Цзбекистон республикаси халы таълими вазирлиги
Bitiruv malaka ishi maqsadi
Download 266 Kb.
|
atham aka chala
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malaka ishi predmeti
- Bitiruv malaka ishining vazifalari
- I-BOB. o‘quvchilarni to‘garak ishlari jarayonida meHnatga tayyorlashNING uslubiy asoslari
Bitiruv malaka ishi maqsadi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanidan muammoli ta’limni qo‘llash asosida o‘quvchilarida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malaka ishi ob’ekti: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanidan muammoli ta’limni qo‘llash asosida o‘quvchilarida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish jarayoni. Bitiruv malaka ishi predmeti: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanidan muammoli ta’limni qo‘llash asosida o‘quvchilarida o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishning mazmuni, shakllari, metodlari va vositalari tashkil etadi. Bitiruv malaka ishining usullari. Tadqiqotda tahlil qilish, xorijiy va ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, suhbat, kuzatish, ekspert baholash, test va so‘rovnomalar o‘tkazish, tajriba-sinov natijalariga matematik-statistik ishlov berish kabi usullardan foydalanildi. Bitiruv malaka ishining vazifalari: ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, bilish faoliyatini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; o‘quvchilarda mustaqil ishlash, izlanish hamda o’z-o’zini rivojlantirish ko’nikma va malakalarini shakllantirish; o’z-o’zini anglash, aniq maqsad qo’yish, faoliyatga va kasbga ongli yondoshuvni shakllantirish; muammolarni hal qilish yo’llarini aniqlash malakalarini rivojlantirish; I-BOB. o‘quvchilarni to‘garak ishlari jarayonida meHnatga tayyorlashNING uslubiy asoslari1-§. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida to‘garak ishlarini tashkil qilishning hozirgi ahvoli Respublikamizda amalga oshirilayotgan Xalq ta’limi sohasidagi maktabdan tashqari ta’lim tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Bunda quydagilarni “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabining tuzilmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablarining namunaviy tuzilmalari tegishlicha ishal ko’rib chiqildi “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq; Respublika “Bolalar kutubxonasi”ning tuzilmasiga muvofiq tasdiqlansin. “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun o‘quvchilarning muhandislik, robototexnika, mexatronika va dasturiy ta’minot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xomashyolar va jihozlar ro‘yxatini tasdiqlash huquqi berilsin.” Bu nizomdan ham ko’rishimiz mumkinki yosh avlotning mehnatga yo’lash yoshlikdan amalga oshirish kerakligi aytib o’tilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillika erishganligining dastlabki davrlaridanoq jahon sivilizatsiyasining taraqqiyotida muhim o‘ringa ega milliy ma’naviyatimiz asosida kelajagi buyuk davlatni barpo etish - bosh maqsad etib belgilandi. Ushbu buyuk maqsadga erishishda asosiy etiborning yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismonan sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilganligi milliy an’analarimiz, mentalitetimizning o‘ziga xos ifodalanishidir. O‘quvchilarning o‘qishdan tashqari vaqti ular hayotida katta o‘rin tutadi. Shu sababli bu vaqtni to‘g‘ri tashkil etishda, undan dam olish uchun, oqilona foydalanishda ularga yordam berish zarur. Barcha formalardagi darsdan va maktabdan tashqari ishlarning chuqur ichki mohiyati o‘quvchilarni ijtimoiy foydali faoliyatga aktiv jalb qilish, ularning tashabbusi va mustaqilligini rag‘batlantirish, individual qiziqishlari, mayl va qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. O‘quvchilarning o‘qishdan tashqari ishlariga pedagogik rahbarlikning xususiyati ularga faqat dars mashg‘ulotlarida emas, balki ijtimoiy tashkilotlar orqali, sinfda va maktabdan tashqari har xil tadbirlar orqali, o‘quvchilarni texnik ijodkorlik va qishloq xo‘jalik tajribachiligiga bevosita jalb etish orqali ham tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishni amalga oshirishdir. O‘quvchilarning texnik masalalarni yechish va bu yechimlarni harakatli modellar yoki tajriba namunalarining texnik loyihalari, maketlari sifatida ifodalash bilan bog‘liq amaliy faoliyatini o‘quvchilarning texnik ijodkorligi deb atash qabul qilingan. So‘nggi yillarda asosan yangi va takomillashtirilgan ko‘rsatmali qo‘llanmalar va ta’limning texnik vositalari, maktab ustaxonalari uchun texnologik moslamalar, maktab o‘quvchilar brigadirlari va o‘quvchilarning boshqa mehnat birlashmalari uchun kichik mehnat mexanizatsiyasi, maktabning yashil va ko‘k patrullari uchun priborlar hamda apparatlar, texnika to‘garaklari va o‘quvchilarning ilmiy jamiyatlari uchun zarur asbob-uskuna va moslamalar, baza korxonalardagi ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarining tematik planidan olingan ratsionalizatorlik takliflari o‘quvchilar texnik ijodkorligining obektlari bo‘lmoqda. O‘quvchilarning jonli tabiatni chuqur o‘rganish, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini, qoramollar va parrandalarning mahsuldorligini oshirish yo‘llarini eksperimental tadqiq qilish, qishloq xo‘jaligining rentabelligini yuksaltirish imkoniyatlarini aniqlash, mahalliy iqlim sharoitlarining imkoniyatlarini hisobga olish, o‘quvchilarning tabiat muhofazasiga doir faoliyati, jonli tabiat burchagidagi, maktab tajriba uchastkasidagi, o‘quvchilar ishlab chiqarish brigadasidagi, kolxozlar, sovxozlardagi, zavod teplitsasi va gulxonlari bazasidagi ishlar bilan bog‘liq amaliy faoliyatini o‘quvchilarning qishloq xo‘jalik tajribachiligi, deb atash qabul qilingan. Maktab direktori pedagogika soveti va maktabdagi o‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali ilmiy-texnik, tajribachilik, izlanish ishlarini rivojlantirishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Texnik mehnat o‘qituvchisi ota-onalar va o‘quvchilar aktivi bilan hamkorlikda maktabda texnika to‘garaklarini, maktab ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tashkilotini, maktab ilmiy jamiyatining va o‘quvchilar mehnat birlashmalarining texnika seksiyalarini tashkil qiladi. Boshlang‘ich harbiy ta’lim rahbarlari bilan birgalikda sport-texnika to‘garaklari va «Vatanparvar» kengashining ishlarini yo‘nalishiga soladi. U sinf rahbarlari yordamida fan, texnika va ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlariga ko‘proq qiziqadigan o‘quvchilarni aniqlaydi hamda ularga rayonda, shaharda joylashgan maktabdan tashqari muassasalardagi o‘ziga mos to‘garakni topishgda yordamlashadi. Texnik mehnat o‘qituvchisi o‘quvchilarni maktab fan, texnika va ishlab chiqarish haftaligini, mamlakatimiz fani va texnikasi tarixidagi atoqli kunlarga bag‘ishlangan maktab kechalarini tayyorlash va o‘tkazishga jalb qiladi. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. Bu bolalar va o‘smirlarning fuqarolik, demokratiya borasidagi tushunchalarini kengaytiradi. O‘z-o‘zini idora qilish - tashabbuskorlik va mustaqillik maktabidir. O‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruvi o‘quvchilar tomonidan fan va mashg‘ulotlarning to‘liq o‘zlashtirilishiga, biror kasb o‘rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, Vatan himoyachisi bo‘lishiga maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlard, Davlat, jamoat mulkini ko‘z qorachig‘iday asrashga, tabiatni muhofaza etishga ko‘maklashadi. O‘z-o‘zini boshqarish o‘quvchilarni mustaqil hayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni saqlash mamuriyatiga qo‘shimcha ta’lim olish uchun o‘quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko‘maklashadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruvi azolari maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok etadilar. Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g‘oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilarjamoaisni tuzadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zning faoliyatida demokraktik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uuchn qulay sharoitlar yaratadi. Bu to‘g‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z zimmasiga masuliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsi masuliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o‘zaro munosabatlarning qatiylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi. Maktabda o‘quvchilarning mustaqil faoliyati, barcha pedagogik jamoa bu ishga ma’naviy tayyor bo‘lsagina o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro chuqur hurmat, xayrixohlik, ishonch bo‘lgan sharoitdagina tashkil etilishi mumkin. Hech qanday soxtalik va suniylik bo‘lmasligi kerak. Barcha o‘z-o‘zini idora qilish tashkilotlari o‘z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot berib turishi, so‘z va ish birligi saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy rag‘batlantirilishi etiborda bo‘lishi kerak. Bunda, albatta, bolalarning Respublika bolalar va o‘smirlar uyushmalar bilan hamkorligi katta ahamiyatga egadir. To‘garak ishini tashkillashtirish va tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalarga etibor qaratish lozim bo‘ladi: - tarbiyaviy jarayonni tashkil etishning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirlar majmuasi va maqsadli dasturlar tuzish; - tarbiyaviy ishni zamon talablari asosida tashkil etadigan pedagogik hodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish; - tarbiyaviy vazifalarni hal qilish uchun respublikaning barcha ilmiy kuchlari: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, oliy o‘quv yurtlari, fan, tarmoq, davlat va nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari hamda ilmiy-pedagogik bo‘limlar faoliyatini birlashtirish kerak. 2-§. O‘quvchilarni mehnatga tayyorlash ishlarini takomillashtirishda to‘garak mashg‘ulotlarining o‘rni va ahamiyati O’quvchilarni bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilashda sinfdan tashqari ishlarning turlaridan biri bo’lgan to’garak mashg’ulotlari o’quvchilar hayotida muhim ahamiyatga ega. To’garak mashg’ulotlarida ularning ijodkorlik qobliyatlari yanada rivojlanadi. Ushbu maqolada sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo’lgan to’garak mashg’ulotlarini tashkil qilish va mashg’ulotlarda o’quvchilarni ijodkorlik qobliyatlarini rivojlantirish masalasi qaraladi. Maktablarning ish tajribasida turli-tuman to‘garaklar uchraydi. O’quv fanlari bilan bog‘liqliq nuqtai nazaridan to‘garaklarni uch guruhga fanga doir, fanlararo va fandan tashqari to‘garaklarga ajratish mumkin. Fanga doir to‘garaklar deb, bevosita mehnat tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘garaklarga aytiladi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu to‘garaklar texnologiya fani darsida o’quvchilar bajargan ishning go’yo davomi, ammo bunda o’quvchilarning faoliyati yanada murakkabroq, kengroq bo‘ladi. Fanga doir to‘garaklar aslo o’quvchilar avval bajargan ishni shunchaki takrorlarmasligi kerak. Fanlararo to‘garaklar ichida eng keng tarqalgani fizik-texnik, texnik ijodkorlik to‘garaklar hisoblanadi. Bu to‘garaklarda o’quvchilar faoliyatining mazmuni to‘garakning o‘z nomidan kelib chiqadi. Texnik-ijodkorlik to‘garaklarda o’quvchilarning mehnat obyektlari, odatda, turli modellar bo‘ladi. Bunda o’quvchilar texnologiya fanida o‘rganiladigan muayyan qonuniyatlarni misollar bilan oydinlashtirishga muvaffaq bo‘ladilar, bu esa fan asoslarini o‘zlashtirishda yordam beradi. Ikkinchi tomondan esa o’quvchilar model konstruksiyasini loyihalaydi va yaratadi. Fizik-texnik to‘garaklarga bir vaqtning o‘zida fizika va texnologiya fani o‘qituvchilari rahbarlik qiladilar. Fanlardan tashqari to‘garaklar hozirgi vaqtda sinfdan tashqari ishda kengroq tarqalgan. O’quvchilar faoliyatining mazmuniga ko‘ra bu to‘garaklar turli-tuman bo‘lishi mumkin. Mazkur holda gap shunday predmetdan tashqari to‘garaklar haqidagina boradiki, ularning ishlari uchun maktab ustaxonalaridan moddiy baza sifatida foydalaniladi, yoki o’quvchilar faoliyati texnologiya fani darslarida olingan bilim va malakalarga tayanadi. Fandan tashqari to‘garaklarga rahbarlik qilishga ko‘pincha baza korxona xodimlari, ota-onalar taklif etiladi. O’qituvchi esa ularga metodik yordam ko‘rsatadi. To‘garaklar ishining mazmuni dasturlarda belgilab beriladi. Bu dasturlarni xalq ta’limi qoshidagi metodik kabinetlar, shuningdek, yosh texniklar ishlab chiqadi. Dasturlar bir va ikki o‘quv yiliga mo‘ljallangan bo‘ladi. To‘garak mashg’ulotlari, odatda, har haftada bir marta ikki soatdan o‘tkaziladi. Biroq o’quvchilar orasida bu bilan qanoatlanmaydigan jonbozlar ham uchraydi. Ular bilan ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazish mumkin, lekin buning uchun sinf rahbari bilan kelishish kerak, chunki u har bir o’quvchining boshqa fanlarni qanday o‘zlashtirishini yaxshi biladi. Bir to‘garakda 15 nafardan ortiq o’quvchi bo‘lmasligi lozim, aks holda ularning xar biriga individual tarzda rahbarlik qilish qiyinlashadi. Ilg‘or maktablarning ish tajribasi ko‘rsatishicha, maktab ustaxonalariga asoslangan to‘garak mashgulotining strukturasi kombinasiyalangan (aralash) dars strukturasiga yaqin turadi. Bunga sabab shuki, har qanday to‘garak mashg‘ulotida, odatda, qator didaktik masalalar hal etiladi. Muayyan mehnat obyektini tayyorlashni o’quvchilar to‘garak mashg‘ulotidan ko‘zlangan asosiy maqsad deb bilishadi. To‘garak mashg‘ulotlariga qandaydir maxsus metodlar xos emas. Ularda Texnologiya fanining oddiy metodlari qo‘llaniladi. Biroq bu metodlardan foydalanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, kuzatuvlarning ko‘rsatishicha, og‘zaki metodlardan ko‘pincha tushuntirish metodi qo‘llaniladi, hikoya metodi esa eng kam qo‘llaniladi. Birinchi qarashda bu g‘alatiroq, tuyulishi mumkin, ma’lumki, suhbat jarayonida boshqa og‘zaki metodlarga qaraganda o’quvchilarning bilish faolligi ortadi. Biroq to‘garak mashg‘ulotlarida ta’lim metodlaridan foydalanishning o‘ziga xosligi ham ana shunda. Ma’lum bo‘lishicha, o’quvchilar ayniqsa dastlabki mashg‘ulotlarda suhbatlar bo‘lishini yoqtirishmas ekan, chunki suhbatlar ularga odatdagi darslardagi savol-javobni eslatar ekan. Namoyish qilish metodlariga shu narsa xam xoski, V—VI-sinf o’quvchilariga ko‘pincha ko‘rsatma qo‘llanmalar namoyish qilinadi, VIII—IX sinf o’quvchilariga esa grafik tasvirlar namoyish qilinadi. Ishga bunday yondashishda o’quvchilarning grafik jihatdan tayyorgarligi hisobga olinadi. Instruktaj (yo’riqnoma) to‘garak mashg‘ulotlarida o‘qitish metodlari ichida muhim o‘rinni egallaydi. Bunda kirish, joriy va yakunlovchi instruktajlar: frontal, zveno, va individual instruktajlar; og‘zaki, yozma, grafik instruktajlar qo‘llanilishi mumkin. Boshqacha aytganda, to‘garak mashg‘ulotlarida texnologiya fani uchun xos bo‘lgan instruktajning barcha turlari uchraydi. To‘garak mashg‘ulotlarida o’quvchilar ishini tashkil qilishning har xil shakllari (frontal, zveno, individual, mehnat taqsimoti bilan) qo‘llaniladi. O’quvchilar ishini tashkil qilishning qanday shakli tanlanishi to‘garak mashg‘ulotlarida alohida diqqatni jalb qiladigan mehnat obyektlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bunga sabab shuki, sinfdan tashqari ish jarayonida bir vaqtning o‘zida quyidagi ikki holni hisobga olishga to‘g‘ri keladi: 1) jamoa mehnati eng katta tarbiyalovchi imkoniyatlarga ega. 2) o’quvchilar o‘z qiziqishlarini qanoatlantiradigan va o‘z mustaqilligini eng to‘liq ko‘rsatishga imkon beradigan individual topshiriqlar bajarishga intilishadi. To’garak mashg’ulotlaridagi o‘quvchilarni yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatlari ham xuddi boshqa pedagogik faoliyatlar singari falsafaning dialektik va tarixiy materializm qonunlariga asoslangan o‘zining maxsus yo‘nalishlariga ega va bu yo‘lishga xususan quyidagilar kiradi: -ijodkorlikda izlanish, intilish, tekshirish uslublari ilg‘or pedagoglar tajribasini o‘rganish va umumlashtirish masalalari tahlili; -ijodkorlik masalalarini echishning pedagogik asoslarini qiyosiy tahlil qilish; -o‘quvchilarning yaratuvchan ijodkorlik qobilyatini rivojlantirishning obyektiv tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash; - aytilganlar asosida istiqbolli rejani belgilab olish va uni amalga oshirish. Bu muhim masalalar to’garak mashg’ulotlarida o‘quvchilarni yaratuvchan ijodkorlik faoliyatga tayyorlash jarayonini ilmiy tashkil etish asosida hal etiladi va o‘ziga xos ikki jihatga ega: Birinchi jihati – yaratuvchan tavsifga ega bo‘lgan nazariy va amaliy muammoli masalalarni to’garak rahbari tomonidan yoritilishi va o’quvchilar tomonidan uzlashtirilishini nazarda tutadi. Ikkinchi jihati-o‘quvchilarning rahbar tomonidan berilgan ishni hal qilishga oid bilimlardan unumli foydalanadigan ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishdir. Ammo bu aloqalarni amalga oshirish esa ularni ilmiy asosda, didaktik jihatdan puxta o‘ylab yondoshishni taqozo etadi. Bu yondoshishga: vazifani nazariy o‘rganish, kuzatish, maqsadni qo‘ya bilish, faraz qilish, farazdan kelib chiqib reja tuzish, tahlil qilish, umumlashtirish va amalda uni tayyorlash ko‘nikmalari kiradi. Ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish deganda o‘quvchilarning berilgan ijodkorlik masalalarini yechishdagi amaliy vazifalarni bajarish bilan bog‘liq ketma-ketliklardan oqilona foydalanishga o‘rgatishni tushuniladi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olganda bu vazifalarni bajarishning quyidagi ketma-ketligi maqsadga muvofiq bo‘lib, uni bajarish bosqichlariga: 1. Topshiriq (ishning maqsadiga qo‘yilgan talabni oydinlashtiradi); 2. Muammoni qo‘yish; 3.Taklif qilinayotgan g‘oya farazni asoslash. Uni tekshirib ko‘rish bo‘yicha taxminiy tajribalar o‘tkazish; 4.Taklif qilingan variantlarni muhokama qilish va eng muvofig‘ini tanlash,uning prinsipial chizmasini ishlab chiqish; 5. Buyum, asboblarni tayyorlash; 6. Sinab ko‘rish va muhokamadan o‘tkazish; 7. Nuqsonlarni bartaraf qilish va tayyorlash; 8. Undan amalda foydalanishga tatbiq etish; 9. Hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishlar kiradi. Bu jarayon faoliyatida o‘quvchilar o‘z topshirig‘ini ishlab chiqish va bajarishda amaliy yangilik tavsifga ega bo‘lishiga alohida e’tiborni qaratilishi muxim hisoblanadi. Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki o‘quvchilarning to’garak mashg’ulotlari bo’yicha ijodkorligi ham boshqa har qanday fanlar faoliyati singari o‘z predmeti natijalariga ega, ya’ni masalan, o‘quvchi u yoki bu to’garakdagi tayyorlanadigan ijodiy ishiga oid yechimni ijobiy hal qilib, ma’lum uy-ro‘zg‘or yoki o‘quv-laboratoriya jarayonidagi biron buyum, moslamani takomillashtirish natijasiga erishishi mumkin. Bu esa shubhasiz, o‘quvchilarning to’garakdagi ijodkorlik bo’yicha bajarilgan topshiriq natijalarining, ishlab chiqarish jarayoniga o‘xshashligini va uni muvofiq boshqarish tizimi bo‘lishi zarurligini taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining istiqlola erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘lga ega bo‘lishi, xalq xo‘jaligini turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonida qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni mehnatga, kasb-hunarga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Manaviyat va Marifat» jamoachilik markazi faoliyatining yanada takomillashtirish va samaradordigini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy ananalarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida to‘garak ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarni topib joriy etishga bog‘liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy etibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, sanat, adabiyot, tabiyat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorligining ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlangan holda, uni shaxs sifatida shakllanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish. Mehnat tarbiyasining bosh maqsadi - yosh avlodni ma’naviy-ahloqi tarbiyalashda xalqning boy milliy ma’naviy-tarixiy ananalarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. O‘quvchilarni mehnatga tayyorlashning asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, ahloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Download 266 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling