D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova


Download 6.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/194
Sana14.11.2023
Hajmi6.47 Mb.
#1771880
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R

to 'ydirib, kiydirib turgan daraxt shu edi-ku! Bolaligingda о ‘zing shoxma- 
ihox tirmashib tut terib yurarding... He, noinsofl” Rahmatli nimadan 
norozi ekan, qiziq...
(E.A’zam)
2-amaliy ish. Yasama otlami sinxron va diaxron so‘z yasalishi 
nuqtayi nazaridan guruhlarga ajrating va izohlang.
Zamondosh, qarindosh, qishloq, toshloq, sholcha, bog'cha, qoldiq, 
po ‘stloq, ovloq, rasmiyatchilik, ко 'pchilik, ichak, abadiyat.
3-amaIiy ish. Berilgan so‘zlar qatoridan yasama otlami topib, yasalish 
usulini jadvalda ko‘rsating.
Yasama
ot
Affiksatsiya usuli 
(yasalish modeli)
Kompozitsiya usuli 
(yasalish modeli)
Otdan ot 
yasalishi
Sifat va ravishdan ot 
yasalishi
Fe’ldan ot 
yasalishi
Bo'lak, elak, tilshunos, kesak, objuvoz, tomizg'i, tirikchilik, qaytariq, 
guidon, etikdo'z, tashabbuskor, hamohang, shodiyona, bosqich, izquvar, 
mashinasozlik, xalqparvar, о 'rinbosar, mahsuldor, puldor, tugma, jimjima, 
suhbatdosh, 
masxaraboz, 
va ’daboz, 
odamshavanda, 
hunarmand, 
kasalmand, oqsoqol, supurgi, kuzgi, toshbaqa, kelinchak, kuyunchak, 
zargar, jilvagar, ко ‘rshapalak, olcha, ichak, arzonchilik, to ‘g ‘rilik.
4-amaliy ish. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan 
“Hozirgi o ‘zbek adabiy till” (A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova. 
Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent: Ilm-ziyo, 2010. 1-k.) darsligidagi 
so‘z yasalishiga doir ma’lumotlami tahlil qiling va darslikdagi 
204- mashqni bajaring.
204-ttiashq. So'zlami qo‘shish orqali yasalgan leksik birliklami aniq- 
lang, ularga tavsif bering.
Ammamning eri mo ‘ynado ‘z - kosib. Bola-chaqalari bo ‘Imaganidan, 
uylari biznikiga о 'xshash to ‘s-to 'polon emas - yig 'inchoqli, innaykeyin, 
bularning uyi salkam ajoyibxona. Unda dunyodagi hamma narsa bor.
25


Ovga kirishadigan sohibchangal qushlardan: qarchig'ay, miqqiy, 
qirg'iy; urishadigan qushlardan: dakan xo'roz, oddiy xo'roz, amirxon 
xo'roz, kaklik, bedana (bu so'nggi ikkisi sayrash uchun ham boqilib, 
cho'pqafasda, to'rqafasda saqlanadi); sayraydiganlardan: qumri, s a ’va, 
bulbul, mayna va boshqalar.
Ularning uyidagi gullaming-ku son-sanog'iyo ‘q...
Gulbahor, gulra ’no, gulsafsar, gulhamishabahor, qalampirgul, 
nomozshomgul, sambitgul, atirgul, kartoshkagul, qashqargul - ishqilib 
sanab tugatib bo'lmaydi. Pochcham bilan ammam bu gul, bu hayvonot- 
larning har bittasini nuridiydalaridekparvarish qiladilar.
(G‘.G‘ulom)
Sifat yasalishi
1-amaliy ish. Sifat yasovchi -li qo‘shimchasining ma’no qirralarini 
ochib beruvchi misollar topib, jadvalni to'ldiring.

Download 6.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling