D. I. Mendeleyevniig davriy qonuni
Download 1.11 Mb.
|
Davriy jadval
D. I. Mendeleyev kimyoviy elementlarning ko‘pchilik xossalari shu elementlarning atom massasiga bog‘liq ekanligini aniqladi. U o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan barcha elementlarni ularning atom massalari ortib borishi tartibida bir qatorga qo‘yganida elementlarning xossalari 7 ta, 17 ta va 31 ta elementdan keyin keladigan elementlarga qaytarilishini, ya’ni davriylik borligini ko‘rdi. D. I. Mendeleyev o‘zi kashf etgan davriy qonunni quyidagicha ta’rifladi: oddiy moddalarning (elementlarning) xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom massalariga davriy ravishda bog‘liq bo‘ladi. D.I.Mendeleyev davriy qonunni kashf etishda elementlarning atom massa qiymatlariga, fizik va kimyoviy xossalariga e’tibor berdi. U barcha elementlar buysunadigan davriy qonunni to‘liq namoyon qildi va ba’zi elementlar (chunonchi, berilliy, lantan, indiy, titan, vanadiy, erbiy, ceriy, uran, toriy) ning o‘sha vaqtda qabul qilingan atom massalarini 1,5—2 marta o‘zgartirish, ba’zi elementlarning (kobalt, tellur, argonning) joylashish tartibini o‘zgartirish lozimligini va nihoyat 11 ta elementning (franciy, radiy, aktiniy, skandiy, galliy, germaniy, protaktiniy, poloniy, texneciy, reniy, astat) kashf qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi. Ulardan uchta element (ekabor, ekaalyuminiy va ekasiliciy) ning barcha kimyoviy va fizik xossalarini batafsil bashorat qildi. 15 yil ichida bu uch element kashf qilinib D. I. Mendeleyevning bashorati tasdiqlandi. Yuqoridagi uchta elementga: ekaalyuminiyga galliy, ekaborga skandiy va ekasiliciyga germaniy nomi berildi. D. I. Mendeleyev har qaysi elementning o‘zi tuzgan davriy sistemadagi tartib raqami nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling