D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining
Download 148.44 Kb.
|
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)
2-bob yuzasidan xulosalar
O’spirinlik davrida xulq-atvor motivatsiyasi shakllanishining psixologik xususiyatlarini emperik jihatdan o‘rganilishi deb nomlangan mazku bobimiz bo’yicha quyidagi xulosalarga kelindi: 1 Shaxsning psixologik salomatligi, himoyasi murakkab, ko’p darajali ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik va individual-shaxsiy mexanizmlarning mavjudligida namoyon bo‘lib, shaxs psixologik himoyasining shakllanishi, faoliyatining ba’zi yo‘nalishlari va asosiy darajalari tadqiqi o‘z navbatida uning tizim sifatida xarakterini tasavvur qilishga imkon beradi. 2. Shaxs ongining chetdan boshqarilishi va axboriy ta’sirning emiruvchi oqibati, ta’siriga nisbatan immunitetni shakllantirishda, psixologik qaramlik, insonning manipulyatsiya etilishi, ongning nazorat qilinishi profilaktikasida eng asosiy e’tibor tanqidiy tafakkur va refleksiyani rivojlantirish, ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim. 3. O‘smir yoshidagi o‘quvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda ta’lim jarayonida nafaqat bilim, ko‘nikma, malakalarini takomillashtirishga, balki interaktiv usullardan, psixologik o‘yin va mashqlar, treninglar, munozaralar, rolli o‘yinlar, debatlardan foydalanish lozim. 4. O‘smirlar tarbiyasida ota-onalar, o‘qituvchilar, ijtimoiy institutlar shaxsning insonparvarlik xususiyatlari, axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish bilan birga, xulq-atvoriga e’tibor berilishi, tashqi ta’sirlarga berilish ehtimolini o‘rganishi muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 5. Jamiyatning psixologik holati tahlili natijasida turli ijtimoiy, etnik guruhlardagi ijtimoiy-psixologik iqlim fuqarolarning hayot, o‘tmishi va kelajagiga munosabat xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy voqelik idrok etilishiga, xulq-atvor xususiyatlarining tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. 6. Umumiy o‘rta ta’lim jarayonida o‘smir yoshidagi o‘quvchilar sanogen tafakkurini rivojlantirish mexanizmlari: o‘qitish jarayonida sog‘lom tafakkur ta’sirchanligini o‘rganish, tahlil qilish va shu orqali ularga psixik ta’sir ko‘rsatish; jarayonlarning borishi va ularning natijalarini aniqlash; olingan natijalarni tahlil qilish va korreksiya(to‘g‘rilash)ni amalga oshirish muhim. 7. Ijtimoiy-psixologik omillaridan: oilada ma’naviy sog‘lom muhitni yaratish, bolaga uning shaxsi shakllanishiga yordam berish, ma’naviy dunyoqarashni boyitishda bolani yoshligidan o‘qib o‘rganishga odatlantirish; yoshlikdan halollik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik fazilatlarini, inson qadr-qiymati, vafo, sadoqat, sabr-qanoat, shukronalik tuyg‘ularini shakllantirish; o‘g‘il bolalarga xaqiqiy eryigitlarga xos xususiyatlarni, qiz bolalarga ayollarga xos sharm-xayo, andisha, kamtarlik, milliy qadriyatlarga sadoqatni singdirish lozim. 8. O‘rganilgan tadqiqotlar tahlili natijasidan shunday xulosaga kelindiki, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’limda o‘smirlar bilan ishlaydigan psixologlarning sonini oshirishni davr taqozo etmoqda. Chunki, har bir ta’lim muassasasida mutaxassis amaliyotchi psixolog faoliyat yuritmas ekan, yoshlar tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lganlarning psixologik bilimdonligi oshirilmas ekan, kutilgan natijaga erishish qiyin kechadi. Download 148.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling