D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti 
D.A.Nabiyeva, H.R.Zokirova
 
O‘ZBEK TILI 
FONETIKASI 
 
O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
A N D I J O N - 2 0 1 6



Taqrizchilar:
Sh.Shahobiddinova – filologiya fanlari doktori, professor. 
U. Rahimov
– filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Mas’ul muharrir: 
Z.Qodirov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil
6-aprel 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5120100
 – 
filologiya va tillarni o‘qitish 
(o‘zbek filologiyasi) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va Hozirgi o‘zbek tili faning 
namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda nazariy fonetika masalalari 
yoritilgan. 
Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurti filologiya fakultetining birinchi bosqich 
talabalariga hamda fonetikaning nazariy masalalarini o‘rganuvchi barcha 
qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. 
Mazkur qo‘llanma ADU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining yig‘ilishida (2015 
yil 12-may, 3-raqamli bayonnoma), ADU Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishida (2015-
yil 26-noyabr, 3-raqamli bayonnoma) muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan. 



SO‘Z BOSHI 
 
Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ilmu fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy 
ishlarimiz va yutuqlarimiz ham dunyodagi eng ilg‘or mezonlar bilan o‘lchanishi lozim”
1
, - 
degan edilar. Bu fikr o‘zbek tilshunosligi uchun ham bevosita dahldordir. 
Respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar yosh avlodning har tomonlama mukammal 
bilimga ega bo‘lishini talab etadi. Shu maqsadda darslik va qo‘llanmalar yangidan 
yaratilmoqda, 
zamon 
talablariga 
hamda 
o‘quvchilarning 
bilim 
darajasiga 
muvofiqlashtirilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning o‘zbek tili hamda xorijiy tillar yuzasidan 
egallagan bilim ko‘nikmalarini mukammallashtirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Avvalo, 
shuni ta’kidlash kerakki, har qanday chet tilini o‘rganish ona tilining fonetik, leksik va 
grammatik xususiyatlarini chuqur o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi. 
Hozirgi o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligi qo‘lga kiritgan eng yangi yutuqlarni 
e’tiborga olmog‘i lozim. Shu sababli qo‘llanmada hozirgi o‘zbek tili fonetikasining 
nazariy masalalari, jumladan, fonologik sath birliklarida umumiylik va xususiylik 
dialektikasining aks etishi, jahon tilshunosligi maktablarida fonema nazariyasi, 
o‘zbek tilshunosligida fonologik qarashlar, o‘zbek tilining unlilar va undoshlar 
sistemasi, ularning farqlovchi va qo‘shimcha belgilari, paradigmatik tavsifi hamda 
sintagmatik munosabatlari kabi masalalar haqida fikr yuritilgan. 
Qo‘llanma amaldagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari talablariga mos tarzda 
tuzilgan bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasining nazariy masalalariga 
bag‘ishlangan. Har bir mavzu chuqur yoritilgan bo‘lib, bu mavzular yuzasidan 
tayanch so‘z va iboralar, topshiriq va savollar berilgan. Nazariy fonetikaning tayanch 
terminlari lug‘ati (glossariy) tuzilgan. Bu esa talabalarning o‘quv-uslubiy qo‘llanma 
bilan ishlashini osonlashtiradi. 
Albatta, ushbu qo‘llanmada ayrim munozarali o‘rinlar ham bo‘lishi mumkin. 
Mualliflar fikr va mulohazalaringizni ushbu manzilda kutib qoladilar: 
Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling