D. Q. Usmanova


Download 3.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/127
Sana21.07.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1661570
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

. INVESTITSIYALAR HISOBI 
Reja: 
6.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi 
 
6.2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi 
 
6.3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi 
 
6.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi 
Bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini 
xususiylashtirish jarayoniga, aksioner jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo‘shma 
korxonalar va shunga o‘xshaganlarni tashkil etishga asoslangan. Bu jarayonlar 
quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog‘langan: tijorat banklari, 
investitsiya va sug‘urta fondlari, birjalar, moliya – sanoat guruhlari, lizing 
kompaniyalari, maslahat va auditorlik firmalari va sh. k.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari 
mavjudligini alohida etirof etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish 
tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
22
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda qimmatli qog‘ozlarni tasarruf 
etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa xarajatlari 
tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit 
muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalada 
bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner 
jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va 
boshqalar kiradi. 
Aksiya – aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat 
tugatilganda mulk qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner 
jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli 
22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar 
to‘g‘risida» gi farmoni. 1995 yil 7 sentyabrdagi; 2015 yil 11-yanvardagi 274-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar. 
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida» gi Qonun. 2008 yil 22 iyul.


176 
qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati 
davomida harakatda bo‘ladi. 
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner 
jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga 
binoan
23
, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aksioner 
jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya», 
uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan 
aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning 
kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh 
buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav kapitalining 
hajmi. 
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul 
milliy va xorijiy valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa 
aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin. 
SHaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan 
aksiyalarga bo‘linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida 
ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini 
aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning 
ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega 
bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir. 
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va 
imtiyozliga bo‘linadi. Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda 
qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan 
miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash 
huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini 
bermaydi, lekin korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi 
23
O‘zR VM 1994 yil 8 iyundagi 285–sonli qarorining 1 ilovasi; 2015 yil 23 sentyabrdagi 274– sonli O‘zR VM 
qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar. 


177 
navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday 
hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi. 
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aksioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb 
qilish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. 
Obligatsiya – uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal 
qiymatini to‘lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aksioner jamiyati yoki 
korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi. 
SHaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va 
ko‘rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala 
doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo‘linadi. Obligatsiyalarni har qanday mulk 
shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan olingan pul 
faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin. 
Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali 
tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag‘lar tegishli Respublika yoki mahalliy 
budjetga o‘tkaziladi. Bular faqat ko‘rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir. 
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib 
borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo‘la berilishi 
mumkin. 
Omonat 
sertifikatlari 
– kredit muassasalarining pul mablag‘larini 
deponentlangani to‘g‘risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi 
omonat sertifikati muddati o‘tgandan so‘ng depozit summani va uning foizini olish 
huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat 
sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan bo‘ladi. Ko‘rsatuvchiga 
berilgan sertifikatlar muomalada bo‘lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi 
– sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikat debitor va 
kreditorlar o‘rtasida hisob – kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar 
bo‘yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to‘lanadi. 
Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo‘lsa, shu muddat tugagach, unda 
ko‘rsatilgan summani to‘lashni so‘zsiz talab qilish nafaqat hisob-kitobning qulay 


178 
shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko‘rsatilgan pul 
shu vaqtning o‘zida to‘lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. 
Bu vaqt ichida vekselda ko‘rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida 
bo‘ladi. 
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo‘lib, u qat’iy belgilangan shaklda 
tuziladi. O‘z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so‘zsiz pul majburiyatlari deb 
ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir. 
So‘zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir 
shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni 
to‘lashga tegishli tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi. 
Veksel bo‘yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida 
qanday asosga binoan berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi 
faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha. 
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa 
korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida 
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin. 
Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki 
xizmat ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi. 
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor 
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan 
muddatda 
so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan 
rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan 
kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib 
hisoblanadi. 
O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor 
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan 
muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. 
Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan 
haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. SHunday qilib veksel beruvchi 
kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to‘lovchi bo‘lib 


179 
hisoblanadi. Odatda o‘tkazma vekselni ushlovchi bo‘lib uchinchi shaxs 
hisoblanadi. Vekselda ko‘rsatilgan summani qarzdor to‘lovchi uchinchi shaxsga 
to‘lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani 
remitentga to‘lanishi, ular o‘zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi 
oldida qanday majburiyatlari borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to‘lash 
majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog‘liq bo‘lib, 
hech qanday keyingi veksellar uni o‘zgartirmaydi. SHu munosabat bilan veksel 
beruvchi o‘tkazma vekselni o‘zi-o‘ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab 
o‘tkazuvchi bo‘yicha majburiyatda ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir 
tomondan – qarzdor to‘lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o‘zida ham 
veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo‘lgan kreditor. Keyinchalik veksel 
saqlovchi o‘z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o‘tkazib berishi 
mumkin. O‘tkazma veksel to‘lovchi tomonidan akseptlanishi kerak va faqat 
shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi. 
 

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling