D. I. Mendeleyev davriy qonuni va davriy sistemasi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana15.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1487782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

 
N. Bor nazariyasi. Nils Bor 1913 yilda vodorod atomining tuzilish nazariyasini 
taklif qildi. N. Bor o'zining nazariyasini yaratishda E. Rezerford nuklear 
nazariyasiga va Plankning kvantlar nazariyasiga asoslandi. 
N.Borning nazariyasining I postulatiga ko'ra, elektron yadro atrofida faqat 
kvantlangan, ya'ni ma'lum energiya darajasiga muvofiq keladigan orbitalar bo'ylab 
aylanadi. Bu orbitalarning qaysi birining elektron bilan band etilishi atomning 
energiyasiga bog'liq. Agar atomning energiyasi minimal qiymatga ega bo'lsa 
elektron yadroga eng yaqin birinchi orbita bo'ylab harakat qiladi; atomning bu 
holatini qo'zg'olmagan, normal yoki asosiy holat deyiladi. Bu holda elektron yadro 
bilan eng mustahkam bog'langan bo'ladi. Qo'shimcha energiya qabul qilgan atom 
qo'zg'olgan holatga o'tadi, lekin atomning qo'zg'olgan holati nihoyatda qisqa 
muddatlidir. Elektron uzoq orbitadan yaqin orbitaga o'tganda atom elektromagnit 
nur chiqarib o'z energiyasini kamaytiradi. 
N.Borning II postulatiga ko'ra, elektron bir orbitadan ikkinchi orbitaga 
o'tgandagina atom o'z energiyasini o'zgartiradi; elektron kvantlangan orbitalar 
bo'ylab aylanganda, atom energiya chiqarmaydi va energiya yutmaydi. 
Elektron 
yadrodan 
uzokda 
to’rgan 
orbitadan 
yadroga yakin orbitaga utganda atom yoruglikning bir kvantiga teng energiya 
chiqaradi. Bu kvantning kattaligi dastlabki va oxirgi xolatlarning energiyalari 
orasidagi ayirmaga tengdir: 


E = E
1
- E
2
= hn 
E
1
va E
2
- dastlabki va oxirgi xolatlar energiyalari 
h - Plank doimiysi, 6,624*10
-34
joul* sek ; 
n - nurning 1 sekunddagi tebranishlar soni (chastotasi): 
n q sG’l 
s - yoruglik tezligi
l - yoruglikning tulkin uzunligi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling