D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unlilarning paradigmatik tavsifi
i
u e o‘ a - «Bo‘sh katak»ning to‘ldirilishi, ya’ni o fonemasining paydo bo‘lishi yuqoridagi divergensiya hodisasi natijasida bo‘lib, o‘zbek tili vokalizm sistemasini simmetrik holatga olib keldi. Endilikda bu sistemani Ye.D.Polivanov tasnifiga asoslangan N.S.Trubetskoy fikricha, ikki sinfli (oldi va orqa qator), uch pog‘onali (quyi, o‘rta, yuqori), to‘rtburchakli, mantiqiy jihatdan ekvipolent (ya’ni ikki xil belgi birlashgan: lablangan-lablanmagan asosiy farqlanish belgisi va til orqa-til oldi ularga yordamchi, farqlamovchi) jahon tillarida juda kam uchrovchi vokalizm sistemasi deb qaraladi». 2 Yuqoridagi fikrlar «o» unlisining kelib chiqishi, lablanish darajasi, unlilar sistemasidagi o‘rni haqida izoh talab qilmaydigan darajada dalillarga asoslangan holda bayon qilingan. Demak, o‘zbek tilidagi unlilarning ikkinchi eng muhim farqlovchi belgisi lablanish-lablanmaslik belgisidir. Unlilarning paradigmatik tavsifi Unlilarning nutq jarayonida qanday voqelanishidan qat’iy nazar, sistemada o‘zaro zidlanish asosida farqlovchi belgilar majmuasi sifatida tavsiflanishi ularning paradigmatik tavsifi sanaladi. Har qanday paradigmatik tavsif sintagmatika materiallariga asoslanadi. Sintagmatikadagi unlilarning barcha belgilaridan farqlovchi belgilarning ajratib olinishi fonemalarni farqlovchi eng kichik birlik sifatida belgilashga imkon beradi. Invariantlar tavsifi quyidagicha bo‘ladi: 1) keng, lablanmagan unli; 2) keng, lablangan unli; 3) o‘rta keng, lablanmagan unli; 4) o‘rta keng, lablangan unli; 5) tor, lablanmagan unli; 6) tor, lablangan unli. O‘zbek adabiy tilida farqlanish belgisiga ko‘ra unlilar quyidagicha tavsiflanadi: 1 Абдуазизов А.А.Ўша асар. –23-б. 2 Трубецкой Н.С. Основы фонологии. -М.: Иностр.литература, 1960. 24 Og‘izning ochilishiga ko‘ra va lab ishtirokiga ko‘ra. Lablanmagan Lablangan Keng A O O‘rta keng E O‘ Tor I U Yuqoridagi unlilar sintagmatik planda bevosita nutq jarayonida turli xil qo‘shimcha belgilarga ega bo‘lib, invariantning xilma-xil variantlarini hosil qiladi. Sistema-tekst oppozitsiyasiga muvofiq muayyan qurshovda kelgan real talaffuz qilinuvchi har qanday artikulyatsion-akustik birlik variant sanaladi. Variantlar betakrorlik xususiyatiga ega bo‘lsa ham, ammo ularni ham ma’lum belgilariga ko‘ra muayyan guruhlarga birlashtirish mumkin. Masalan, makon belgisiga ko‘ra – fakultativ variant, qo‘llanilish darajasiga ko‘ra – uslubiy variant, qurshovga ko‘ra – majburiy variant va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalarining differensial belgilari va ularning sintagmatik qurshovda qo‘shimcha belgilar bilan variantlanishini quyidagi chizmada ifodalash mumkin. Bu chizmada ichki doiradagi belgilar unli fonemalarning asosiy, markaziy, relevant belgilari bo‘lsa, tashqi doiradagi belgilar ikkinchi darajali, qo‘shimcha, chegara, irrelevant belgilardir. Invariantlar A va V, S va D chiziqlaridagi belgilar munosabatidan tashkil topgan butunliklar bo‘lsa, variantlar bu belgilardan tashqari tashqi doiradagi belgilarni ham o‘zida namoyon qiladi. Bulardan A-V chizig‘i fonemalarning lab belgisiga ko‘ra zidlanishini o‘zida namoyon qiladi. Bu jihatdan hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar o‘zaro privativ zidlanadi. Ularning bir guruhi lablanish belgisiga ega, markerlangan, shuning uchun bu belgiga ko‘ra kuchli a’zolar sanaladi. Shu bois a’zolar + ishorasi bilan ifodalandi. Ikkinchi guruh esa zidlanishning kuchsiz a’zolari sanalib, bunday belgiga ega emas. Markirlanmagan. Shu bois ular – ishorasi bilan ifodalandi. S-D chizig‘i og‘izning ochilishi darajasi belgisiga ko‘ra unlilar zidlanishini ko‘rsatadi. Bunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar o‘zaro gradual zidlangan. Ularning hammasi bu belgiga ega, lekin turli darajada. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling