D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova
Download 6.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI O ZBE K ADABIY TILI
O ZBEKISTOIS R ESPU B LIK A SI O LIY VA O RTA MAXSUS ТА LIM V A Z IR L IG I ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI D. LUTFULLAYEVA, R. DAVLATOVA, M. SAPARNIYAZOVA HOZIRGI O ZBE K ADABIY TILI Amaliy m a sh g 'u lo tlar uchun m ateriallar О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о rta maxsus ta 'lim vazirligi tomonidan о ‘quv qo 'llanma sifatida tavsiya etilgan TO SH K EN T «IQ TISOD -M OLIY A » 2018 U O ‘K: 811.512.133(076.5) K B K : 8 1 .2 0 ‘zb-923 Taqrizchilar: f.f.d., prof. M. Q urbonova f f n . , dots. N. Ahmedova L92 Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Amaliy m ash g ‘ulotlar uchun materiallar. 0 ‘quv q o ‘llanma /' D. Lutfullayeva, R. Davlatova, M. Sapamiyazova. - Т.: “ Iqtisod-Moliya” , 2018. - 280 b. “ Hozirgi o'z bek adabiy tili” (amaliy m ashg‘ulotlar uchun materiallar) nomli ushbu o'quv qo'llanm a oliy o 'q u v yutrlari o 'z b ek tili va adabiyoti t a ’lim y o ‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Ushbu o 'q u v qoMlanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o ‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan tuzilib, 5111200 - o ‘zbek tili va adabiyoti ta ’lim y o ‘nalishining DTS hamda “Hozirgi o 'zbek adabiy tili” fani dasturi asosida ishlab chiqildi. 0 ‘quv qoMlanmada “Hozirgi o 'z b ek adabiy tili” fanining “Morfemika va so 'z yasalishi”, “ Morfologiya”, “Sintaksis” bo'lim lari bo'y icha tashkil etiladigan amaliy m ash g ‘ulotlarda bajariladigan topshiriqlar tizimi tavsiya etildi. O 'q u v qoMlanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o ‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Navoiy davlat pedagogika instituti kengashida muhokama etilib, nashrga tavsiya etilgan. U O ‘K: 811.512.133(076.5) K B K :8 1 .2 0 ‘zb-923 ISBN 978-9943-13-748-6 С D. Lutfullayeva, R. Davlatova, M. Sapam iyazova, 2018 © “ Iqtisod-M oliya” , 2018 SO ZBOSHI “Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” fanidan o ‘quv rejasiga muvofiq talabalaming mustaqil ishlashlarini tashkil etish, ulami ijodiy fikrlashga o'rgatish hamda izlanish olib borish ko ‘nikmalarini shakllantirish maqsadida amaliy m ash g ‘ulotlami o'tish rejalashtiriladi. “ Hozirgi o 'z b ek adabiy tili” fanidan tashkil etiladigan amaliy m ashg‘ulotlarda talabalaming m a ’ruza m ashg'ulotida egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish maqsadida o'tilgan mavzular bo'y icha mustaqil tarzda tahlillar, tajribalar olib borish masalasiga jiddiy e ’tibor qaratiladi. Shu maqsadda amaliy mashg'ulotlam i o ‘qitishning eng ilg'or usullaridan foydalanib ilmiy-nazariy tafakkumi shakllantirishga yo'naltirilgan holda tashkil etish k o ‘zda tutiladi. “Hozirgi o 'zbek adabiy tili” fanidan o'tiladigan amaliy mashg'ulotlar avvalo, talabalaming o ‘qituvchi hamkorligi va nazoratida olib boradigan o ‘quv-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga qaratiladigan o'qitish shaklidir. Amaliy m ash g ‘ulotda bajariladigan ishlarning o'qituvchi nazoratida amalga oshirilishi mavzuga doir ilmiy xulosalarning talabalar tomonidan chuqur o ‘zlashtirilishiga yordam beradi. Amaliy m ash g ‘ulotda mavzu b o ‘yicha bajarilishi k o ‘zda tutilgan amaliy ishlar nazariy masalani mustaqil tahlil qilishga qaratiladi. Shu sababli har bir amaliy m ashg'ulotda talaba izlanish olib borishi, misollami qiyoslashi, tahlil qilishi. til qonuniyatlarini ishlab chiqishi, xulosalar chiqarishi va o 'z fikrini to'liq bayon eta olishi lozim bo'ladi. 0 ‘quv qo'llanm ada amaliy ishlar mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda belgiland va quyidagi shakllarda tavsiya etildi: 1. Jamoa b o ‘lib ishlashga qaratilgan amaliy ishlar. 2. Yakka tartibda ishlashga qaratilgan amaliy ishlar. Amaliy ishlami bajarishdan avval m avzuga doir nazariy bilimlar yodga olinishi lozim. Shu maqsadda o ‘quv q o ‘llanmada har bir amaliy m ashg'ulot dastlab o ‘tilgan mavzu b o ‘yicha tayanch tushunchalar tahlilini o ‘tkazishga qaratilgan topshiriq bilan boshlanadi. 0 ‘quv q o ‘llanmada nazariy mavzu b o 'yicha turli hajmdagi rang- barang amaliy topshiriqlar berildi. Jumladan, mavzu mohiyatidan kelib 3 chiqqan holda o‘quv qo‘llanmada til birliklarini lingvistik tahlil qilish, faktik materiallami qiyoslash asosida umumlashma xulosalar chiqarish, turli jadvallar bilan ishlash, matnni lingvistik tahlil qilish, ilmiy manbalar ustida ishlash va ularga munosabat bildirish, ilmiy sharhlar yozish kabi turli topshiriqlar ishlab chiqildi. 0 ‘qituvchi ulardan ma’qulini (talabalaming bilim darajasi, belgilangan vaqt kabilar asosida) ixtiyoriy tanlab, mashg‘ulotni tashkil etishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, umumta’lim maktablari uchun yaratilgan “Ona tili” hamda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining “Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” darsliklaridan o‘rin olgan ayrim mashqlar berilib, ular ustida ishlash ham tavsiya etildi. 0 ‘quv qo'llanmadan talabalarga uyga vazifa sifatida beriladigan amaliy topshiriqlar ham o‘rin oldi. Bunday topshiriqlar ham talabalami mustaqil tadqiq o ‘tkazish hamda umumlashma xulosalar chiqarishga undaydi. 0 ‘quv qo‘llanma shu fanning “Morfemika va so‘z yasalishi”, “Morfologiya”, “Sintaksis” bo‘limlarini to‘liq qamrab olgan bo‘lib, fanning mazkur bo‘limi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlami o'tishda foydalanishni ko‘zda tutadi. Ushbu o ‘quv qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o ‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan “Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” fani dasturi asosida ishlab chiqildi hamda 5111200 - o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlaming tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirildi. Mazkur o ‘quv qo'llanmani tuzishda o‘zbek tilshunosligida shu kunga qadar erishilgan ilmiy natijalar hamda eng so'nggi nazariy xulosalar e’tiborga olindi. 0 ‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari o ‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining “Morfemika va so‘z yasalishi”, “Morfologiya”, “Sintaksis” bo‘limlari bo‘yicha tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlarini o ‘tishda asosiy manba vazifasini o ‘taydi. 4 Download 6.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling