D. N. Baxraxning fikricha, ijro hokimiyati faqatgina ma’muriy huquqiy


Download 485.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi485.88 Kb.
#1052469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mamuriy huquq oraliq.

Moddiy-texnik shakllar- ommaviy boshqaruv organining huquqiy 
shakllarida belgilangan vakolatlarni, huquq va majburyatlarni amalga oshirish 
uchun zarur bo‘ladigan moddiy ajratnalar, ommaviy boshqaruv organining 
resurslari, kuch va vositalarining ajratilishi, foydalanishida o‘z aksini topadi. 
Masalan tuman soliq inspeksiyasi soliq tekshiruvlarida o‘z kuch va vositalaridan 
foydalanishi mumkin. Ba’zi yuridik adabiyotlarda, moddiy-texnik operatsiyalar 
tashkiliy harakatlardan farq qilgan holda, boshqaruv faoliyatining shakli sifatida 
ko'rib chiqilishi mumkin emasligi ko'rsatib o'tilgan. Chunki ular ko'maklashish 
(yordam berish) xususiyatiga egadir. Bundan tashqari, ular ijro hokimiyatini 
amalga oshirishni ifoda etmaydi; bu harakatlarni boshqaruv xodimlari emas, balki 
xizmat ko'rsatuvchi personal amalga oshiradi.
6
4-savol: Boshqaruv aktining xususiyatlari va belgilarini tahlil qiling.  
Boshqaruvning har qanday shakldagi akti qonun osti xususiyatiga ega bo‘ladi, 
ya’ni ular vakolatli davlat organlari tomonidan Konstitutsiya va qonunlarga 
asoslanib va ularni ijro etish maqsadida qabul qilinadi. A. G. Chernyavskiyning 
fikricha, davlat boshqaruv aktlari ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining boshqa 
shakllaridan farq qilgan holda quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
4
Birinchidan, boshqaruv aktlari-ijro etuvchi hokimyat yoki ma’muriy huquqning 
vakolatli boshqa subyektlari tomonidan qabul qilinadi;
5
Erkin Xojiyev, To'lqin Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. — Т.: «Fan va texnologiya», 2008. — 335 b. 
6
Erkin Xojiyev, To'lqin Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. — Т.: «Fan va texnologiya», 2008. — 335 b 


Ikkinchidan, boshqaruv aktlari –xulq-atvorni, ma’lum bir qoidani o‘rnatish va 
tatibga solish xususiyatiga ega;
Uchunchidan, boshqaruv aktlari ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga 
kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, boshqaruv akti ijro etuvchi hokimyat sohasidagi vazifa va funksiyalarning 
amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ma’muriy-huquqiy normalarni o‘rnatish 
hamda ma’muriy huquqiy munosabalarni vujudga keltirish, o‘zgartirish va bekor 
qilishga qaratilgan aktdir. Bundan tashqari, boshqaruv aktlari boshqaruv subyektlari 
tomonidan mamlakatning xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy va ma’muriy-siyosiy sohasiga 
kundalik va bevosita rahbarlik qilish jarayonida qabul qilinadigan akt. Alohida 
subyektlar tomonidan qabul qilingan aktlar alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Masalan, vazir o‘z buyrug‘i bilan tegishli sohada faoliyat yurituvchi barcha davlat 

Download 485.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling