D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining


Xulq-atvor motivatsiyasini namoyon etuvchi shaxs xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomalari umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlari


Download 148.44 Kb.
bet11/22
Sana24.04.2023
Hajmi148.44 Kb.
#1393790
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)

2.3. Xulq-atvor motivatsiyasini namoyon etuvchi shaxs xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomalari umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlari
Dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmoqda. Globallashuv jarayonlarida ishtirok etayotgan davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda davlat hamda jamiyat oldiga hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalarni qo‘ymoqda. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning o‘zgarayotganligi, destruktiv axborot oqimining shiddatli tus olishi fuqarolarning ijtimoiy-psixologik xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, individual, guruhiy va jamiyat darajasida tegishli ishlar olib borilishini taqozo etmoqda.
Inson salomatligi, sog‘lom turmush tarzi uning ham jismonan, ham ruhan
baquvvat, ham tafakkurining sog‘lom bo‘lishiga, ma’naviy va axloqiy yetuk
bo‘lishiga xizmat qiladi. E’tirof etish lozimki, inson salomatligi uning oqilona
turmush tarzi bilan chambarchas bog‘lik. Shunday ekan, eng avvalo, salomatlikning o‘zi nimani anglatishini tushunib olish maksadga muvofiq. Salomatlik – odam organizmining biologik -jismoniy, ruhiy-ma’naviy holat bilan mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi hisoblanadi. Sihat-salomatlik har bir kishi uchun baxtsaodat, uning mehnat unumdorligini, mamlakatning ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur sharti sanaladi.40 Rus akademigi I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda - fikrlash tufayli inson «borliqning hokimiga» aylangan bo‘lsa, xayvonlar abadiy «tabiat quli» bo‘lib qolaverdilar. Shuning uchun tafakkur voqelikni bavosita, so‘z yordami bilan umumlashgan tarzda aks ettirish jarayoni hisoblanadi. Atrof-muhitdagi hodisaning tashqi ifodasi sezgi, idrok, tasavvur prosesslarida yorqin, obrazli tarzda, turli alomatlari, fazoviy joylashishi va harakatida aks etadi. Tafakkurda esa inson ularning murakkab bog‘lanishlarini anglab yetadi.41 Tafakkur – inson psixik faoliyatining yuksak formasi bo‘lib, inson tajribasida, sezgi, idrok va tasavvur asosida vujudga kelgan va taraqqiy qilib boradi. J.Piajening qarashlariga ko‘ra, shaxsning rivojlanish davrlaridan 3-davr ya’ni rasman operasiya davri(11-15 yoshni) aynan o‘smir yoshli o‘quvchining komillikka, mustaqillikka, keng tafakkur yuritishga o‘tish bosqichidir. Komillikni shakllantirishda avvalo, xulq-atvor motivatsiyasinirivojlantirish masalasi qo‘yiladi. Komillik- o‘quvchini o‘z salomatligini asrash va o‘z faoliyatini jamiyat ravnaqi, ezgulik sari yo‘naltirish, shuningdek zamonaviy hayotda mavjud bo‘lgan turli tibbiy, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy tahdidlardan o‘zini muhofaza qilish bilimi va malakalari majmuasidan iboratdir.42
Bo’lajak o’qituvchilarda o’smir xulq-atvori motivatsiyasini
rivojlantirish jarayoni murakkab, ko’p qirrali ko’rinishga ega bo’lib, bunda
avvalombor, o’smir xulq-atvori motivatsiyasining tarkibiy komponentlari, ustuvor jihatlari va uni rivojlantirishning integrativ-tuzilmasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
O’smir xulq-atvori motivatsiyasining tarkibiy tuzilishini tadqiq etgan G.G.Bashanayeva uning quyidagi komponentlarini ajratib ko’rsatadi: motivatsion, refleksiv, emotsional, operatsion.43 Muallif mazkur komponentlarni ajratishda sanogen tafakkurga oid bilim va ko’nikmalarning shaxs tomonidan o’zlashtirilishi va uning fikrlash tarzida namoyon bo’lishiga e’tibor qaratadi. Bu, faqatgina sog’lom fikrlashga oid ko’nikmalarni shaxsda shakllantirish bilangina bog’liq bo’lib, o’smir xulq-atvori motivatsiyasi komponentlarini aniqlashtirish bo’yicha birtomonlama yondashuvni keltirib chiqaradi. Ta’lim jarayoniga ontologik yondashuvdan kelib chiqib o’smir xulq-atvori motivatsiyasi muammosini tadqiq etgan I.M.Spivak aynan sog’lom fikr yuritishni yangicha xulqatvor shakli sifatida baholaydi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotchi sanogen xulqatvorning quyidagi komponentlarini ajratib ko’rsatadi: refleksivlik, yo’naltiruvchi, boshqaruvchi hamda mazmunli.44 Ontologik yondashuv yosh omili va yoshga doir xususiyatlarni inobatga olishni talab etadi. Talabalarda xulq-atvor motivatsiyasinirivojlantirishning tarkibiy komponentlarini aniqlashtirishda ontologik yondashuv xususiyatlariga asoslanib faoliyat bosqichlarini belgilab olish lozim. O’smir xulq-atvori motivatsiyasi mazmunini o’rganishga doir olib borilgan tadqiqot ishi natijalarini e’tirof etgan holda, o’smir xulq-atvori motivatsiyasining takibiy komponentlarini quyidagicha belgilash lozim degan xulosaga kelindi
(1-rasm joylanadi).

Download 148.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling