Cydonia oblonga o‘simligining biologik va kimyoviy tasnifi. Mamatqulova Surayyoxon Fardu kafedrasi kata o‘qituvchisi Matmurodova Azimaxon Far du kimyo yo‘nalishi


Download 7.63 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi7.63 Kb.
#1752595
Bog'liq
Cydonia oblonga tezis.


CYDONIA OBLONGA O‘SIMLIGINING BIOLOGIK VA KIMYOVIY TASNIFI.


Mamatqulova Surayyoxon FarDU kafedrasi kata o‘qituvchisi
Matmurodova Azimaxon Far DU kimyo yo‘nalishi 1- kurs magistranti
Yunusova Nilufar Ulug‘bek qizi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Davolash ishi” yo‘nalishi 2- kurs talabasi
O‘simlik tasnifi: Behi ( Cydonia oblonga Mill )- ranoguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. O‘rta osiyoda, jumladan O‘zbekistonda behi qadimdan ekiladi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra behi O‘zbekistondagi Eronning shimoliy rayonlaridan keltirilgan deb takidlanadi. Behining Ozarbayjon, Dog‘iston, Turkmaniston va Eronda yovvoyi turlari uchraydi. U turk tilida "ayva"nomi bilan yurutiladi. Mahmud qoshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asarida behi mevasi "ayva" shaklidatilgga olingan. Behi Kavkaz, O‘rta Osiyo, Qirim, Ukrainaning janubiy hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. O‘zbekistondagi behizorlarning 80% farg‘ona vodiysida joylashgan. Mamlakatimizning tog‘li rayonlarida ( So‘x, Nanay, Bo‘stonliq) dengiz sathidan 1000m balandlikda behining ertapishar mayda mevali navlari ko‘proq tarqalgan. Behi ranoguldoshlar- " Rosaceae" oilasiga mansub , bo‘yi 1.5- 6m gacha yetadigan daraxt. Tanasi qoramtir kulrang po‘stloqli, ser shoh. Barglari tuxumsimon yoki cho‘ziq tuxumsimon , pastki tarafi ser tuk kulrang ustki qismi to‘q yashil qisqa bandli poyada ketma - krt joylashgan. Gullari och pushti, besh bolakli, yirik gul kosachasi mevasi uchida saqlanib qoladi. Mevasi har xil shakilda katta kichikligi turli xil bo‘ladi. Mevasining rangi sariq, to‘q sariq ba’zan qizg‘ish tusda bo‘ladi. Beshta uychasida urug‘i joylashgan. Behi suvsiz, shirin burushturuvchi tamga ega bo‘lib, hidi yoqimli. Aprel oyida gullab oktyabr- noyabr oylarida mevasi pishib yetiladi. Ko‘chati o‘tqazilgach, 3-4 yili hosilga kiradi. 30- 40 yil yashaydi. katta yoshdagi daraxtlari o‘rtacha 60- 70 kg hosil beradi. Uning yetilib pishgan mevasida 12% qand (glukoza, fruktoza, saxsroza) 0,2- 1.5 % organik kislotalar( olma, uzum, limon ) kislotalari, 0.2- 1% pektin, 0.4- 0.7% oshlovchi moddalar, 74.7- 83.5% suv va 10- 30 mg % vitamin C va V1, V2 vitaminlari mavjudligini ifodalash mumkin. Bundan tashqari mevasida karotin, aminokislotalar, katexinlar, efir moyi, ko‘p miqdorda efir moyi, kaliy moddasi, ko‘plab mikroelementlar shu jumladan temir, mis, bor, marganets, alyuminiy, nikel va boshqa moddalar mavjud. (Cydoniya oblonga) Behi urug‘larida esa juda ko‘p miqdorda shilimshiq modda (22-%) gacha, glikozid amygdalin (0,53%), moyli yog‘ (20%), kraxmal,pectin va smolali moddalar borligi aniqlangan. Behi (Cydonia oblonga) mevasi tibbiyotda kamqonlikda, imunitetni ko‘tarishda va bronxial astma kasalliklarida qo‘llaniladi. Ilmiy adabiyotlarni o‘rgangan holda Farg‘ona vodiysi hududidagi Cydonia oblonga o‘simligini o‘rganishga va uni tahlil qilishga qaror qildik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Pratov O‘, Shamsuvaliyeva L. va boshqalar “Botanika”. Darslik. Toshkent 2010 28.5V80 U-7056 94

  2. G.S. Tursunboyeva, G.M. Duschanova, A.T. Abdullayeva, J.S. Sadinov Botanika o‘simliklar morfalogiyasi va anatomiyasi darslik Toshkent 2019 28.5 U-84 23 20.46 14

  3. Toshmuhammedov R.I. “ O‘simliklar sistematikasida amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanma Toshkent 2006 28.59T78 u-6419/55 50

  4. Флора Узбекистани Том III., Академия Наук Узбекской ССР. Под редакции А.И. Введенского. C.279.

Download 7.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling