Cuprum Kipr o nomidan olingan, Si Mendeleyev davriy sistemasining


Download 51.33 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi51.33 Kb.
#1371625
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
metal

5)Kumush (lot. Argentum — oq kukun), Ag — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop — IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat. Sunʼiy izotoplaridan "°Ag (yarim yemirilish davri 253 kun) ning amaliy ahamiyati bor. Kumush qadimdan maʼlum. Yer poʻsti ning 1 -10 5% ini tashqil qiladi. Sof holda va gidrotermal konlarda argentit Ag2S bilan birga uchraydi. Kumushning kyustelit, kongsberit, animikit vaelektrum kabi tabiiy minerallari bor. Toza Kumush chiroyli oq metall. At. radiusi 1,44 A, Ag+ ionining radiusi 1,13A. Zichligi 10,5 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 960,5°, qaynash temperaturasi 2212°. Moos shkalasi boʻyicha qattiqligi 2,7. Kumush yumshoq, choʻziluvchan boʻlganidan mexanik ishlovi oson. Undan 0,00003 sm qalinlikdagi vafis varaqlar tayyorlash mumkin. Kumush issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi oʻtkazadi, yorugʻlikni yaxshi qaytaradi. Kimyoviy jihatdan nofaol element. Odatdagi sharoitda suv va nam havo taʼsiriga chidamli. Kumushning aksari tuzlari suvda qiyin eriydi. 
Kumush, asosan, tarkibida kumush va qoʻrgʻoshin bor rudalardan ajratib olinadi. Kumush qotishmalari tanga pul, zargarlik va uy-roʻzgʻor buyumlari, lab. idishlari ishlab chiqarishda, elektrotexnikada, tuzlari fotografiyada ishlatiladi. Kumush buyumlar tayyorlash uchun 875 probali kumush, yaʼni tarkibida 87,5% Kumush va 12,5% mis boʻlgan qotishma ishlatiladi. Kimyoda Kumush kattalizator sifatida qoʻllanadi. Tibbiyotda Kumushning argirol, protargol, kollargol, lyapis kabi preparatlardan foydalaniladi.
6)Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqtosh) soʻzidan kelib chiqqan. Tabiatda bitta barqaror izotop holida (AGʻ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 yil). Aluminiy yer poʻstining ogʻirlik jihatdan 8,8%ini tashkil etadi, ya’ni u kislorod va kremniydan keyin uchinchi, metallar ichida esa birinchi oʻrinda turadi. Metall holidagi Aluminiyni birinchi marta 1825-yil Hans Christian Ørsted topgan. Aluminiy tabiatda sof holda uchramaydi, uning eng koʻp uchraydigan birikmalari: alyumosilikatlar (mas, tuproqning asosiy qismi boʻlgan alyumosilikat, kaolin, andaluzit, alunit minerali), korund (alyuminiy oksid) va boksit. Oʻzbekistonda shulardan kaolin (Toshkent viloyati) va boksit (Navoiy va Fargʻona viloyatlari) topilgan. Aluminiy giltuproq (A12O,)ni kriolit (Na3AlF6) bilan suyuqlantirib, elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Giltuproq esa asosan boksitdan olinadi. Oʻzbekistonda Angren kaolinidan ham giltuproq olish mumkinligi aniqlangan. Aluminiy kumushday oq metall, allot-ropik shakl oʻzgarishlari (qarang Allotropiya) yoʻq. Suyuqlanish temperaturasi – 660’, qaynash temperaturasi 2500° atrofida. Aluminiy plastik, oson presslanuvchan, bolgʻalanuvchan, qoliplanadigan,choʻziladigan metall. Aluminiy kislorod bilan tez b pri kadi, shu sa-babli uning usti hamisha oksid pardasi bilan qoplangan boʻladi; oksid pardasi zich boʻlganidan u Aluminiyni zanglashdan va turli moddalar ta’siridan saqlaydi. Aluminiy kukuni shiddat bilan yonadi, Aluminiy tarkibining sofligiga qarab oʻta sof, juda sof va texnik sof xillarga boʻlinadi. Oʻta sof Aluminiy (Aluminiy 999 markali) 0,001% gacha qoʻshimchaga, juda sof Aluminiy (Aluminiy 995. Aluminiy 99, Aluminiy 97, Aluminiy 95 markalar) 0,005 dan 0,05% gacha, texnik sof Aluminiy (A85, A8, A7, A5, AO, A va AYE markalar) esa 0,015% dan 1,000% gacha qoʻshimchaga ega boʻladi. Aluminiy yengil va puxta qotishmalar olishda juda katta ahamiyatga ega. U mis, rux, nikel, magniy, temir, titan qotishmalariga ham legirlovchi element sifatida qoʻshiladi. Aluminiy ba’zi metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda (alyuminotermiya) ishlatiladi. Bu me-tallardan samolyotsozlik, radio va elek-trotexnika, rangli metallurgiya hamda boshqa sanoat tarmoqlarida foydalani-ladi. Aluminiy zichligining kamligi, yuqori darajadagi elektr oʻtkazuvchanligi, ay-rim kimyoviy moddalarga nisbatan chidamliligi va tannarxining arzonligi sababli texnikaning turli sohalarida keng qoʻllaniladi. Undan uy-roʻzgʻor as-boblari, kimyoviy asbob-uskunalar va boshqa koʻpdan-koʻp buyumlar tayyorlanadi.
7) Magniy (Magnesium), Mg — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sunʼiy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. Magniyni 1808 i. dastlab ingliz fizigi Magniy Devi amalgama holida olgan. 1829-yilda fransuz kimyogari Magniy Byussi magniy xloridga kaliy bugʻi taʼsir ettirib, Magniyni metall holida ajratib olgan. Magniy massa jihatidan yer poʻstining 2,35% ni tashkil qiladi. Magniyning 100 dan ortiq minerallari boʻlib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezii, karnallit va boshqa ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilonizi serpentin minerali hosil boʻladi. Uning tolasimon turi asbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur yer osti karbonat angidrid gazlarining taʼsirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. Tula parchalanganda esa magnezit (MgCO3)ra oʻtadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari taʼsirida dolomitga MgCa(CO3)2 aylanadi. Oʻzbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan.
Dengiz suvida 0,38%; baʼzi koʻllar suvida 30% magniy xlorid boʻladi. Magniy kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, yengil metall, havoda yupqa oksid parda bilan qoplanib, qoramtir tusga kiradi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqpaydi. Magniyning zichligi 1740 kg/m³, suyuqlanish temperaturasi 650°, kaynash temperaturasi 1105°. Magniy birikmalarida 2 valentli. Kimyoviy jihatdan juda faol metall. Havoda qizdirilganda koʻzni qamashtiruvchi oq shuʼla chiqarib yonadi va oq rangli magniy oksid MgO, qisman koʻkimtir magniy nitrit Mg3N2 hosil qiladi. Xona haroratida suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Qaynatilganda esa suvdan sekin-asta vodorodni ajratib chiqaradi. Suv bugʻi bilan 400° da shiddatli reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda azot, oltingugurt, galogenlar va boshqa metallmaslar bilan birikadi. Suyultirilgan kislotalarda oson erib, vodorod ajratib chikaradi. Oddiy sharoitda ishqorlarning suvdagi eritmasida erimaydi. Vodorodli muhitda 400—500° gacha qizdirilganda gidrid MgH2 hosil qiladi. Magniyni 500—600° gacha oltingugurt yoki SO2 va H2S bilan qizdirilganda sulfid MgS hosil boʻladi. MgF2 himoya pardasini hosil qila olishi sababli ftorid kislotada erimaydi. Ishqoriy bikarbonat va ammoniy tuzlari eritmalarida eriydi. Magniyning barcha tuzlari rangsiz, achchiq, suvda yaxshi eriydi. Magniy koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi.
Magniy oʻsimlik va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Baʼzi suv oʻtlari, foraminiferalar, ohakli bulutlar Magniy konsentratlari hisoblanadi (ular tarkibida 3—4% gacha Magniy boʻladi). Magniy oʻsimliklarning yashil pigmenti — xlorofill tarkibiga kiradi.
Barcha oʻsimliklarning hujayra organellarida va barcha tirik organizmlarning ribosomshritsa Magniy borligi aniqlangan. Magniy fosfat kislota tuzlari shaklida fitin tarkibida boʻladi. Odam va hayvonlar organizmi Magniyni ovqatdan oladi. Odamning bir kecha-kunduzda Magniyga ehtiyoji 0,3—0,5 g. Ovqatda Magniy tuzlari yetarlicha boʻlmasa, nerv sistemasining normal qoʻzgʻaluvchanligi, muskullarning qisqarishi buziladi. Qoramollar yemida Magniy yetishmaganda muskullari tortishib, oyoqlari rivojlanmay qoladi.
Sanoatda Magniy elektrolitik, metallotermik va ugletermik usullar bilan, lekin, asosan, MgCl, KC1 va NaCl eritmalari aralashmasini elektroliz qilib olinadi. Metallotermik usulda xom ashyo boʻlib dolomit, qaytargich boʻlib ferrosilitsiy yoki silikoalyuminiy xizmat qiladi. Ugletermik usulda Magniy MgO bilan uglerod aralashmasini 2100° dan yuqori haroratda germetik pechlarda qizdirib olinadi.
Pirotexnikada, metallurgiyada qotishmalar, qiyin qaytariladigan metallar (vanadiy, titan, uran, sirkoniy), mustahkam choʻyan olishda, atom texnikasida, kino, fotografiya va yoritish texnikasida ishlatiladi.

Download 51.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling