D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
H – sirg‘aluvchi, jarangsiz, bo‘g‘iz tovush. Havas, hayot, hazil, hayvon, mahkam, muhokama
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
H – sirg‘aluvchi, jarangsiz, bo‘g‘iz tovush. Havas, hayot, hazil, hayvon,
mahkam, muhokama. Til oldi undoshlari Til oldi undoshlari ovozning ishtirokiga ko‘ra ikkiga – shovqinli [t, s, d, ch, sh, j] va sonorlar [r, l, n] ga bo‘linadi. Til oldi shovqinli undoshlar jarangli-jarangsizlik belgisiga ko‘ra quyidagi juftliklarga hosil qiladi: [t-d], [z-s], [ch-j]. [T] undoshi. Bu tovush til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh bo‘lib, so‘zning barcha bo‘g‘inlarida uchraydi: tentak, ketti, ot, bet, ket, ta’lim-tarbiya, katta, paxta, terim, to‘yona. Ko‘pgina shevalarda [t] jaranglashib [d] ga o‘tadi. Turli shevalarda bu hodisa turlicha qabul qilingan: ayrim dialektlarda sporadik ravishda qabul qilingan bo‘lsa (m-n: djlovchi shevalarda), boshqalari uchun normal holat hisoblanadi (masalan: 38 xorazm shevasi). Misollar: j-lovchi shevalarda: deyirmen| diyirmen~dыyыrmen dog‘ishup < to‘qishib dudun < tutun donguz < to‘ng‘iz. Xorazm shevalarida: dag‘< tog demir < temir depki < tepki derek < terak delledim < terladim. Ko‘p shevalarda [t>ch] almashinuvi kuzatiladi: tish>chish tush>chush. [T] assimilyatsiyaga uchrab, quyidagicha o‘zgaradi: t > s: aytsa > eysse ketsa > kesse eshitsa > eshisse t t atlas > elles Dissimilyativ o‘zgarishlar ham uchraydi: ittifoq > intipoq. Ba’zan so‘z oxirida [t] tushiriladi: go‘sht > gosh musht > mush do‘st > dos Ayrim hollarda so‘z o‘rtasida ham [t] tushishi mumkin: vaqtli > vexl’ dasturxon > dasexen (jiz. shevasida). [D] fonemasi jarangsiz [t] ning jarangli ekvivalenti hisoblanadi. U so‘zning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi. So‘z oxirida aksariyat [t] holida talaffuz qilinadi: dot>det mard>mert avlod>evlat J-lovchi shevalarda bir xil sharoitda ham [t] ham [d] ishlatilishi mumkin: O‘ldir > eltir, lekin qoldir > qaldo‘r Ayrim so‘zlarni talaffuz qilganda, tarkibidagi etimologik [d] tovushi tushib qoladi: baland > belent > belen xursand > xursent > xursen J-lovchi shevalarda taraddud so‘zi teredi shaklida talaffuz etiladi. Bunda o‘rtadagi va oxiridagi [d] tovushi tushiriladi. J-lovchi shevalarda va ayrim ylovchi shevalarda [d] ning quyidagicha o‘zgarishlarini kuzatish mumkin: d > l: aldamoq > ellemoq 39 hidlab > hillep d > n: kelganda > kegenne indamaydi > innemeydi undan keyin > inney key’n d > sh: podsho > p shshe d y: sudradi > suyrede aldirildi > so‘yro‘ldo‘ [S] fonemasi shevalarda turli variantlarga ega. Deyarli barcha shevalarda [s>ch] o‘zgarishlari mavjud: soch > choch sochiq > chechiq sichqon > chichqen sochmoq > chechmeq Supurgi, suvamoq kabi so‘zlarda anlaut pozitsiyadagi [s] tovushi [sh] bilan almashadi: supurgi > shipirgi, djlovchi sh’pqrg‘q suvamoq > shuvemoq Dj-lovchi shevalarda [s>dj] almashinuvi mavjud: sovchi > djovchы Toshkent shevasida anlautdagi [s] ning [t] ga o‘tishi kuzatiladi: sirpanchiq > t’rpanch’q Bus-butun so‘zining bus elementidagi [s] ham shevalarda [t] kabi talaffuz etiladi: but-butun [Z] fonemasi [s] ning jarangli juftidir. J-lovchi shevalarda y-lovchi shevalarga nisbatan kam qo‘llaniladi. So‘z oxirida jarangsizlashib [s] kabi talaffuz etiladi. Masalan: zog‘ora > z g‘ re ziynat > ziynet so‘z > soz // sos ko‘z > koz // kos bordingiz > berdiz ozgina > ezgine qizilcha > qo‘qlche kunduz > kunduz // kundus Shevalarda [z>y] o‘zgarishlarini uchratishimiz mumkin: so‘zla > seyle zanjirla > yenj’lle (jiz.shevasi). [Sh]-jarangsiz sirg‘aluvchi tovush. So‘zning barcha bo‘g‘inlarida uchratish mumkin: shali > sheli // shalы (jlovchi) ergash > ergesh osh > esh go‘sht > gosh pishgan > p’shken tushib > chush’p 40 Dj - lovchi shevalarda [sh>s] o‘zgarishi kuzatiladi: bosh > bes tosh > mes besh > bes Ayrim shevalarda [sh] assimilyatsiyaga uchraydi: ishchi > ichchi qo‘shchi >kochch (jlovchi sh.) pishsin > p’ss’n qo‘shsa > qesse Shevalarda ayrim so‘zlarning talaffuzida boshlang‘ich [sh] tushib qoladi. shisha > ‘shshe shishibdi > ‘sh’pt’ Ayrim so‘zlarda sh orttiriladi: eshak > ‘shshey (jiz.sh.) // eshshek (and. sh). [Ch] fonemasi. Bu tovush til oldi, jarangsiz affrikat undosh bo‘lib, birmuncha palatallashgan holda [sh] kabi talaffuz etiladi. O‘zbek tilining barcha shevalari uchun xos bo‘lib, statik normal fonema hisoblanadi. echim > (dj.sh) cheshuv echib > (dj.sh) cheship soch > chech Toshk.shev.: chey, echchu, chech, qulech. Shevalarda [ch] affrikati [sh] bilan almashadi. Lekin bu holat barcha shevalarda bir xil emas. J-lovchi shevalar uchun normal holat hisoblansa, y-lovchi shevalarda fakultativ-sporadikdagina uchraydi, masalan: ochdi > oshte nechta > n’shte qornim ochdi > q in’m oshte hech nima>h’sht’me uchta > ushte ichdi > ‘sht’ djl. Shay || shey < choy [Ch] assimilyatsiyaga uchrab quyidagicha o‘zgarishlarga ega bo‘ladi. uch so‘m > ussom kuchsiz > kuss’z Hadicha > Xechche [J] fonemasi – til oldi, jarangli affrikat. Y-lovchi shevalarga nisbatan dj-lovchi shevalarda bu fonema ko‘proq qo‘llaniladi, j-lovchi shevalarda esa [dj] [j] bilan almashtiriladi: y lovchi: yo‘q // j lovchi: djoq-joq yesh // djash - jas yexshi // djaxshы - jaqsы [J] bilan boshlanuvchi arab, fors tillaridan kirib kelgan ayrim so‘zlar o‘zbek tili va shevalariga o‘zlashib, o‘zbek tili lug‘at sostaviga singib ketgan: djen, djenbez, djeven, djey, djeng, djendjel, djehen, djuven, dj’hez, djedvel, djenub va h.k. Ayrim shevalarda [j] kuchsizlanib y ga o‘tishi mumkin: 41 majlis > meyl’s Bu holat jlovchi shevalar uchun ham xosdir. [j//y] almashinuvida ko‘pincha turg‘unlik holati buziladi va bir so‘zning o‘zida ham [j], ham [y] uchraydi: yegen // djegen yaxsh’ // djaxsh’ yaproq // djaproq yoldosh // djoldosh. Sporadik ravishda [j>sh] xususiyati uchraydi: xurush < xuruj Ayrim jlovchi shevalarda ba’zan [j] affrikatining ikkinchi sirg‘aluvchi elementi tushib qoladi: dasto‘k < jasto‘q // yostiq. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling