D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova


Download 6.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/194
Sana14.11.2023
Hajmi6.47 Mb.
#1771880
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R

Ajratilgan bo‘laklar
1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili” metodi orqali mavzuga 
oid tayanch tushunchalarga izoh bering. 0 ‘qituvchingiz orqali bilib olgan 
qo‘shimcha maiumotlami 3-ustunga qayd eting.
1
2
3
Tushunchalar
Izohi
Qo‘shimcha
ma’lumotlar
Ajratilgan 
bo 
'lak
203


Ajratilgan ega
Ajratilgan kesim
Ajratilgan aniqlovchi
Ajratilgan to'ldiruvchi
Ajratilgan hoi
2-amaliy ish.
1. Sifatlovchi aniqlovchi ishtirok etgan quyidagi gaplarda aniqlovchi 
va aniqlanmishning joylashish o ‘mini o‘zgartirib, ajratilgan boiakli gaplar 
hosil qiling,
2. Tuzgan gaplaringiz asosida ajratilgan boiaklar haqidagi bilimlarin- 
gizni umumlashtiring.
NAMUNA: Ko'kdagi yakka-yu yolg'iz oy tanhodir. - Ko'kdagi oy 
tanhodir, yakka-yu yolg'iz (A.Oripov).
1-variant. 1. Do'stona ко ‘magingiz uchun tashakkur bildirishdan 
boshqa so'zim y o ‘q (A. Qahhor). 2. Ellik besh yoshlardagi salobatli 
kampir sidirg'a oq atlas ко ‘ylagini shitirlatib darsxonaga kirib 
kelayotganda Bobur darhol о 'midan turib, buvisiga salom berdi 
(P. Qodirov). 3. Toza, bosilmagan yangi o ‘t tomon boshlaydi bo'rdoqi, 
semiz qo ‘ylarin (Zulfiya). 4. Bu kichkina, vafodor, samimiy choparlarning 
xabariga ishonmaslik mumkin emasdi (Oybek).
2-variant. 1. Uni otasidan judo qilgan, pushti-panohidan ayirib, xavf- 
xatarlar komiga tortgan mash’um bir kuch go'yo mana shu quyunning 
kuchi edi (P. Qodirov). 2. ... Nimjon, qoq suyak yelkalari hamon ohista 
titrar; aftidan, hamon o'pkasini bosolmay yig'lar edi (O.Yoqubov).
3. Chiroyli rang-barang gullar gulzoming husniga husn qo ‘shib turibdi 
(Sh.Rashidov). 4. Faqat xipcha qomati va hali uncha to ‘lishmagan 
yelkalari endi о ‘n besh yoshga kirganini eslatib turardi (P. Qodirov).
3-variant. 1. S o ’zamol, badavlat qori tog'aning birdan ko ‘z yumib 
sukutga botishining sababini, tabiiy, Yo ‘Ichi tushunmadi (Oybek).
2. Chiroyli, popukday bir qiz о ‘ynadiki, ah-ah, iqlimda misli yo ‘q, beqiyos 
(Oybek). 3. Uning ко ‘zlarida tashvish emas, o'z kuch-qudratiga ishonch,
204


hatto istehzoli kulgu bor edi ( 0 ‘. Hoshimov). 4. Tollar tagidagi 
ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqibyotadi (G‘. G'ulom).
3-amaliy ish.
1. Zarur o‘rinlarga tinish belgilarini qo‘yib gaplami ko'chirmg.
2. Gap tarkibiga ajratilgan boiaklaming kiritilish sababini tushun- 
tiring.
1-variant. 1. Kechqurun poda qaytar mahali qishloqda ajib sukunat 
hukmron bo'ladi (Sh.Bo‘tayev). 2. Lekin f e ’li ishiga o ‘ta yopishqoqligi 
xuddi Sharifning o ‘zi (S.Zunnunova). 3. Bu orada ular juda qalinlashib 
ketishgan ya ’niki Bozor hanuz ortidan soyadek ergashib yurar Davron esa 
ikkisining boshini qovushtirolmay garang edi (N.Norqobilov). 4. Enasi 
aytib bergani kampirlarning suhbati podachiga juda m a’qul kelibdi 
(Sh.Bo‘tayev).
2-variant. 1. Yo'lim boshladi to kezdim dala-tog\ Kezdim ne 
yurtlarni chiroyli tengsiz (A.Oripov). 2. Orada, sizning gapingizga kirgan 
men ahmoq, degan m a’noda ortiga qop-qorong‘u daraxtzor qo'yniga 
zarda ila qarab-qarab qo'yardi (N.Norqobilov). 3. Qozoq sahrosi bu 
beadad sahro Xayolday bepoyon, cheksiz va yiroq (A.Oripov). 4. Haligina 
siz kelmasdan sal aw al biroz o'zimga kelgach, joy-joylariga ketishdi 
(A. Ibrohimov).
3-variant. 1. U dong'i ketgan xojalikning mashhur rahbari shu 
taxlitda tizzalari ко‘ziga q o ‘llarini tirab о ‘tirishini ko'p ко‘rgan, tahassub 
qilishdan aslo o'zini tiyolmasdi (Sh.Bo‘tayev). 2. Pastda so ‘ri ostida 
Yo'ldoshev bilan so'zlashayotgan O'ktam yalt etib orqasiga qarsillagan 
eshikka qaradi (Oybek). 3. Tursunali akaga shunday katta olimga kuyov 
bo'lish hazil gap emas ( 0 ‘. Usmonov). 4. Muborak torgina zinadan 
ikkinchi qavatga Elmiralaming uyiga chiqdi (S.Zunnunova).
4-amaliy ish.
1. Bir gap bo‘lagini izohlash orqali hosil bo'luvchi 4 ta ajratilgan 
boiakli gap tuzing.
2. Tuzgan gaplaringizga namunadagi kabi tavsif bering.
205


NAMUNA:
Uyana awalgi joyiga - stulga о 'tirdi. Ushbu gap - ajratilgan bo‘lakli 
sodda gap. Gapning mazmuniy tuzilishi murakkab, chunki unda ikkita 
axborot ifodasi mavjud: 1. U yana awalgi joyiga о ‘tirdi. 2. Uning awalgi 
joyi stul edi. 1-asosiy axborot gapning predikativ markazi orqali,
2-qo‘shimcha axborot ajratilgan b o iak va u izohlab kelayotgan bo‘lak 
orqali yuzaga chiqqan.
5-amaliy ish. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan 
darslikda (A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Yusupova. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili. - Toshkent, 2010, 3-k.) berilgan quyidagi mashqni 
bajaring.
134-mashq. Ko‘chiring. Tartibi o‘zgartirilgan, lekin sifatlovchilik 
xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi aniqlovchili ajratilgan boiaklami 
toping.
1. Ко ‘kdagi oy tanhodir, yakka-yu yolg ‘iz.
2. Shoyon mehnatingning nishonasi bu -  
Qora qoshlaringga qo ‘ngan chang, g ‘ubor.
Suvori ekansan - zahmating ezgu,
Zamona Barchini - mehnatkash, dildor.
3. Yo ‘lim boshladi to kezdim dala-tog‘,
Kezdim neyurtlarni - chiroyi tengsiz.
4. Qozoq sahrosi - bu beadad sahro,
Xayolday bepoyon, cheksiz va yiroq.
5. Bir zum dengizga ham boqqil betuyg ‘u,
Dema, о ‘ylarimday и teran tengsiz.
6. Angladimki, olamda 
Yurt tanho, Vatan tanho,
Nokaslar emas, yo ‘q, yo ‘q,
Yolg'iz sen baland, tanho.
206


7. Ba ’zan о ‘ylab deyman, ne bo ‘larda gar 
Qudratni ко ‘rgazsa tabiat hassos.
8. Qo ‘llarim ко ‘ksimda, betinch, betoqat 
Ta ’zimlar qilurman senga ushbu dam.
U - menmi, и - senmi, kim bo ‘Ima, faqat
Senga insofbersin, uchinchi odam! 
(A. Oripov)
%
6-amaliy ish. Egallagan bilimingizni savollarga javob berish 
orqali mustahkamlang.
1. Ajratilgan bo‘laklar gapda qanday vazifa bajaradi?
2. Ajratilgan bo‘laklar qaysi xususiyati bilan uyushiq bo‘laklarga 
o‘xshaydi?
3. Ajratilgan bo‘lakli gaplarda qanday tinish belgilari qo'llanadi?
4. Qaysi tilshunos olimlaming ajratilgan bo‘laklar tadqiqiga oid ilmiy 
izlanishlari mavjud?
5. Qaysi grammatik vositalar ajratilgan boiaklami ajratilmish 
bo‘lakka bogiaydi?
6. Ajratilgan boiaklar ishtirok etgan gaplar nima sababdan mazmunan 
murakkablashadi?
7. Gapning qanday bo‘lagi bir tushunchaning ikkita nomini anglatib 
keladi?
8. Ajratilgan hoi vazifasida ko'pincha holning qaysi ma’no turlari 
keladi?
9. Gapda ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakka nisbatan qanday 
o‘rin egallaydi?
ss
S f i
UYGA VAZIFA
Badiiy asarlardan ajratilgan bo‘lak ishtirok etgan 10 ta gap topib 
ko‘chiring. Ajratilgan bo‘laklaming gap semantik mundarijasiga ta’siri 
to‘g‘risida ilmiy xulosa yozing.
207


■S “Birlashib biz katta kuchmiz ” mavzusida ma’rifiy matn tuzing. 
Unda ajratilgan bo'laklardan keng foydalaning, Bunday gaplarda tinish 
belgilarining qo‘llanilishini izohlang.
•S Ilmiy manbalar asosida ajratilgan bo ‘lak, perifraza, tasviriy ifoda 
terminlariga izoh bering. Mazkur til hodisalarining umumiy va xususiy 
jihatlari to‘g‘risida ilmiy xulosa yozing.

Download 6.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling