D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
Savollar
1. O‘zbek tili fonologiyasining shakllanishida kimlarning xizmati katta bo‘ldi? 2. A.Abduazizov qanday atamalarni va qanday fonologik tasnifni qo‘llangan? 3. Fonemalar qanday uch belgiga ko‘ra zidlanadi? Tayanch termin va iboralar. Fonema, tovush, bo‘g‘in, urg‘u, ohang, fonologiya, variant, majburif variant, uslubiy variant, dialektal variant, kombinator variant, pozitsion variant, imkoniyat- voqelik, mohiyat-hodisa, ottenka, assotsiativ munosabat, sintagmatik, fraza, takt, bo‘g‘in, taktema, paradigma, sillabema, emik birliklar, etik birliklar, aksentema, intonema, umumiylik va xususiylik. O‘ZBEK TILI VOKALIZMI Reja: 1. Unlilarning fonologik muhim belgilari. 2. Unlilarning paradigmatik tavsifi. 3. Unlilarning fonologik nomuhim belgilari. 4. Unli fonemalar tavsifi (xarakteristikasi). Unlilarning fonologik muhim belgilari. Undosh fonemalarni tasniflashga asos bo‘ladigan belgilar bilan unli fonemalarni tasniflashga asos bo‘ladigan belgilar bir xil emas. Hatto unli fonemalarni tasniflashda ham tadqiqotchilar unlilarning turli xil belgilariga tayanganining guvohi bo‘lamiz. O‘zbek tilshunosligidagi adabiyotlarda unlilarning ko‘proq uch belgisiga asosan tasnifi uchraydi: 1) paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra (old qator - orqa qator); 2) og‘izning ochilish va tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra (keng - o‘rta keng - tor); 3) labning ishtirokiga ko‘ra (lablangan - lablanmagan). Unlilarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra tasnifiga hozirgi kunda ikki xil yondashuvni ko‘ramiz. Birinchi yondashuvga muvofiq, unlilarning paydo bo‘lish o‘rni, to‘g‘rirog‘i, tilning gorizontal harakati e’tirof etiladi. Ikkinchi yondoshuvga muvofiq, unlilarning paydo bo‘lish belgisi rad etiladi va shuning uchun ham bu belgiga ko‘ra unlilarning tasnifi asossiz hisoblanadi. 1 Unlilarning paydo bo‘lish o‘rnini e’tirof etuvchilarning o‘zlari ham ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh tilshunoslar uch o‘rinni (qator) ajratadilar: til oldi (old qator), oraliq (indifferent), til orqa (orqa qator). Ikkinchi guruh tilshunoslar esa ikki o‘rinni - til oldi (old qator) va til orqa (orqa qator) ni e’tirof etadilar. 2 1 Умаров Э.Ўзбек тилида тил олди товушлари борми? //Ўзбек тили ва адабиёти.-№ 4,5,6. 1994. –Б.77-80. 2 Решетов В.В. Узбекский язык. I Фонетика. Ташкент: Учпедгиз, 1959. -С. 357. 18 A.Abduazizov bu ikki guruh tilshunoslarning tasnif asoslariga o‘z munosabatini bildiradi. 1 Biroq A.Abduazizov indifferent unlilarning ajralish asosini boshqacharoq talqin qiladi. Uning fikricha, indifferent unlilarning ajralish- ajralmasligi tadqiqot ob’ektiga bog‘liq. V.V.Reshetov Toshkent shevasi talaffuziga asoslanib, o‘zbek tilidagi i, u, o‘, a unlilarini oraliq unlilar deb ataydi. U o‘zbek tili unlilarining bu fonetik tasnifi rus tili unlilari bilan qiyoslash asosida berilishini ta’kidlaydi. 2 Bizning nazarimizda, V.V.Reshetov oraliq (indifferent) unlilar haqida fikr yuritganda, o‘zbek tili fonologik sistemasiga diaxron nuqtai nazardan yondashgan. U o‘zbek tilining hozirgi Toshkent dialektida qadimgi qator bo‘yicha zidlanuvchi unlilarning zidlanish belgisi yo‘qolganligi, oraliq unlilarning hosil bo‘lganligi borasida bahs yuritgan. Shuning uchun ham bu unlilarni ikki qatordagi unlilarning birlashuvidan – konvergensiyasidan hosil bo‘lgan degan fikr bilan konvergentlar nomi ostida birlashtirgan. 3 Xuddi shu fikr prof. F.Abdullaevda ham uchraydi. 4 Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillarning vokalizmiga bag‘ishlangan barcha tadqiqotlarda qator belgisi va lab ishtiroki belgisi unlilarni tasnif qilish uchun farqlovchi belgi sifatida qarab kelinadi. Faqat E.Umarovgina bunday tasnif asosiga e’tiroz bildiradi. Prof. E.Umarov o‘z maqolasida yozadi: “Asrimizning boshida, turkiy yodgorlik-larni nashr qilmoqchi bo‘lgan olimlar oldida unli tovushlarni qanday aks ettirish kerak, degan muammo paydo bo‘ladi. V.V.Radlov boshchiligidagi bir guruh olimlar turkiy tillarga qattiqlik- yumshoqlik xos, shuning uchun bu tillardagi unlilarni til oldi, til orqa tovushlariga ajratib ko‘rsatish kerak, degan fikrni yoqlab chiqdilar va o‘z ishlarida ana shu qoidaga amal qildilar... Xo‘sh, bu taklif turkiy, jumladan, o‘zbek tiliga mos keladimi? degan savol tug‘iladi. Bizningcha, bunga hech ikkilanmasdan “yo‘q” deb javob berish kerak”. 5 Prof. E.Umarov o‘zbeklar yuqoridagi unlilarni haqiqatan tilning oldida yoki orqasida talaffuz qiladilarmi, ya’ni o‘zbeklar tilning oldi yoki orqasi bilan gapiradilarmi degan savol qo‘yib, o‘zlari unga hech ikkilanmay “yo‘q” deb javob berish kerakligini bayon qiladi. Muallif ikkinchi maqolasida unlilarni og‘izning ochilish darajasiga va labning ishtirokiga ko‘ra tasnif qilish o‘rinli ekanligini ko‘rsatadi. 6 Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillar uchun palatal va labial singarmonizmning xosligi, palatal garmoniyada unlilar qatorga ko‘ra ohanglashuvi hech kimda e’tiroz tug‘dirmaydi. O‘zbek adabiy tilining hozirgi davri uchun garchi singarmonizm amal qilmasa-da, lekin o‘zbek shevalarida saqlanib kelayotganligi deyarli barcha shevashunos olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Shu bilan birga, qatorga ko‘ra zidlanishni o‘zida saqlab kelayotgan o‘zbek shevalarida bir o‘rinda qator bo‘yicha korrelyatlarning o‘zaro almashinib ma’no farqlashi mavjudligi qatorni unlilar uchun 1 Абдуазизов А.А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. –Б.36. 2 Абдуазизов А.А. Ўша асар, ўша бет. 3 Решетов В.В. Ўша асар. -С. 116. 4 Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Ташкент: Фан, 1967 . -С. 41. 5 Умаров Э. Ўзбек тилида тил олди товушлари борми?//Ўзбек тили ва адабиёти, - № 4,5,6,1994 -Б.77-78 6 Умаров Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилида унлиларни таснифлаш масаласига доир. //Ўзбек тили ва адабиёти. -№2, 1995. – Б.52-53. 19 farqlovchi belgi sifatida ajratishga imkon beradi. Masalan, Andijon shevasida o‘t (organizm) - Öt (maysa, olov), o‘r (o‘tni o‘rmoq)- Ör (sochni o‘rmoq), Öz (olmosh)- Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling