D. Q. Usmanova


 Korxonalarning bosh byudjeti, uning tarkibi va tuzilish tartibi


Download 3.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/127
Sana21.07.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1661570
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

15.2. Korxonalarning bosh byudjeti, uning tarkibi va tuzilish tartibi. 
Bosh byudjetni tuzish investitsiya qilingan mablag‘lardan foydalanish 
samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi. 
Byudjetlarni tayyorlashda quyidagi smetalar tuziladi
53

a) moddiy xarajatlar smetasi; 
b) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi xarajatlari 
smetasi; 
v) ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar smetasi; 
g) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari smetasi. 
Ishlab chiqarish va savdo korxonalarining bosh byudjetini tuzishning yakuniy 
bosqichi kutilayotgan foyda yoki zarar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan smetani 
53
Xasanоv B.A., XashimоvA.A. Bоshqaruv hisоbi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 176 bеt. 


366 
tuzib chiqish hisoblanadi. Mazkur smeta quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘zida aks 
ettiradi: 
a) mahsulotlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan 
daromadlar; 
b) ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va materiallar xarajatlari; 
v) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning mehnat haqi 
xarajatlari; 
g) ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar; 
d) sotilgan mahsulotlar tannarxi; 
e) sotish va ma’muriy-boshqaruv xarajatlari; 
z) ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar.
Bosh byudjet korxonaning rahbarlari uchun muhim bo‘lib, rejalashtirilgan 
hisobot davrida ular oldida turgan maqsad va vazifalarni aniq belgilash hamda 
ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromadlar va xarajatlarning shakllanish 
jarayoni, hisob-kitob va to‘lovlar holatini doimiy ravishda kuzatib borishga imkon 
beradi. 
Bosh byudjetni tuzish investitsiya qilingan mablag‘lardan foydalanish 
samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi. 
Korxonaning 
bosh 
byudjeti 
operatsion, 
investitsiya 
va 
moliyaviy 
byudjetlardan tashkil topadi. 
Operatsion byudjetning asosiy maqsadi moliyaviy mablag‘larning taxminiy 
manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilab berishdir.
Sotish xarajatlari byudjeti strategik rejalashtirish asosida xaridorlar 
imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib vertikal hamda gorizontal tartibda 
tuziladi.
Investitsiya byudjeti korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq 
muddatli moliyaviy qo‘yilmalari rejasi hisoblanadi.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling