D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Cho‘ziq - qisqalik belgisi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

Cho‘ziq - qisqalik belgisi 
Turkiy tillarda unlilar miqdoriy belgisiga ko‘ra ham oppozitsiyaga kirishadi. 
Bu belgiga ko‘ra unlilar cho‘ziq unlilar va qisqa unlilarga bo‘linadi. Ayrim 
adabiyotlarda miqdoriy belgisiga ko‘ra uch darajadagi cho‘ziqlik mavjudligi va 
shunga ko‘ra unlilar ham uch guruhga bo‘linishi ko‘rsatiladi: cho‘ziq unlilar, qisqa 
(me’yordagi) unlilar va o‘ta qisqa unlilar.
4
Qisqa unlilar odatdagi (me’yordagi) monoftonglar kabi voqelanadi. Cho‘ziq 
unlilar esa monoftong holida ham, diftong holida ham yuzaga chiqishi mumkin. 
A.M.Shcherbakning ta’kidlashicha, unlilarning cho‘ziqlik va qisqalik belgisiga 
ko‘ra zidlanishi oltoy, gagauz, qirg‘iz, tofalar, tuva, turkman, xakas va yoqut tillari 
fonologik sistemasida muhim rol o‘ynaydi. Unlilarning cho‘ziqlik belgisi ko‘pchilik 
adabiyotlarda birlamchi cho‘ziqlik va ikkilamchi cho‘ziqlikka bo‘linadi. Birlamchi 
cho‘ziqlik turkiy tillarning bobotil davridan beri mavjud bo‘lsa, ikkilamchi cho‘ziqlik 
har qaysi turkiy tilda turli fonetik o‘zgarishlar ta’sirida o‘ziga xos yo‘l bilan 
keyinchalik paydo bo‘lgan. 
Xususan, unlidan keyin kelgan undoshning tushishi hisobiga unlining 
cho‘zilishi turkiy tillarda keng tarqalgan hodisa sanaladi. Masalan, oltoy tilida tu: 
«tog‘», su: «suv», mu:s «muguz»; gagauz tilida cha:r «chaqir», si:r «sigir», bu:n 
«bugun», do:ru «to‘g‘ri»; tuva tilida o:l «o‘g‘il» va boshqalar. 
O‘zbek adabiy tili uchun cho‘ziqlik belgisi farqlovchi belgi hisoblanmaydi. 
Lekin bir qator o‘zbek shevalarida, xususan, o‘g‘iz shevalarida birlamchi cho‘ziqlik 
uchraydiki, bunday holda u fonologik qimmatga ega bo‘ladi. Cho‘ziq unli bilan qisqa 
unli bir fonetik sharoitda o‘zaro almashinib, ma’no farqlash vazifasini bajaradi. 
Masalan, i:-i zidlanishi: i:ch (ot)-ich (ichmoq), di:z (tizza) – d:z (tizzalamoq), 
ki:r (yuvilgan yoki yuviladigan mato)- k:r (toza emas), i:n (uya)-in (tushish); 
ы:-ы zidlanishi: qы:r (tepalik) - qыr (yo‘qotmoq), qы:z (qiz) - qыz 
(qizishmoq), sы:x (six) - sыx (qismoq); 
1
Отамирзаева С. Звуковой состав наманганского говора узбекского языка. Автореф.дисс...канд.филол.наук. 1963. -С.4
2
Джуманазаров Ю. Морфологические особенности хорезмского говора. Автореф.дисс...канд.филол.наук. -Ташкент, 1963.
3
Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Ташкент: Фан, 1967 . -С. 56.
4
Шакиров Р.Ф. Ўша асар. -С.47.


27 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling