D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Qo‘shimcha belgilar. Qator belgisi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

Qo‘shimcha belgilar. Qator belgisi 
Turkiy tillarda unlilarning qator belgisi ham muhim farqlovchi belgilardan 
sanaladi. Bu belgiga ko‘ra unlilar ikki zidlanuvchi qatorga – old qator va orqa qator 
(quyi tonallik - yuqori tonallik) unlilariga bo‘linadi. Ko‘pgina turkiy tillarda orqa 
nazallik 
ch
o‘
zi
q
li
k
qator 
1.lab ishtiroki 
2.tilning ko‘tarilishi 


25 
qatordagi har bir fonemaga old qator fonemasi muvofiq keladi: а, о, у, i orqa qator 
unlilari ä, ö, ÿ, ï old qator unlilari bilan zidlanadi va bu zidlik fonologik qimmatga 
ega bo‘ladi. 
Turkiy tillarning ko‘pchiligiga xos bo‘lgan unlilarning yuqoridagi kabi qatorga 
ko‘ra zidlanishi hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xos emas. Bu esa o‘zbek tilining 
turkiy tillar sistemasida o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
O‘zbek tilidagi bu o‘ziga xos xususiyat singarmonizm qonuniyatlarining 
buzilishi, old qator unlilari bilan orqa qator unlilarining qator belgisiga ko‘ra 
zidlanishi mo‘’tadillashib, sakkizta unlining to‘rtta unliga kelib qolishi bilan 
bog‘liqdir. O‘zbek tilidagi bu jarayonning qanday sabablarga ko‘ra ro‘y bergani 
haqida 
Ye.D.Polivanov, 
A.K.Borovkov, 
A.M.Shcherbak, 
V.V.Reshetov, 
N.A.Baskakov, F.A.Abdullaev, Sh.Sh.Shoabdurahmonovlar tomonidan turlicha 
fikrlar aytilgan. Bu fikrlarga A.M.Shcherbak, F.A.Abdullaev, A.A.Abduazizov 
tomonidan munosib baho ham berilgan. Shuning uchun ham biz bu yerda ularni 
batafsil sharhlab o‘tirishni ortiqcha deb bilamiz. Lekin shuni ta’kidlash joizki, 
unlilarning qator belgisiga ko‘ra zidlanishining neytralizatsiyasi hozirgi o‘zbek 
tilining faqat Toshkent dialekti uchun xosdir. Toshkent dialektidagi ana shu ikki 
belgiga ko‘ra unlilarning zidlanishi adabiy tilga asos qilib olingan. Boshqa barcha 
shevalarda uch belgili zidlanish uchraydi, ya’ni qator belgisi ham zidlanish uchun 
asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, Andijon, Marg‘ilon, qo‘qon, Namangan, O‘sh 
shevalarida o‘r – ör, o‘n - ön, o‘t - öt, bo‘z - böz, o‘z - öz, un - ϋn kabi farqlanishlar 
fonologik qimmatga ega. Bir fonetik sharoitda orqa qator va old qator unlilari biri 
o‘rnida ikkinchisi kelib, ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham 
turkiy tillar unlilar sistemasi uchun qator belgisini differensial belgi sifatida olgan 
V.V.Radlov, V.Tomsenlarni, E.Umarov fikricha, qoralamaslik, aksincha, ularning 
yo‘lini ma’qullamoq lozim. 
O‘zbek adabiy tilidagi olti fonemalik sistemada fonemalar qatorga ko‘ra 
zidlanmasligi haqidagi E.Umarov fikrini ma’qullaymiz. Darha-qiqat, hozirgi o‘zbek 
adabiy tilida qator belgisi fonologik qimmatga ega emas, faqat variantlarning sifat 
belgisi bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling