Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I
|
Doston yaratilgan davr va uning g'oyaviy mazmuni. Xalq og‘zaki
ijodi asarlarining yaratilish tarixini belgilash nihoyatda qiyin. C hunki ular og‘zaki ijro va ijod davom ida bizgacha muayyan o ‘zgarishlar bilan yetib kelgan. Shuning uch u n ham folklor asarlarining yaratilish davrini belgilaganda, ularda tasvirlangan asosiy m asaladan ikkinchi d arajalilarin i farqlash. keyingi davrlarda kirib qolgan g ‘oya va motivlarni hisobga olish kerak b o ‘ladi. «Alpomish» dostonining sujet tarkibi va asosiy motivlariga diqqat qilsak, unda patriarxal-urug‘chilik munosabatlari va shu hayot tarzini ta sv irla s h aso siy o ‘rin tu ta d i. Q olaversa, u n d a a y rim u ru g ‘ oqsoqollarining hukm ronlikka intilishidan iborat m unosabatlar tasviri ham mavjud. D ostonda aks etgan bunday ijtimoiy hayot voqeliklari uning yaratilish tarixini belgilash uchun m uhim aham iyatga ega. S h u n i h a m t a ’k id la s h k e r a k k i, p a t r i a r x a l - u r u g ‘c h ilik m unosabatlarining yemirila borishi va feodalizmning tug1 ilish jarayoni ham m a ycrda bir vaqtda va bir xilda sodir bo‘lgan emas. Bu o ‘tish jarayoni ayrim yerlarda hatto o ‘rta asrlargacha davom etdi. D ostonda tasvirlangan bunday ijtim oiy hayot tarzi va undagi b ir q ato r motivlar tahlili orqali H.T.Zarifov «Alpomish» dostoni ko‘chm anchi-chorvador qo‘ng‘irot urug‘i orasida patriarxal-urug‘chilik munosabatlari yemirila boshlagan davrda, m o ‘g‘ullar istilosidan avval, Sirdaryoning quyi oqim lari va Orol dengizi atroflarida yuzaga kelgan, degan xulosaga keldi. Bu xulosada jiddiy asos bor. Chunki doston m azm uni, undagi o b razlar tizim i, sh u n in g d ek , dostonning m uayyan jo y la r bilan bog‘lanishi va xalqimizning etnogenetik taraqqiyoti bu fikm i tasdiqlab turibdi. Shundan kelib chiqib, doston dastlab ko‘chm anchi-chorvador q o ‘ng‘irot qabilasi orasida X—XI asrlarda yaratildi, deyish mumkin. Q o‘n g ‘irot qabilasining turli hududlarga siljishi bilan doston boshqa urug‘ va elatlarga ham o ‘tib, ularning epik a n ’analari asosida qayta ishlana borib, ju d a keng tarqaldi va nihoyat, uning yaratilishida ota- bobolari ish tiro k etgan h a r b ir xalqning « 0 ‘z» eposiga aylandi. Q o ‘ng‘irot urug‘i bir q ancha turkiy xalqlar, jum ladan, o ‘zbeklar, qoraqalpoqlar. qozoqlam ing etnogenetik jarayonida m uhim o ‘rin tutganligini hisobga olsak, bu rnasala yanada oydinlashadi. Dostonning o 'zb ek versiyasi XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida og‘zaki epik a n ’anad a «Yangilanish» jarayonini kechirdi va to ‘la shakllandi. Biroq uning asosi. undagi bir qator motiv va tu shunchalar nihoyatda qadimiydir. «Alpomish» dostoni qahram onlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urug‘ birligini kuylovchi ulkan eposdir. D oston qo‘ng‘irot urug‘i boshliqlari — aka-uka Boybo‘ri va Boysarilaming farzandsizligi tasviri b ilan boshlanadi. U nda b o ‘lajak q ah ram o n lar — A lpom ish va Barchinlarning ajoyib-g‘aroyib holatlarda tu g ‘ilishi, Alpomishning bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko‘rsatishi, Boysarining Boybo‘ridan arazlab qalmoq eliga ko‘chishi, qahram onning yorini olib kelish uchun o ‘zga mamlakatga safari va Qorajon bilan d o ‘st tu tin is h i, raq ib lari— qalm o q alp lari b ilan y o n m a -y o n tu rib , Barchinning shartlarini bajarishi va yorini olib, o ‘z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi m arta safar qilganda, yetti yil tutqunda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, o ‘z eliga xotini Barchinning zo‘ravon U ltontoz bilan bo‘layotgan to ‘yi ustiga kelishi hamda raqibini yengib, o ‘z hokimiyatini oTnatishi voqealari tasvirlanadi. Sevimli yor, oila va shu bilan bog‘liq ravishda yangi tipdagi urug‘ birligi uchun kurash hamda bunga to ‘sqinlik qiluvchi barcha qora kuchlami yengish «Alpomish» dostonining asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Chunki dostonda qo‘ng‘irot qabilasida patriarxal urug'chilik munosabatlari yemirila boshlagan bir davr ijtimoiy voqeligi tasvirlanadi. Jamiyat taraqqiyotining bu bosqichida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi patriarxal oilaning yemirilishi va monogam oilaning tashkil topishiga olib keladi. Monogam oilaning vujudga kelishi progressiv hodisa bo‘lib, patriarxal-urug‘chilik jamiyati asoslarini bo‘shashtiradi. Ana shu progressiv holat «Alpomish» dostonining g‘oyaviy yo‘nalishini belgilaydi. D ostonda tasviriangan davrda hali ijtimoiy guruhlar bir-birlaridan keskin ajralib chiqmagan, sinfiy ziddiyatlar kuchaymagan edi. Bu davrda jamiyatning ijtimoiy munosabatlarida sinflar va ular o‘rtasidagi kurash markaziy hamda yetakchi masala boblmay, balki qabila oqsoqollari, urug1 boshliqlari va ularning qabila hayotida o ‘ynagan roli muhim edi. Shuning uchun ham epos qahramonlari umumqabila manfaatlari uchun kurashadilar va shu manfaatlar bilan yashaydilar. Epos qabila oqsoqollari, urug* boshliqlari, shu jumladan, Boybo‘ri, Boysari va boshqalarga zulm qiluvchi sinf vakillari sifatida qaramaydi, ularga bir xilda baho bermaydi. «Alpomish» dostonida xalqimizning qahram onlik haqidagi ideallari. m ardlik tuyg'usi yorqin tasvirlanadi. D ostonda yorga erishish uchun m ard bo'Iish va dushmanga qarshi kurashish kerak, degan g'oya O q kirovka, oltin sovut kiyaman, Bor kuchimni bilagimga jiyam an. Olmos olsam, qirmizi qon quyaman, G ‘anim larning tanasini uyaman, Q archig'aym an, dushm an boshin qiyaman. Esim olsa, b o ‘tadayin bo‘zlayman, D ushm an ko‘rsam, kesib bag‘rin tuzlaym an, Aslim sherm an, o ‘zim yo‘lbars izlayman. D ostonda qahram onlik. jasurlikni ulug‘lash, mardlik tuyg‘ulari vatanparvarlik g‘oyasi bilan uzviy bog‘langan holda tasvirlanadi. D oston qahram onlari o ‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot eli, Boysun-Qo‘ng‘irot diyori bilan m ahkam bog‘langandir. U lar qaerda bo‘lm asinlar, shu el, shu diyorning g‘am -alam iga sherik b o ‘ladilar, shu el, shu diyor sog‘inchi bilan yashaydilar. D oston qahram onlarining o ‘z qabilasi, xalqi va yurtiga b o ‘lgan vatanparvarlik hislari, xususan, dostonning ikkinchi qism ida o ‘quvchini to ‘lqinlantirarli darajada tasvirlangan. Bu hissiyot qahram onning tutqunlik davrida g‘oz orqali vataniga salom yo‘llashida; Barchin, Qaldirg‘och, Yodgorlaming hijron alamlari < tasvirida, qahram onning yo‘ldagi uchrashuvlari epizodlarida yanada yorqin aks etgan. U m r bo‘yi tug‘ilib o ‘sgan yurtini, xalqini sevgan A lpom ishdagi bu hissiyot yetti yillik asirlikdan keyin ona tuproqqa qadam q o ‘yganda yanada yuqori nuqtaga ko‘tariladi, vatani. eli haqida turli xayollarga boradi: Asqar tog‘i tum anm ikan, M en bilmaym an bu yo'llarda, O ta-enam om onm ikan, K o‘rganim yo‘q Q o‘ng‘irot eli, Qadimgiday zam onmikan?.. Tog‘ga chiqib shunday qarab turibdi, Yoylab yotgan Boysun yurtin ko‘ribdi. Elatini ko‘rib ko‘ngli buzildi, Ko‘zdan yoshi m unchoq-m unchoq tizildi. D ostonda el-u yurtga muhabbat motivlari urug‘ birligi g‘oyasi bilan birlashib ketadi. Ajralish qabila a ’zolari boshiga og‘ir kulfatlar keltiradi. Barchin, Qaldirg‘och, hatto Boysarining o ‘zi ham o ‘zga mamlakatda xor-zor b o ‘lishlarini takror-takror aytadilar. D ostonning har ikkala qismida ham Alpomishning Barchinga uylanishi qo‘ng‘irot urug‘ining yangidan birlashishiga olib keladi, Demak, Alpomishning nikoh uchun, oila uchun—»Okz uyi» uchun kurashi qonuniy ravishda q o ‘ng‘irot urug‘ining yanada mustahkamlanishi, yangi tipda qaytadan birlashishi uchun kurashi hamdir. Dostonda bu kurash qahramonlik va mardlik, insonparvarlik va hurlik, vatanga va xalqqa muhabbat, turli elatlar ham da qabilalarning insoniy huquq uchun kurashda d o ‘stligi va hamkorligi g‘oyalari bilan uzviy bog‘liq ravishda tasvirlanadi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling