‘lib, sujet xarakteri, ijodiy uslubi va kuylanishi jihatidan 
jid d iy a lo h id a lik la rg a ega, u la rn in g h ajm i n is b a ta n q isq a. 
«G o‘ro‘g‘Iining do'rayishi», «Yunus pari», «Arab Rayhon», «Arab 
tangg‘an», «Avaz keltirgan». «Avaz uylantirgan», «Avazning ozod 
etilishi», «Qirq minglar», «Bozirgon». «Kampir», «Xirm on dali», 
«Gulruh pari» va boshqa dostonlar Xorazm «G o‘ro ‘g‘li» turkum ini 
tashkil etadi.
0 ‘z b e k is to n n in g X o ra z m d a n b o ‘la k y e r la r id a ta rq a lg a n
«G o‘ro ‘g‘li» dostonlari ham alohida mustaqil bir versiyani tashkil 
etib, bu versiya hajmining kattaligi, ijro usuli bilan ajralib turadi. 
H ar ikki versiyada bosh qahram onning um um iy faoliyatida va bir 
qancha motivlarda o'xshashlik ko‘zga tashlanadi. A m m o alohida 
olingan dostonlarda o ‘xshashlik deyarli yo‘q, ya’ni birida b o klgan 
doston (masalan, «Qirq minglar») ikkinchisida, ikkinchisidagi (masalan, 
«Ravshan») birinchisida mavjud emas. Versiyalar orasida bu darajada 
jiddiy ayirm alam ing mavjudligi turkum ga birlashgan dostonlarning 
m uayyan qism i ikki joyda, ikki xil ijtim oiy-iqtisodiy sharo itd a 
yaratilganligi va mustaqil rivojlanishda davom etganligini k o ‘rsatadi.
«G o‘ro ‘g‘li» dostonlarini ko‘p bilgan va go‘zal kuylay olgan 
baxshilar ularning sonini «Qirq» raqam i bilan belgilaydilar. A m m o 
ularning ham m asini to ‘la bilgan baxshilar aniqlangan em as. Faqat 
ayrim baxshilarning «Go‘ro*g‘li» dostonlarini ko‘p bilganligi qayd 
etilgan, xolos. Bizning kuzatishim izcha, «Qirq» raqam i an'anaviy 
bo‘iib, u haqiqiy holni ifoda etmaydi. Aslida o ‘zbek elida tarqalgan 
« G o ‘r o ‘g ‘li» d o sto n la rin in g so n i y u zd an o shad i. H o z irg a c h a
folklorshunoslar tom onidan yozib olingan va 0 ‘zbekiston Respublikasi


Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti 
F o lk lor arxivida saqlanayotgan «Go*ro‘g‘li» dostonlarining soni 
oltm ishdan ortiqdir. T urkum ning variantlari va Xorazm «G o‘ro‘g‘li» 
si bu hisobga kirm aydi. X orazm dostonlarini maxsus o ‘rgangan 
professor S .R o‘zimboyevning fikricha, vohada tarqalgan «G o‘ro‘g‘li» 
dostonlarining umumiy soni yigirma to ‘rttadir. Shundan o‘n sakkiztasi 
yozib olingan. Bunga haligacha yozib olinmagan, unutilib ketgan 
«S hodm onbek», « D o n iy o rx o ‘ja», «Oydinoy», «X oldor buvish», 
«Bektosh arab», «Ahmad Sardorning suyagi», «Ahmad Sardor va 
H asan sh o h » , «A hm ad S ard o r va Avaz». «Sherali» kabi o ‘nlab 
doston lam i q o ‘shsak, yuqorida aytilgan yuz raqamiga yaqinlashib 
qolam iz. Yozib olingan dostonlam ing baxshilar o ‘rtasida bo‘linishi 
ham b ir xilda emas. M asalan, atoqli baxshi Ergash Jumanbulbul 
o ‘g ‘lidan 5, Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘lidan 10, Islom shoirdan 3, РоЧкап 
shoirdan 16, B ekm urod J o ‘raboy o ‘g‘lidan 2, Saidm urod Panoh 
o ‘g‘lidan 1, U m ir Safar o ‘g‘lidan 3, M ardonaqul Avliyoqul o ‘g‘lidan
2, R ahm atulla Yusuf o ‘g‘lidan 27 doston yozib olingan.
« G o‘ro ‘g‘li» turkum i dostonlarini o ‘rganishda bosh qahram onning 
epik biografiyasiga mos ravishda ularning birin-ketinlik tartibini 
belgilash ham muhimdir. Atoqli folklorshunos Hodi Zarif 1941-yilda 
n a s h r e tilg a n « R avshan» d o sto n ig a yozgan s o ‘zb o sh isid a 39 
d o s to n n in g sh u n d ay b irin -k e tin lig in i belgilagan edi. X orazm
dostonlarini kiritmagan holda yozib olingan «G o‘ro‘g‘li» turkum i 
dostonlari silsilasini biz quyidagicha belgiladik: 1. G o ‘ro ‘g‘lining 
tu g ‘ilishi. 2. G o ‘r o ‘g ‘lining bolaligi. 3. C h o rto q li C ham bil. 4. 
Zaydinoy. 5. Yunus pari. 6. Misqol pari. 7. G ulnor pari. 8. Qirq yigit 
bilan qirq qiz. 9. Hasan ko‘lbar. lO.Rayhon arab. 11. Shohdorxon.
12. Zam onbek. 13. Xidirali elbegi. 14. Berdiyor otaliq. 15. Elomon. 
16X oldorxon. 17. Soqibulbul. 18. G o ‘ro‘g‘lining qrimga borishi. 19. 
G o vdaroz dev. 20. Besh podshoning Chambilga yov bo‘lib kelishi.
21. S hoqalandar. 22. R o‘zaxon. 23. Yosaqila. 24 Hasanxon. 25. 
C h a m b il q am a li. 26. D alli. 27. A vazxon. 28. G ulq izo y . 29. 
O ygulqizning vafoti. 30. Intizor. 31. Malika ayyor. 32. M ashriqo. 33. 
Zulfizar. 34. Bo‘tak o ‘z. 35. Q unduz bilan Yulduz. 36. Sarvinoz. 37. 
B alogardon. 38. Avazning arazi. 39. A hmad Sardorning o ‘limga 
buyurilishi. 40. Avaz o ‘g‘lonning Rumga qochishi. 41. Avazxonning 
o ‘limga hukm etilishi. 42. Girdob. 43. Xonimoy. 44. Avaz va Gulshan. 
45. Xushkeldi. 46. Oltin qovoq. 47. Zayidqul. 48. Gulixiromon. 49.


Zamigor. 50. Og‘a Yunusning olib qochilishi. 51. Ravshan. 52. Nurali. 
53. N u ralin in g yoshligi 54. Balxivon. 55. Jo rx o n m aston. 56. 
Sumbulsoch beka. 57. Nurali va qari Ahmad. 58. Nuralining yutilishi. 
59. M alla savdogar. 60. Jah o n g ir. 61. E ro ‘g ‘li (S h ah id n o m a, 
G o‘ro ‘g‘lining o‘limi, G o ‘ro‘g‘lining g‘oyib bo‘lishi).
D ostonchilar m a’lumotiga qaraganda, «Ero‘g‘li» turkum ning 
oxirgi dostoni bo‘lib, unda G o ‘ro‘g‘lining 
keksaygan 
davri 
va 
Sulduzi tog‘ida g‘oyib bo‘lishi 
tasvirlanadi. Epik an ’anaga ko‘ra, 
G o ‘r o ‘g‘liga uzoq umr — 120 yosh berilgan b o ‘lsa-da, u oMmaydi, 
b alki afsonaviy Sulduzi to g ‘id a g ‘oyib b o ia d i. R ivoyatlarga 
qaraganda, sevimli yorlari Yunus va Misqol parilar G o ‘ro ‘g‘liga, 
k eksayganingda sening n o m in g n i o ‘ch irm ay m iz, d o sto n in g n i 
ayttiram iz, deb va’da bergan em ish. Parilar esa o ‘lmaydi, ular 
baxshilarga qo‘nib yurib, G o ‘ro ‘g‘li so‘ziarini ularning ichiga joylar 
emish, shu tufayli baxshilar ham G o ‘ro‘g‘lining o ‘g‘illari emish. Mana 
Shunday e ’tiqodlar tufayli irim qilib, «Ero‘g‘li» dostonini yaxshi 
bilsalar ham, boshqa asarlarday keng kuylab yurish baxshilar o ‘rtasida 
rasm bo‘lmagan. Shuning uchun ham uning m ukam m al variantini 
yozib olishga muvaffaq bo'linm agan. Atoqli folklorshunos Hodi Zarif 
m a’lum o tlarig a qaraganda, xalq shoiri P o 'lk a n rep ertu arid ag i 
«Ero‘g‘li» dostonining she'riy qismi 12 misradan ortiqroq bo‘lgan. 
H ozirgacha ushbu d o stonning «S hahidnom a», « G o ‘ro ‘g ‘lining 
o ‘lim i» , « G o ‘r o ‘g i i n i n g g ‘o y ib b o ‘lishi» n o m la rid a ay rim
tugallanm agan variantlari yozib olingan. Sherobodlik Yusuf 0 ‘tagan 
o ‘g‘lidan 1945-yilda M.Afzalov tom onidan yozib olingan, hozircha 
nisbatan to ‘la deb hisoblangan «Shahidnoma» dostoni ham baxshilar 
repertuaridagi «Ero‘g‘li» dostonining barcha xususiyatlarini o ‘zida 
m ukam m al saqlay olmagan.
« G o ‘ro‘g‘li» dostonlari muayyan bir turkum ni tashkil etsalar-da, 
ular qahram onning bir-biriga uzviy bog‘langan m untazam biografiyasi 
em as, balki turli baxshilar va dostonchilik maktablari tom onidan 
uning ayrim jasorat va m ardliklarini tasvirlovchi turli davrlarda 
yaratilgan asarlarning keyinchalik nasliy. biografik va geografik 
turkum lik doirasida o‘zaro birlashtirilishidan iborat. Shuning uchun 
ham bu dostonlar bir davrda bir-ikki baxshi tom onidan yaratilgan 
em as, balki ular uzoq davrlar mobaynida ko‘plab talantli dostonchilar 
va dostonchilik maktablarining kuchi bilan ijod etilgan. Ularning 
ba’zilari uzoq tarixda. 0 ‘rta Osiyoda islom dini tarqalishidan burungi


davrlarda m aydonga kelgan. Ba'zilari bundan u ch -to ‘rt asr ilgari 
yaratilgan va zam onam izga q adarjuda ko‘p xalq shoirlari tom onidan 
har qaysisining o ‘z zam oni talablariga ko‘ra qayta-qayta ishlanib, 
ko‘p variantlarda bizgacha yetib kelgan.66
«G o‘ro‘g‘Ii» dostonlari turkumi xalq bahodirining ajoyib-g‘aroyib 
holda tug‘ilishi va qahram onona yoshligini tasvirlovchi «G o‘ro*g‘lining 
tu g ‘ilishi», « G o ‘ro ‘g‘lining bolaligi» dostonlari bilan boshlanadi. 
Ularning Po‘lkan shoir variantida tasvirlanishicha, G o‘ro‘g‘lining bobosi 
T o iib o y sinchi Mari yurtining begi qovishtixonning o ‘g ‘li bo‘lib, 
yoshligida Yovmit podshosi Odilxonga asir tushadi. T o‘liboy sinchi 
xizmatlaridan ko‘ngli to ‘lgan Odilxon qizi Oyshani unga nikohlab 
beradi. Bulardan bo‘lg‘usi qahramonning otasi Ravshan tug‘iladi. Taka- 
Yovmit yurtining doim iy dushm ani Shohdorxonning navbatdagi 
bosqinchiliklaridan birida Ravshan, shuningdek, T aka-turkm an begi 
Jig‘alixonning farzandlari G ajdum bek va Bibi hilollar Z angar yurtiga 
asirtushib ketadi. Zangarda Ravshan bilan Bibi hilol tasodifan uchrashib 
q o lib , b ir-b irla rin i sev ad ilar va tu rm u sh q u rad ilar. Bu orada 
Ravshanning sinchiligi xabari Shohdorxonga yetib keladi. Shohdorxon 
uni saroyga chaqirib. otlarini ko‘rsatadi. Ravshan bular ichida tulpor 
yo‘qligini aytib, holvachining otini maqtaydi. A chchiqlangan xon 
Ravshanning ko‘zlarini o‘yib oladi. Ravshan ko‘r ko‘zining xuniga 
holvachining otini tilab olib, shu ot yordamida qaynag‘asi Gajdumbek 
bilan Yovmitga qochadi. Zangarda qolgan Bibi hilol qornidagi olti 
oylik gum onasi bilan vafot etadi. G o ‘rda o ‘lik o n a d a n b o llajak 
qahram on tu g ‘iladi. C ho‘pon Rustam uyuridagi bir baytal un i emizadi 
va keyinchalik u Rustam yordamida shu baytalda Yovmitga qochib 
keladi. Ko‘rinadiki, epos an ’anasiga ko‘ra. G o‘ro‘g‘lining kelib chiqishi 
yuqori tabaqa bilan bog‘lansa-da, u aw alo, kambag‘al b ir otboqar 
sinchining o*g‘li; ch o ‘pon Rustam tarbiyasida voyaga yetadi, xalq 
q ah ram onlariga xos g‘ayritabiiy yo‘sinda tu g ‘iladi va bahodirlik 
k am o lo tig a e rish ad i. Bu b ila n , bir to m o n d a n , G o ‘r o ‘g‘lining 
yoshligidanoq xonlarga, saroy aristokratiyasiga qarshi tarbiyalanganligi 
k o ‘rsatilsa, ikkinchidan, uning epik Cham bil yu rtin in g qonuniy 
hukm dori ekanligi har jihatdan asoslanadi.
« G o ‘ro ‘g4lining tug ‘ilishi», « G o‘ro ‘g‘lining bolaligi» dostonlari 
ko‘p planli asarlar b o ‘lib, ularda g ‘irot biografiyasiga oid ajoyib 
m a’Ium otlar ham bor. Bu m a’lumotlarga ko‘ra, qahram onni emizgan 
baytal bilan X uroson ko‘lidan chiqib kelgan ayg‘irdan («suv oti»dan)


urg‘ochi qulun tug‘iladi. Bu qulun uch yashar bo‘lgach, G o kro ‘g‘li 
Rayhon arabning dong‘i chiqqan tulporidan nasi olishga harakat 
qiladi. Natijada, uchinchi ot — g‘irko‘k tu g ‘iladi. G ‘irko‘k yettj 
kunlik bo‘lganda onasi o ‘ladi. G o ‘ro ‘g‘li unga turlik hayvonlaming 
sutini berib tarbiya qiladi. G o ‘ro ‘g‘li bilan g'irot orasida ju d a ko‘p 
o‘xshashliklar bor: dostonda har ikkalasi ham uchinchi naslgacha 
tilga olinadi (To‘liboy — Ravshan - G o ‘ro ‘g‘li; qahram onni emizgan 
baytal — «suv ot» dan tug‘ilgan urg‘ochi qulun — g‘irko‘k); ikkalasi 
ham yetim; ikkalasi shirxo‘ra va hokazo. Bu bilan qahram on va 
uning jangovar oti o ‘rtasida eposga xos ajoyib bir aloqa yuzaga 
keltiriladiki. bu butun turkum bo‘ylab izchil davom etadi. Dastlabki 
dostonda yosh qahram onning chiltonlar bilan uchrashuvi, kelajak 
yo‘lining oldindan belgilanishi. epik C ham bil yurtining bunyod 
etilishi, Yovmit eliga xon qilib ko‘tarilishi kabi voqealar juda qiziqarli 
tasvirlanadi. Shohdorxon va Ravshan, Ravshan va Urayxon, Rayhon 
va G o ‘ro‘g‘li to ‘qnashuvlarida butun turkum ga xos bo‘lgan ijobiy 
va salbiy sifatlar nam oyon b o ‘ladi. Turkum ning ushbu dastlabki 
dostonlaridayoq o lzbek «G o‘ro ‘g‘li»siga xos cheksiz fantaziya, ko‘z 
ilg‘am as geografik va etnografik kengliklar to ‘la nam oyon bo‘ladi. 
Bu h o i, ayniqsa, «Yunus pari», «M isqol pari», « G u ln o r pari» 
dostonlarida yanada yorqin ko‘rinadi. Bu asarlar G o lro ‘g‘lining 
uylanishi va shu bilan bog‘liq qahram onliklariga bag‘ishlangan.
Epik an'anaga ko‘ra, G o ‘ro‘g‘lining ikki xotini - Yunus va Misqol 
parilar (РоЧкап varianti bo‘yicha uchinchi — G ulnor pari) bor. U lar 
K o‘h i qofda Eram bog‘ida yashaydi, ularn i ju d a katta devlar 
qo‘riqlaydi. Parilar G o ‘ro'g ‘liga ilgaridan «belgilangan» b o ‘lsa-da, 
u lam i q o lg a kiritish uchun katta jism oniy kuch bilan bir qatorda 
aql, farosat, usta tadbirkorlik ham kerak edi. G o ‘ro ‘g‘li buni qoyil 
qilib bajaradi. Dostonlarda parilar podsholigi, undagi saroy va oilaviy 
h ayot inson turm ushining ideal ko‘rinishi sifatida keng, hayotiy 
lavhalarda juda real tasvirlanadi. Baxshi inson turm ushi bilan bogMiq 
hayotiy, tarixiy, etnografik tafsilotlarni m uhabbat bilan bayon etadi. 
Kitobxon va tinglovchi shunday bir bepoyon fantastik olamga olib 
kiriladiki, aql bovar qilm as bu yuksak olam da inson turm ushi, 
tafakkuri, kurashlari, hasrati va xursandchiligi nam oyon bo‘ladi. Real 
h a y o t bilan m u stahkam b o g ‘liq b u n d a y ch iro y li fan ta ziy alar 
nam unalarini «G o‘ro ‘g‘li» dostonlaridan istagancha topsa b o ‘ladi. 
Bu o ‘rinda «Balogardon», «Malika ayyor», «Mashriqo» va boshqa


dostonlarni eslash kifoya.
T u rk u m d a G o ‘r o ‘g ‘li va C ham bil y u rtin in g d o im iy ta sh q i 
dushm anlari sifatida Rayhon arab, Bektosh arab, X unxorshoh va 
boshqalar tilga olinadi. Shirvon xoni Rayhon arabning G o‘r o ‘g‘lining 
yangasi (Ahmad Sardorning xotini) Xoljuvonni olib qochib ketishi va 
o ‘z navbatida, yosh G o ‘ro ‘g‘lining Rayhon arab qizi Zaydinoyni 
tog‘asiga keltirib berishi («Zaydinoy» dostoni) ular o ‘rtasidagi qator 
dushm anlik harakatlarm ing yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday 
dushmanlik harakatlari ko‘pchilik asarlarda epizodik tarzda tilga olinsa, 
ayrim dostonlarda («Rayhon arab», «Chambil qamali». «Bektosh arab», 
«Xoldorxon» va boshqalar) bu narsa ikki xalq o'rtasidagi haqiqiy jang 
tarzida kengaytiriladi. Lekin bosqinchilik urushini har gal arab yoki 
Xunxor hukmdorlari boshlaydi va har gal ular G o ‘ro‘g‘lidan yengiladi.
«G o‘ro ‘g‘li» turkum i dostonlarida 
qahram onning o ta jih atd an
to g ‘asi A hm ad Sardor bilan, A hm ad Sardorning qirq yigit, H asan. 
A vazlar bilan m u n o sab atlari h am m uhim o ‘rin tu tad i. A hm ad 
Sardorning oilaviy va siyosiy intrigalari, uning G o kro‘g‘li va G o ‘ro‘gkli 
yigitlariga, ayniqsa, Avazxonga nisbatan g‘arazi ayrim asarlarda 
(«Xushkeldi», «Avazning arazi», «Intizor», «Xoldorxon», «Xidirali 
elbegi», «M alika ayyor» va boshqalar) um um iy tarzda, epizodik 
x arak terd a b o ‘lsa, b ir q a to r d o sto n la rd a («A hm ad S a rd o r va 
Hasanshoh», «Ahmad Sardor va Avaz», «Avazxonning o‘limga hukm
etilishi») asar sujetining asosini tashkil etadi.
T urkum da G o ‘ro ‘g‘lining b ah o d ir qirq yigitiga alo h id a o ‘rin 
beriladi. Bular G o ‘ro ‘gaining bahodirliklarini tan olib, uning atrofiga 
ixtiyoriy ravishda uyushgan tu rli urug4 va qabilalarning beklari 
hisoblanadi. M asalan: Z am o n b ek taka urug‘idan, S h o d m o n b ek
o ‘zbekning m uytan urug‘idan, Xidirali elbegi qoraqalpoq, T o la k
botir tojik va boshqalar. Ayrimlarini esa (Xoldorxon, Y usuf sulton, 
Ashurbek) G o ‘ro ‘g‘libek turli m amlakatlardan olib keladi. 0 ‘tm ishda 
turli urug* va qabilalar o ‘rtasida kelishmovchilik va n izolar b o ‘lib 
turgan bir paytda, G o ‘ro lg ‘li hukmdorligining bunday baynalm ilal 
tus olishi katta aham iyatga ega. G o ‘ro ‘g‘lining qirq yigiti qayerdan 
va qaysi urug‘dan b o ‘Imasin, afsonaviy ozod o ‘lka — C ham bilning 
ozodligi, xalqining farovonligi uchun tinm ay kurash o lib boradi. 
G o ‘ro ‘g‘lining doim iy yo‘ldoshi bo'lgan bu jasur yigitlarning bir 
q a n c h a si fao liy atig a a lo h id a -a lo h id a d o sto n la r (« X o ld o rx o n » , 
« Z a m o n b ek , « X id irali elbegi», «B erdiyor otaliq», « E lo m o n » ,


«Shodmonbek», «Doniyorxo‘ja» va boshqalar) bag‘ishlangan.
T u rk u m d ag n an ch a g in a d o s to n la r G o ‘r o ‘g ‘lin in g a s ra n d i 
farzandlari — Hasan, Avaz; nevaralari — N urali, Ravshan va evarasi 
Jahongirlam ing qahram onona sarguzashtlariga bag‘ishlangan b o ‘lib, 
bular ham o ‘zaro muayyan kichik turkum larni tashkil etadi.
Bu ichki turkumlar asrandi farzandlaming olib kelinishini tasvirlovchi 
dostonlar («Hasanxon», «Avazxon») bilan boshlanadi. H asan va 
Avazning o‘z biografiyalari bor, ularning har biri turkum da muayyan 
o ‘rin tutadi. Hasanxon turkum da faqat bir doston («Dalli»)ning bosh 
qahram oni sifatida ishtirok etadi. Avazxon esa, butun bir dostonlar 
(«Balogardon», «Intizor», «Bo‘tak o ‘z», «Q unduz bilan Yulduz», 
«Zulfizar bilan Avaz», «Gulixiromon», «Malika ayyor», «Mashriqo», 
«G ulqizoy» va boshqalar) turkum ining bosh q ahram onidir. Bu 
dostonlarning asosini Avazxonning turli 
afsonaviy m am lakatlar 
g o ‘zallarini olib kelish uchun ko‘rsatgan bahodirliklari tashkil etadi. 
Hasan va Avaz kichik turkumlari G o ‘ro‘g‘li, g'irot, qirq yigit, doimiy 
a n ’anaviy obrazlar (Ahmad Sardor, Soqibulbul. Hasan Ko‘lbar va 
boshqalar), Chambil yurti orqali G o ‘ro‘g‘li turkumiga birlashadi.
Nasliy turkumlik doirasida yuzaga kelgan navbatdagi dostonlar 
G o ‘ro ‘g‘lining nevaralari — Nurali va Ravshanlam ing nikoh safari 
va b o sh q a sarg u zash tlarin i tasv irlo v ch i a s a rla rd ir (« N u rali» , 
«R av sh an» , « N uralinin g yoshligi», « S u m b u lso ch bekach» va 
boshqalar). Nasliy turkum lanishda so‘nggi bosqichni G o ‘ro‘g‘lining 
evarasi (Nuralining o ‘g‘li) Jahongir haqidagi epik rivoyat tashkil etadi. 
G o ‘ro ‘g‘lining o ‘g‘illari, nevaralari va evarasi haqidagi dostonlar 
u n ing «farzandsizligini» keyingi planga suradi. A n ’anaga ko‘ra, 
« fa rz a n d siz » h iso b la n g a n « G o ‘r o ‘g ‘li» o q ib a td a u c h a v lo d
qahram onlarining sardori va murabbiysi sifatida maydonga chiqadi. 
Shunday qilib, turkum dostonlari xalq hayoti, turm ush va maishatini, 
orzu-um idlari va ideallarini, axloqiy-estetik va ijtimoiy qarashlarini 
keng tasvirlovchi epopeyadir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling