D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
o‘z (bosib o‘tmoq), yn (ovoz)- un (g‘allaning tortilgani).
Lekin hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalari uchun, darhaqiqat, qator belgisi fonologik qimmatini yo‘qotgan. Shuning uchun hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalari uchun bu belgi tasnif asosi bo‘la olmaydi. Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalarining ikki belgi asosida tasniflanishi maqsadga muvofiq: 1) og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra: keng, o‘rta keng (o‘rta tor), tor; 2) labning ishtirokiga ko‘ra: lablangan, lablanmagan. Lekin o‘zbek shevalarida uchinchi belgi - qator belgisi ham farqlovchi belgi sanaladi. Asosiy belgilar. Kenglik-torlik belgisi Turkiy tillarda unlilarning eng muhim farqlovchi belgilaridan biri kenglik- torlik, ya’ni og‘izning ochilish darajasiga xos belgidir. 1 Bu belgisiga ko‘ra unlilar bir qator turkiy tillarda, xususan, yoqut, oltoy, karagas, tuva, qirg‘iz, bolqor tillarida ikki bosqichli oppozitsiyani tashkil qiladi: a,(ã), o, õ - keng (kompakt), i, ĩ, ü, u - tor (diffuz). Unli fonemalarning soni ularning miqdoriy belgisiga ko‘ra zidla-nishini hisobga olmaganda, yuqoridagi tillarda sakkizta sanaladi. O‘zbek tili fonetikasiga oid tadqiqotlarda uch bosqichli zidlanish mavjudligi ko‘rsatiladi: keng a o yarim keng e o‘ tor i u Unlilarning keng, yarim keng, tor deb bo‘linishlariga sabab shuki, ularni talaffuz qilish paytida quyi jag‘ning pastga tushuvi yoki tilning qattiq tanglaydan uzoqligi har xil darajada bo‘ladi. Masalan, i unlisini talaffuz qilish vaqtida til maksimum darajada ko‘tariladi, pastki jag‘ ham shunday pozitsiyani egallaydi. Natijada til bilan qattiq tanglayning orasi minium darajada yaqinlashadi va og‘iz bo‘shlig‘idagi havo yo‘li ham minium darajada qisqarib, torayadi. Ana shuning uchun ham i, u fonemalari tor unlilar deyiladi. Bu yerda u bilan i ni bir qatorga qo‘yishning sababi shundaki, ularning talaffuzi vaqtida qattiq tanglay bilan tilning oralig‘i deyarlibir xil bo‘ladi. Lekin u ning talaffuzida lab faol ishtirok etganligi uchun unda lablanish hodisasi yuz beradi. a unlisini talaffuz qilish vaqtida og‘iz bo‘shlig‘ining holati esa tor unli i tovushini talaffuz qilishdagi holatdan keskin farq qiladi, ya’ni a tovushini talaffuz qilishda pastki jag‘ning quyiga tushishi ham, tilning qattiq tanglaydan uzoqlashishi ham maksimum darajada bo‘ladi. Shunga ko‘ra til bilan tanglay o‘rtasidagi havo yo‘li ham maksimum darajada keng bo‘ladi. 1 Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука, 1970. -С.27. 20 Ana shuning uchun ham a, o unlilari keng unlilar deb ataladi. e bilan o‘ tovushini talaffuz qilgan vaqtda esa til bilan qattiq tanglayning oralig‘idagi masofa i va o‘ tovushini yoki a bilan o ni talaffuz qilgandagi holatga nisbatan o‘rtacha holatda bo‘ladi. Unli fonemalarning uch bosqichli zidlanishi deyarli barcha o‘zbek tilshunoslari tomonidan e’tirof etilsa-da, lekin bu uch bosqichli zidlanishni tashkil etayotgan unli fonemalarning miqdori masalasida tilshunoslar o‘rtasida bir xillik yo‘q. Ko‘pchilik tilshunoslar Ye.D.Polivanov tomonidan ko‘rsatilgan oltita fonema borligini tan oladilar. 1 Faqat professor M.Mirtojiev o‘zbek adabiy tilidagi unlilarning oltitadan ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. 2 Shuningdek, fonema nazariyasi yaratilgandan buyon birinchi planda sanalib kelinayotgan fonemaning funksional tomoni rad etiladi. Xususan, muallif yozadi: “Inson tovushining ikki asosi bor: 1) akustik asos 2) biologik asos. Ba’zi adabiyotlarda yana lingvistik asos haqida ham gap boradi. Bunda esa tovushning nutqdagi vazifa tomoni nazarda tutiladi. Biroq tovush nutqda vazifa bajarmaydi, balki nutq mazmunining eng kichik bo‘lagi bo‘lgan fonemaning shakli hisoblanadi”. 3 Odatda, LFM (Leningrad fonologik maktabi) vakillaridan boshqa barcha tilshunoslar fonemaga so‘z va morfemalar tarkibida kelib, ularning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan va o‘zi ma’noga ega bo‘lmagan bir yoqlama birlik sifatida qaraydilar, bu bilan fonemani ikki yoqlama birliklar – morfema va leksemalarga qarama-qarshi qo‘yadilar. M.Mirtojiev o‘zbek adabiy tilidagi unlilarni og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra an’ana bo‘yicha uch darajaga bo‘lgani holda, ularning miqdorini quyidagicha ko‘rsatadi: Tilning yuqori ko‘tarilishidagi unlilar: Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling