D. I. Mendeleyev davriy qonuni


ATOM TUZILISHINI PLANETAR MODELI


Download 229.71 Kb.
bet4/24
Sana03.12.2023
Hajmi229.71 Kb.
#1798731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
kimyo

ATOM TUZILISHINI PLANETAR MODELI
Atom tuzilishining planetar modelini inliz fizigi E.Rezerford tomonidan 1911 yili taklif kilindi. Rezerford -zarrachalar (3-rasm) bilan ingichka metall plastinkani bombardimon qilish natijasida kuyidagi xodisani kuzatdi: -nurlarning kupchilik qismi uz yo'nalishini uzgartirmay, ozgina qismi uz yo'nalishini uzgartirib metall plastinkadan utib ketadi va faqat ayrimlari uz yo'nalishidan orqaga kaytadi. Bu tajribaga asoslanib Rezerford kuyidagi natijaga keldi. Elektronning massasi juda kichik bo'lganligi uchun atomning butun massasi (99.17%) yadroga joylashgan. Atom yadrosining diametri -10-14 , 10-13 sm ga teng.
Rezerford yuqoridagi tajribaga asoslanib atom tuzilishining planetar modelini taklif qildi, ya'ni atomning markazida massasi taxminan atom massasiga teng bo'lgan, musbat zaryadlangan yadro bo'lib, uning atrofida kuyosh sistemasidagi plenetalar kabi elektronlar xarakat qiladi. Uz yo'nalishini uzgartirgan va orqaga kaytgan zarrachalar sonini xisoblab va xamda kaytish burchagini xisoblab, yadro zaryadini topish mumkin. Rezerford shu usuldan foydalanib yadro zaryadi atom massasining yarmiga tengligini kursatdi.
Elementning davriy sistemadagi tartib nomeri kupchilik elementlar uchun atom massasining yarmiga teng. Demak, atomdagi elektronlar soni elementning davriy sistemadagi tartib nomeriga, elementning tartib nomeri esa shu elementlar atomi yadrosining musbat zaryadiga tengdir.
Bu masalani 1913 yilda G.Mozli boshqacha yul bilan xal qildi. G.Mozli kalsiydan (Ca=20) ruxgacha (Zn=30) bo'lgan 11 elementning rentgen spektrini sistemali tekshirib, bu elementlardan xar qaysisining rentgen spektridagi K-seriyasi bir-biriga yaqin joylashgan ikkita chizik K va K dan iborat ekanligini kuzatdi.
Agar elementning rentgen spektrlari davriy sistemadagi tartib nomerlariga qarab joylashtirilsa, xar bir seriya chiziklari tulkin uzunliklarining kamayishi tomoniga ma'lum qonuniyat bilan suriladi. 4-rasmda bir elementdan 2- elementga utganda elementlar tartib nomerining ortib borishi K va K chiziklari chap tomonga qarab, ya'ni tulkin uzunligining kamayish tomoniga qarab siljishi kursatilgan. Siljish kattaligi titandan vanadiyga utganda qancha katta bulsa, vanadiydan xromga utganda xam xuddi ushancha bo'ladi, demak, elementning tartib nomeri bitta ortsa xar safar bir xilda siljish ruy beradi. 
Bu tekshirishlarga asoslanib Mozli qonunini kuyidagicha ta'riflash mumkin; Rentgen nuri tulkin uzunligining kvadrat ildiz ostidagi teskari kiymati elementning tartib nomeriga tugri proporsionaldir;
 1/= a(Z-b) yoki =2.48*1015 (Z-2)2
bu yerda: -tulkin uzunligi; z-elementning tartib nomeri; a va v- ma'lum seriyadagi o'xshash chiziklar uchun doimiy kattalik. Bu bog'lanish 5-rasmda kursatilgan.Mozli qonuni elementlarning davriy sistemadagi tartib nomerida ma'lum bir fizik ma'no borligini kursatadi. Shunday qilib atomning yadro zaryadi elementning davriy sistemada joylanishi va xossalarini xarakterlaydigan asosiy faktordir. Shuning uchun xam xozirgi paytda Mendeleyevning davriy qonuni kuyidagicha ta'riflanadi; elementlarning xossalari va ular birikmalarining tuzilishi xamda xossalari atomlarning yadro zaryadiga davriy ravishda bog'liqdir. 


Download 229.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling