D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova


Download 6.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/194
Sana14.11.2023
Hajmi6.47 Mb.
#1771880
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R

1r
GAP BO‘LAKLARI
1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili” metodi orqali mavzuga 
oid tayanch tushunchalarga izoh bering. 0 ‘qituvchingiz bergan 
qo‘shimcha ma’lumotlami 3-ustunga qayd eting.
1
2
3
Tushunchalar
Izohi
Qo‘shimcha
ma’lumotlar
Gap bo ‘laklari
Bosh bo ‘laklar
Ikkinchi darajali bo ‘laklar
Gapning aktual bo ‘laklanishi
Tema
Rema
2-amaliy ish. Matnni diqqat bilan o‘qing, odatdagi tartibi o'zgargan 
gap bo‘laklarini aniqlang. Odatdagi va o‘zgargan tartibda qo'llangan gap 
bo'laklarini qiyoslash natijasida inversiyaning uslubiy ahamiyati 
to‘g‘risida ilmiy xulosa yozing.
Tabiat gultoji
Kiyik och qolmaslik uchun ко ‘kat yeydi. Ammo bir-birini о ‘Idirmaydi. 
Sher och qolmaslik uchun kiyikni yeydi. Ammo bir-birini о 'Idirmaydi. 
Odam ко ‘katni ham yeydi. Kiyikni ham yeydi. Ко ‘ngil xushi uchun shemi 
ham o'ldiradi... Keyin.. urush qilib, bir-birining boshini yeydi...
(O'.Hoshimov. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”)
3-amaliy ish. Jadvalni to‘ldiring. Jadvaldagi qaydlaringiz 
asosida “Gapni bo‘laklarga ajratish tamoyillari” masalasiga munosabat 
bildiring.
173


Gap bo‘lakIarining an’anaviy 
tasnifi asosidaei turlari
Gap bo‘laklarining formal-funksional 
yo‘na!ishda helgilangan turlari
4-amaliy ish. Gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklari, gap 
kengaytiruvchilari va so ‘z kengaytiruvchilari terminlarini sharhlang. Gap 
boiaklari masalasiga doir bilimlaringizni umumlashtiring.
5-amaliy ish. Berilgan gaplardan so‘z va gap kengaytiruvchilarini 
ajrating. So‘z va gap kengaytiruvchilari haqidagi nazariy qarashlarga 
munosabat bildiring.
1. Tobut ko'tarilganda, amakim ikki-uch qalqidi-yu, chalqanchasiga 
ketdi (A.Qahhor). 2. - Qariganimaa cho‘ponlikni qo'limdan olarsan 
devdim (P.Qodirov). 3. Bu xatoni tezroq tuzatish, Muqaddas kelmasdan 
oldin tuzatib qo'yish kerak edi! (O.Yoqubov) 4. Nurmat tog‘a kichkina 
bankda bulbulning qafasidek tor kassada pul olib, pul berib kunini 
о 'tkazib yurardi (S.Ahmad). 5. Ко ‘chalarda odam ко ‘p, xuddi Yaypanning 
bozor kuniga, yo'q, hayitga o'xshaydi (A.Qahhor). 6. Uning rangi
о ‘chgan, yuragi duk-duk urardi (S.Ahmad).
6-amaliy ish. Berilgan gaplami gap bo‘laklari bo‘yicha sintaktik tahlil 
qiling.
1. 
Bir mahal tayoq ko'tarib asta-sekin chiqib kelayotgan oyimga 
ко ‘zim tushib qolsa bo ‘ladimi? (X. To‘xtaboyev) 2. Navkar aytilgan joyga 
borib otdan tushdi va jiyron qashqasini sekin yetakladi (P. Qodirov). 3. Bu 
suv yerning sho'rini oshirib yuborishiga shubha yo'q (O. Yoqubov). 4. 
Men do'konga yugura kirib voqeani aytdim (A. Qahhor). 5. Oilam 
bo'lsaki, oldimga bir kosa iliq qo'ysa! (O'.Hoshimov) 6. Birortasining 
nomini aytsa ekan, sovchilikka borsam (S.Ahmad). 7. Ulaming nimaga 
aqliyetibdiki, bu ishga aqliyetadi (O.Yoqubov).
174


1. Gapning bosh bo‘laklari aniqlanadi:
a) kesim, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, ma’nosi, turi: 
fe’l-kesim (sodda, murakkab), ot-kesim (sodda, sostavli, murakkab) 
ko‘rsatiladi;
b) ega, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, tuzilishi (sodda, 
murakkab) qayd etiladi.
1. Ega va kesimning moslashgan yoki moslashmaganligi aniqlanadi.
2. Ikkinchi darajali bo‘laklar (aw al kesimga tobe boiaklar, so‘ng 
egaga tobe bo‘laklar) aniqlanadi:
a) hoi, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, turlari, (ravish, 
o'rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja hollari), tuzilishi (sodda, 
murakkab), qaysi gap bo‘lagiga bogianganligi ko‘rsatiladi;
b) to‘ldiruvchi va uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, qaysi 
gap bo‘lagiga bog‘langanligi, kelishikli yoki ko‘makchili; vositali yoki 
vositasiz to‘ldiruvchiligi, vositasiz to‘ldiruvchilaming belgili yoki belgisiz 
keiishik shaklida boiishi, tuzilishiga ko‘ra turi (sodda yoki murakkab) 
belgilanadi;
c) aniqlovchi, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, belgi 
yoki qarashlilik bildirishiga ko‘ra turi (sifatlovchi yoki qaratqich 
aniqlovchi ekanligi, qaratqich aniqlovchilaming belgili yoki belgisiz 
kelishikli shaklda bo‘lishi, ularning moslashishi, grammatik holati), 
aniqlovchining qaysi gap bo‘lagiga bog‘langanligi, tuzilishiga ko‘ra turi 
(sodda yoki murakkab) ko‘rsatiladi.
NAMUNA:
Oilam bo ‘Isaki. oldimga bir kosa ilijg ao'vsal (O'.Hoshimov)
Bo ‘Isaki -  kesim, nima bo'lsa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, fe’l bilan 
ifodalangan, hozirgi zamon, 3-shaxs, birlik shaklida, sodda fe’l kesim;
oilam - ega, kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. ot bilan ifodalangan, bosh 
keiishik, 1-shaxs egalik affiksini olgan, birlikda, kesimga tobelangan, 
sodda ega;
G ap b o ia k la rin in g sin ta k tik tahlili ta rtib i:
175



Download 6.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling