D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining


Download 148.44 Kb.
bet18/22
Sana24.04.2023
Hajmi148.44 Kb.
#1393790
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)

3-bob bo’yicha xulosalar
Xulq-atvor motivatsiyasining o‘quvchilar ijtimoiy faolligiga ta’sirini
empirik jihatdan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan mazkur
bobimizda quyidagi xulosalarga keldik:
1.O‘quvchilarda xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirish
darajasining psixologik omillari ularda bir qancha xususiyatlar
ya’ni, muvaffaqiyat motivi, sanogen tafakkur darajasi, ijtimoiy
fikr, tobelik, mustaqil, kirishimli va kurashuvchi shkalalari yuqori
nisbatni qayd etgani, aksincha xavotirlanish darajasi, odamovi va
kurashdan qochuvchi kabi psixologik faktorlar salbiy qiymatni
ko‘rsatayotganligi namoyon bo‘ldi.
2. Yuqori sinf o‘quvchilarida xulq-atvor motivatsiyasini
rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha
tadqiqot ishi bilan bog‘liq xususiyatlarni inobatga olgan holda
so‘rovnomadagi shkalalarning faktorli analiz bo‘yicha ko‘rsatkichlari:
xavotirlanish, muvaffaqiyat motivi, sanogen tafakkur darajasi,
ijtimoiy fikr, mustaqil va kirishimli kabi psixologik faktorlar
yuqori vaznni namoyon qilayotganligi, tobelik, odamovi, kurashuvchi va
kurashdan qochuvchi shkalalar esa pastroq faktorlarni
ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi.
3. O‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkur kognitiv
jarayonlarning optimal darajada ta’minlanishi va ijobiy aqliy
qobiliyatlarni shakllantirish uchun motivatsiya hosil qiladi.
4. Sanogen tafakkur rivojlangan kishilarda stressga
chidamlilik, havotirlanmaslik, ijtimoiy va psixologik
moslashuvchan, shaxslararo munosabatlarga oson kirishuvchan,
emotsional sohasini nazorat qila olish kabi shaxsiy sifatlar yuqori
darajada nomoyon bo‘ladi.
5. O‘smirning sog‘lom tafakkurga e’tiborni kuchaytirish
zarurligining asosiy sabablari: fan va texnika rivojlanishi
natijasida madaniyat, san’at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlarning o‘zgarayotgani; ommaviy axborot ko‘lamining kengayishi
tufayli o‘smirlar ongliligi darajasining ko‘tarilgani; o‘smirlarning
jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani; o‘smirlar bilan ishlashda
g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga alohida
yondashish zarurligi;
6. O‘quv jarayonida o‘quvchi yoshlarda sanogen tafakkur rivojlanishi
qo‘yidagi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan tizim orqali amalga oshiriladi:
tarbiyaviy ishlar inson tanasining takomillashishiga va sog‘lom
turmush tarzini shakllantirishga yordam beradi; diagnostika ishi
bolalar salomatligi darajasini (funksional holat va anomaliya,
hissiy charchoqning ta’rifi) aniqlash lozim.
7. Psixoprofilaktik ish - o‘qitish, ta’lim va dam olish
tizimlaridan foydalanishning maqbul usullarini ishlab chiqish;
axloqni tuzatish ishlari, o‘zini-o‘zi takomillashtirish va psixikani
yaxshilash uchun ko‘nikmalarni shakllantirish lozim: hissiyotni,
xotirani, tasavvurni rivojlantirish; kuzatish, ichki erkinlik va
bo‘shashmaslikni rivojlantirish; kommunikativ va tashkiliy
ko‘nikmalar darajasini oshirish lozim.
8. Xulq-atvor motivatsiyasining nazariyasi va amaliyoti o‘zining asosiy
pozitsiyalarida ma’lum darajada tajribasiga ega bo‘lib, fenomenalogik
tajribalar uchun mavjud insoniy yondashuvlarni yengib aqliy haqiqatni
hisobga oladi. Tuyg‘ularni tushunish va davolashga qaratilgan ushbu
yondashuv shaxsga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kundalik hayotni ilmiy
falsafa darajasiga ko‘taradi.
Shu bilan birgalikda tadqiqotda qo‘llanilgan so‘rovnomalarning
o‘zaro korrelyatsion jihatlari xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishga
xizmat qilishi va o‘rta darajada aloqadorliklarni namoyon
qilganligini ko‘rishimiz mumkin.


XULOSA
O‘smir o‘quvchilarda xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, psixologik mexanizmlari, omillari va qonuniyatlari kiritilgan natijalar ilmiy tadqiqotimizning nazariy va amaliy qismlaridan kelib chiqib, biz quyidagi umumiy xulosalarni ilgari
surdik:
1. O‘smir o‘quvchilarda xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishning
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, hamda bu borada zamonaviy
ilmiy-amaliy tadqiqotlarning psixologik omillarini nazariy
jihatdan tahlil qilish, xalq ta’limi muassalarida sanogen tafakkur
bilan bog‘liq jarayonlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
2. Xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishni psixologik jihatdan
o‘smir yoshdagi yuqori sinf o‘quvchilar misolida o‘rganish,
o‘quvchilardagi shaxslararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda tafakkur
xususiyatlarini o‘stirish, o‘quv jarayoniga nisbatan bilish
jarayonlarini mustahkamlash va shaxsning tafakkur xususiyatlari
bilan bog‘liq ko‘nikma-malakalarni shakllantirish xususiyatlari,
emotsional bilimdonlikni shakllantirish bilan bog‘liq
munosabatlarining psixologik omillari tadqiq etildi.
3. O‘smir o‘quvchilarda xulq-atvor motivatsiyasining namoyon bo‘lish
shakllariga oid zamonaviy psixologiyada yondashuvlar mavjudligi va
shu bilan birgalikdaxulq-atvor motivatsiyasi tafakkurning bir turi
sifatida o‘quvchilarning bilim olish ko‘nikmalarini rivojlanishiga
turtki bo‘luvchi omil sifatida talqin qilinishi hamda ta’lim
jarayonida ularda konstruktiv bilimlarning o‘sishiga, emotsional
bilimdonligining oshishiga va sog’lom psixik shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradi.
4. Yuqori sinf o‘quvchilarida xulq-atvor motivatsiyasining psixologik yuqoriligi, tafakkur xususiyatlari aniqlanib, ularda xavotirlanish darajasining yuqoriligi, xulq-atvor xususiyatlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ayniqsa, ta’lim jarayonidagi mashg’ulotlarni o’zlashtirishga nisbatan qobiliyatlarining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, o’smir yoshdagi o’quvchilarda emotsiona munosabatlarning buzilishlari ortib borishi muvaffaqiyatli ta’limga erishish imkoniyatini qiyinlashtiradi.
5. O‘smir o‘quvchilar xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirish jarayonini o‘rganishning har xil jihatlari aniqlanib, o’quv faoliyatini mustahkamlashda muvaffaqiyat motivining o‘rni muhim ahamiyat kasb etishi shuningdek, o‘quvchilarda o‘zlariga yanada ishonchning ortishi, emotsional bilimdonligining o‘sishi va tafakkur operatsiyalarining shakllanishiga imkoniyat yaratib beradi.
6. Yuqori sinf o‘quvchilari faoliyatida xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishning ijobiy psixologik jihatlari ta’lim
muassasalarida olgan bilim-ko‘nikmalari orqali sanogen tafakkur
darajasi yuqori miqdorni namoyon qilganligi, shu bilan bir qatorda
ijtimoiy fikrlarning ular uchun ahamiyatli ekanligi va barqaror
ravishda shakllanishi o‘smir o‘quvchilari o‘quv faoliyatida sanogen
tafakkur shakllanganligidan dalolat beradi.
7. O‘smir o‘quvchilar xulq-atvor motivatsiyasini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillar ya’ni xavotirlanish darajasi,
muvaffaqiyat motivi, sanogen tafakkur va ijtimoiy fikr kabi so’rovnomalar barqaror ravishda shakllanganlik, Q-sortirovka so‘rovnomasi shkalalari esa, nisbatan pastroq natija bilan salbiy
bahoni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi.
8. O‘quvchilarda xavotirlanish darajasi, muvaffaqiyat
motivi, sanogen tafakkur darajasi, ijtimoiy fikr, mustaqil,
kirishimli va kurashuvchi kabi psixologik xususiyatlar faktorli
analiz bo‘yicha asosiy psixologik faktorlarni namoyon qilganligi,
tobelik, odamovi va kurashdan qochuvchi shkalalar esa, salbiy
psixologik birliklarni tashkil etayotganligi namoyon bo‘lgan. O‘smir
o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining yuqoriligi
ularda sanogen tafakkur rivojlanishining ortib borishiga olib
keladi.
9. O‘smir o‘quvchilarning sanogen tafakkurini psixologik
jihatdan baholashda so‘rovnomalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik
jihatlari, shaxslilik xususiyatlari so‘rovnomalari va Q-sortirovka
tuzilmasi kabi psixologik xususiyatlar ijobiy darajada korrelyatsiya
aniqlanishi xulq-atvor motivatsiyasining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
10. O‘smir o‘quvchilarda xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot jarayonidan olingan natijalar ularni kelgusi kasbiy faoliyatiga qadam qo’yishda muhim sifatlarning ortishiga atrofdagilar bilan salbiy munosabatlarni odini olishga, emotsional bilimlarning o’sishiga va muvaffaqiyatli bilim-ko‘nikmalarning psixologik jihatdan rivojlanishiga samarali ta’sir qiladi.
11. Shaxsning xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishning mezonlarini belgiladik. Belgilangan mezonlar shaxs hayotining
holati va sifati, ijtimoiylashuv sharoitlari va uning hayotidagi
voqealarni o‘z ichiga oladi. Ushbu mezonlarni sanogen xulq-atvorni
belgilovchi omillar sifatida tanlashimizning ahamiyati shaxsning
ijtimoiy muhiti, hayot tarzi, faoliyat yo‘nalishlari va o‘z
ehtiyojlaridagi shart-sharoitlarni qay darajada tashkil qilishiga
bog‘liq.
Shunday qilib, tadqiqot natijalaridan yoshlar dunyoqarashi va
amaldagi ijtimoiy xulq-atvoriga ijtimoiy-psixologik omillar
ta’sir etishining ahamiyatli tomonlari o‘rganildi. O‘quvchilarning
insonparvarligi, ijtimoiy-xulqi psixologik nuqtai nazardan ko‘rib
chiqildi. O‘smirlarda xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirish kelajakda
davlatimiz taraqqiyotini yanada yuksak pog‘onalarga eltuvchi ruhan
kuchli, ma’naviy barqaror bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash imkonini
beradi.



Download 148.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling