24. Men ko‘pchilikka nisbatan izzattalab emasman.
25. Ta’til nihoyasida men odatda ishga qaytishimni o‘ylab, quvonaman.
26. Ishlagim kelgan paytlarda, men ishni boshqalarga nisbatan
yaxshiroq va sifatliroq bajaraman.
27. Men tirishib, sidqidildan ishlaydigan odamlar bilan tez
kirishib ketaman.
28. Men bekorchilik paytlarimda, o‘zimni behalovat his qilaman.
29. Men boshqalarga nisbatan ko‘proq mas’uliyatli ishlarni
bajaraman.
30. Men o‘zim qaror qabul qilishim kerak bo‘lganda, buni sitqidildan
yaxshi bajarishga intilaman.
31. Mening do‘stlarim meni ba’zan dangasa, deb koyishadi.
32. Mening yutuqlarim ma’lum ma’noda kasbdoshlarimga ham bog‘liq.
33. Raxbarning ra’yini qaytarish besamar ish.
34. Ba’zan qanday ishni bajarayotganligingni ham bilmaysan.
35. Ishim yurishmaganda, men betoqat bo‘lib qolaman.
36. Men odatda o‘z yutuqlarimga kam ahamiyat beraman.
37. Boshqalar bilan hamkorlikda ishlaganimda, mening ishim
boshqalarnikidanr samaraliroq bo‘ladi.
38. Ko‘pincha boshlab qo‘ygan ishlarimni oxiriga yetkazmaganman.
39. Men ish bilan unchalik band bo‘lmagan odamlarga havas qilaman.
40. Men xukmronlikka va amalga intilgan odamlarga havas qilmayman.
41. Men o‘zimning haqligimga ishonsam, haqiqatni isbot qilish uchun
har narsaga borishga tayyorman.
KALIT:
Quyidagi savollarga “HA” deb javob bergan bo‘lsa, 1 balldan
qo‘yiladi – 2, 3, 4, 5, 7, 8, 9, 10, 14, 15, 16, 17, 21, 22, 25, 26, 27, 28, 29, 30,
32, 37, 41- savollarga.
Quyidagi savollarga “YO‘Q” deb javob bergan bo‘lsa, ham
1 balldan qo‘yiladi – 6, 13, 18, 20, 24, 31, 36, 38, 39- savollarga.
Chalg‘ituvchi savollarga ball qo‘yilmaydi –1, 11, 12, 19, 23, 33, 34, 35, 40
To‘plangan ballar hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |