D. I. Mendeleyev davriy qonuni va davriy sistemasi


Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana15.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1487782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati. D.I.Mendeleyev davriy 
qonun asosida yaratgan davriy sistema hamma kimyoviy elementlar orasida mavjud 
bo'lgan bog'lanishni ochib beradi. Har qaysi elementning xossasi hakida boshqa
elemetlarning xossalariga, shuningdek, shu elementning davriy sistemadagi o'rniga 
qarabgina to'la xulosa chiqarish mumkin. Mendeleyev "elementlar bitta qonunga 
buysunadi, tabiati jihatidan bir xil va bir-birini to'ldiradi, ana shuning uchun ham 
ular davriy sistemada ma'lum tartibda joylashadi" degan edi. 
Davriy sistema kimyoning va boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishida nihoyatda 
muhim ahamiyat kasb etdi. U yangi elementlar izlash, ko'pgina elementlarning atom 
massasini to'g'rilash, ularning valentligini aniqlash hamda moddalarning tuzilishini 
o'rganishda olg'a siljish uchun muhim turtki bo'ldi. 
 
Kimyoviy 
elementlar 
davriy 
sistemasi 
(boshqa 
nomlari: 
Davriy 
jadval
Mendeleyev
davriy sistemasi) — 
kimyoviy unsurlarni
ularning 
atom 
raqami

elektron 
konfiguratsiyasi
 
va 
davriy
 
takrorlanuvchi 
kimyoviy 
xossalariga
asoslangan holda 
jadval
shaklida 
tasvirlashdir
. Unsurlar unda 
atom 
raqamlari
(
protonlari
soni) oshib borishi tartibida joylashgan. Jadvalning standart 
shakli tepada 18 × 7 kataklardagi asosiy unsurlar va ostida ikki qator boshqa guruh 
unsurlaridan iborat. Jadval shuningdek toʻrtta toʻrtburchak bloklar: chapda 
s-blok



oʻngda 
p-blok
, oʻrtada 
d-blok
va pastda 
f-bloklarga
boʻlinishi mumkin. Jadval 
qatorlari 
davr
, s-, d- va p-bloklardagi ustunlar esa 
guruh
deyiladi; bu 
ustunlarga 
galogenlar
 yoki 
inert gazlar
 degan alohida nomlar ham beriladi. Davriy 
jadval taʼrifiga binoan u 
davriy qonunga
 koʻra tuzilgan uchun, har qanday davriy 
jadval yordamida tegishli unsurlarning xossalari orasida aloqadorlik keltirib 
chiqarish va yangi, hali ochilmagan yoki sintezlanmagan unsurlar xossalarini 
bashorat etish mumkin. Natijada davriy jadval 
kimyoda
keng qoʻllanilib, muhim 
asos boʻlib xizmat qiladi. 
1864-yilda L. Meyer kimyoviy elementlarni valentliklariga qarab olti guruhga 
boʻldi. Shunday qilib, Mendeleyevdan oldin elementlarni kimyoviy oʻxshashliklari 
asosida guruhga boʻlishdan nariga oʻtilmadi. Bu olimlar har qaysi elementni boshqa 
elementlardan mutlakr ajralgan holda olib qarashdi. Mendeleyev, oʻzidan ilgari 
oʻtgan tadqiqotchilarning aksicha, elementlarning atom massasi qiymatlariga, fizik 
va kimyoviy xossalariga katta eʼtibor berdi. Mavjud elementlarni atom massasi ortib 
borishi tartibida joylashtirib, elementlarning xossalari va ularning birikmalari ham 
oʻsha tartibda asta-sekin oʻzgarib borishini va maʼlum xossalarning oʻzi elementlar 
qatorida davriy suratda, yaʼni bir necha elementdan keyin takrorlanishini aniqladi. 
Bu krnuniyat davriy qonunda oʻz ifodasini topdi. Mendeleyev davriy qonunni 
quyidagicha taʼrifladi: oddiy moddalar (elementlar)ning xossalari, shuningdek, 
elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom massasilariga 
davriy ravishda bogʻliq boʻladi. U barcha elementlar boʻysunadigan davriy qonunni 
toʻliq namoyon qildi va baʼzi elementlar (chunonchi: berilliy, lantan, indiy, titan, 


vanadiy, erbiy, seriy, uran, toriy)ning oʻsha vaqtda qabul qilingan atom massasini 
1,5—2-marta oʻzgartirish, baʼzi elementlar (kobalt, tellur, argon)ning joylashish 
tartibini oʻzgartirish va nihoyat 11 elementning (fransiy, radiy, aktiniy, skandiy, 
galliy, germaniy, protaktiniy, poloniy, texnetsiy, reniy, astat) kashf qilinishi 
kerakligini oldindan aytib berdi. 
Elementlarning xossalari kuyidagi tartibda oʻzgaradi (jadvalga k,.). Faol 
ishqoriy 
metall
— 
litiydan
soʻng faolligi kamrok, 
metall
— 
berilliy
, undan keyin 
kuchsiz 
metalloidlik
xossalarga va metallarning baʼzi xossalariga ega 
boʻlgan 
bor
turadi. Qatorda bordan keyin 4 valentli metalloid — uglerod, soʻng 
metalloidlik xossalari yanada ravshanroq ifodalangan azot, yaqqol metalloid — 
kislorod va niho-yat eng faol metalloid, yettinchi element — ftor keladi. Yuqorida 
aytib oʻtilgan 7 ta element xossalarining qisqacha taʼrifidan koʻrinadiki, litiyda 
ifodalangan metallik xossalari bir elementdan ikkinchisiga utishi bilan asta-sekin 
zaiflashib, metalloidlik xossalari kuchayib boradi va ftorda eng yuqori darajaga 
yetadi. Shu bilan birga atom massasilari ortib borgan sari elementlarning kislorodga 
nisbatan valentligi litiyda birdan boshlab, undan keyingi har qaysi elementda 
muntazam suratda bittadan ortib boradi. 
Ftordan
 keyin keladigan element — neon 
boshqa elementlar bilan birikmaydigan inert gazdir. 
Neondan
 
soʻng 
(keyingi 
qatorda) 
litiyga 
oʻxshash 
bir 
valentli 
metall — 
natriy
 keladi. 
Natriydan
 keyin elementlar xossalarining oʻzgarib borishi 
tartibga qarab joylashadi, yaʼni yuqoridagi holat takrorlanadi. Darhaqiqat natriydan 
soʻng berilliy analogi boʻlgan magniy keladi; undan keyin alyuminiy 


turadi. 
Alyuminiy
, garchi bor kabi metalloid boʻlmay, balki metall boʻlsa ham, u 
baʼzida metalloidlik xossalarini namoyon qiladigan elementdir. Alyuminiydan keyin 
koʻp jihatdan uglerodga oʻxshash toʻrt valentli metalloid — kremniy, undan soʻng 
kimyoviy xossalariga koʻra, azotga oʻxshash besh valentli fosfor, soʻngra 
metalloidlik xossalari kuchli ifodalangan element — oltingugurt undan keyin juda 
faol metalloid boʻlgan xlor, va, nihoyat, yana inert gaz — argon keladi. Maʼlum 
sondagi elementlardan keyin, goʻyo orqaga, dastlabki nuqtaga qaytish yuz beradi; 
shundan keyin, maʼlum darajada, undan oldingi elementlarning xossalari xuddi 
oʻsha tartibda, ammo sifat jihatidan farq qilgan holda takrorlanadi. 
Davriy sistemadagi elementlarning xossalari qonuniy ravishda uzgarib boradi. Mas, 
ishqoriy metallar guruhchasida yuqoridan pastga, yaʼni litiydan seziyga tomon 
metallarning elektron berish qobiliyati ortib, shu bilan birga ularning kimyoviy 
faolligi ham kuchayib boradi. Galogenlar guruhchasida esa, aksincha, pastda 
joylashgan element yuqoridagi elementga Karaganda elektronni qi-yinlik bilan 
biriktiradi. Demak, galogenlar guruhchasida metalloidlarning faolligi yuqoridan 
pastga tomon pasayib boradi. Davrlardagi qonuniyat shundayki, Ungda joylashgan 
elementlarga qaraganda chapda turgan elementlar elektronlarni oson yoʻqotib, qi-
yinlik bilan biriktiradi. Shunga muvofiq, chapdan oʻngga (faol ishqoriy metallardan 
yaqqol metallmaslar — galogenlarga) tomon oddiy moddalarning xossalari 
oʻzgaradi, ayni vaqtda elementlar birikmasining xossalari ham davriy ravishda 
uzgarib boradi. 


Masalan, davrlar boshidagi elementlar asosli oksidlar va shularga toʻgʻri keladigan 
gidroksidlar (asoslar) hosil qiladi. Tartib raqamining ortib borishiga qarab 
gidroksidning asos tavsifi amfoter, soʻng kislota tavsifi bilan almashadi. 
Guruhchalarda elementlar gidroksidlarining tavsifi yuqoridan pastga tomon 
kuchayib, kislota tavsifi zaiflashib boradi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasis. 
ki-myoviy elementlar va birikmalarning fizikkimyoviy xossalarini oʻrganishda, bu 
xossalar orasidagi qonuniyatlarni ochishda, yadroviy reaksiyalarni oʻtkazishda 
hamda radioaktiv izotoplarni sintez qilish sohasidagi tadqiqotlarda qisqa va aniq 
ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi
[1]


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling