D. R. Babayeva


Ularni qanday asrab- avaylash zarur?


Download 0.9 Mb.
bet103/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Ularni qanday asrab- avaylash zarur?

  • Kitob - o‘quvchilarning eng aziz do‘sti, ular bolalarga bi­lim beradi. Kitob haqida qanday topishmoqlar yoki hikmat- li so‘zlarni bilasiz? (A.Navoiy «Olamda kitobdan aziz do‘st yo‘qdir», «Qat-qat qatlama, aqling bo‘lsa tashlama», «Kito- bim-oftobim»).

  • Suratda kimlarni ko‘ryapsiz?

  • Bolalar gullarni kimlarga taqdim etyaptilar?

  • Ilk bor maktabga chiqayotgan bolalar ota-onalari bilan chiq- yaptilar, ko‘ryapsizlarmi? Nima uchun shunday deb o‘ylaysiz?

  • Qizchaning qo‘lida nima bor?

  • To‘g‘ri, qizchaning qo‘lida qo‘ng‘iroqcha bor. Siz ham mak­tabga chiqqaningizda maktabda 1-qo‘ng‘iroq chalinadi. 1-qo‘ng‘iroq siz uchun esda qoladigan qadrli daqiqalar bo‘lib qoladi. Siz bu daqiqalarni bir umryodda saqlaysiz.

    Jismoniy daqiqa (ixtiyoriy):

    Hozir mana shu surat bo‘yicha hikoya tuzamiz.

    Bolalar avval o‘quvchi-bolalar maktabga kelgunlariga qadar ular nima qilganliklari haqida, keyin suratda ko‘rayotganlari haqida so‘zlab beradilar (5-6 ta bola hikoya qilishga chaqiriladi).

    Agar bolalar surat tasviridan oldingi voqealarni o‘ylab topishga qiynalsalar, tarbiyachi ularga oldindan tayyorlab qo‘yilgan namuna- sini beradi. Masalan: quyoshli sentabr kunlarining birida o‘g‘il va qiz bolalar maktabga borishga tayyorlanishdi. Kechqurun ular pap- ka va o‘quv qurollarini tayyorlab qo‘yishdi. Salim erta turdi. Uning oldiga o‘rtog‘i Nodir keldi va ular tanish yo‘ldan maktabga ketdilar (keyin bolalar suratda tasvirlangan voqealar haqida so‘zlab beradi­lar). Tarbiyachi hikoyaning tugallanganligini nazorat qilib turadi.

    1. 6 ta bolalarning hikoyalari tinglanadi.

    Tarbiyachi: Bolalar siz maktabga borishni xohlaysizmi?

    Qani, «Men maktabga boraman», degan gapni maktabga borishni xohlayotganingizni va xursandligingizni bildiradigan holatda ayting- chi (5-6 ta bolalardan so‘raladi). Mashg‘ulot bolalarni rag‘batlantirish bilan yakunlanadi.

    Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

    • 2-sentabr qanday kun?

    • Kitob haqida qanday topishmoq, hikmatli so‘zlarni bilasiz?

    • Kimning hikoyasi sizga yoqdi? Nima uchun?


    1. Download 0.9 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   140




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling