D. R. Babayeva


Download 0.9 Mb.
bet128/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Reja:

  1. Bolalar nutq madaniyatining o‘sishida oilaning o‘rni.

  2. Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorlikda bolalarni tarbiyalash.

  3. Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari.

Tayanch tushunchalar: yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonli- lik ijtimoiy burch, nutq etiketqoidalari, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy qiyofa, umumjamiyat talablari , xulq-atvor, iroda, xarakter va dun- yoqarash, xayr-ehson, saxovat va muruvvat, treninglar, munozaralar, testlar, topshiriqlar, savolnomalar, interfaol metodlar, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya ,nafosat tarbiyasi.

  1. Bolalar nutq madaniyatining o‘sishida oilaning o‘rni. Bi-

rinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan 2016-yil - «Sog‘lom ona va bola yili» deb nomlanishidan maqsad sog‘lom nasl, sog‘lom muhit, sog‘lom oila, sog‘lom bola kelajagini ta’minlash, ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalarining hamkorligi hamda bir-bir- lariga bo‘lgan munosabatlarini yaxshilashdir.

O‘zbek oilasining o‘ziga xos, betakrorligi - nutq etiket qoidalariga intilish kabilarning barhayotligidadir.

Bolalarning ta’lim-tarbiyasiga, bilim olishiga asosiy zamin yara- tuvchi maskan oiladir. Bolalarda insoniylik, avvalambor, oilada, ota- onalardan ibrat olgan holda shakllanadi. Ota-ona bolaga boshidan ta’lim-tarbiyani, nutq madaniyatini, odamiylik xislatlarini qunt bilan singdirib borsalar, yetuk, barkamol, sog‘lom, mustaqil fikrlovchi, eng asosiysi, odobli shaxs bo‘lib yetishadilar.

Inson hayotda bilim olishga intilishni, Vatanni sevishni, ardoq- lashni, kattalarni hurmat qilishni, muomala madaniyatini ota-onadan o‘rganadi. Oila birinchi navbatda ta’lim-tarbiya maskani hisoblanadi. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy-madaniy tarbiya berishning yo‘llari va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida bolalarning nutqi, muomalasi alohida o‘rin tutadi. Farzand ota-onaning baxti va boyligi hisoblanadi, ota-onalaming bolalarni sevishi, o‘z navbatida bolalarning ota-onalari- dan o‘rgangan, eshitgan muomalalari, so‘zlashish madaniyati bolalar­ning ota-onalarini astoydil hurmat qilishi oila ko‘rki bo‘lib hisoblangan.

Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim metodlaridan biri hisoblangan. Ota-onalaming o‘zaro bir-birlari bi­lan suhbatlashishi, ovozlarining past-balandligi, sizlab gaplashishlari, bir-birlarini tinglashlari, yurish-turishlari, munosabatlarining ta’siri ostida o‘sib-ulg‘ayishlari shular jumlasidandir.

Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim metodlaridan biri hisoblanadi. Bolalarni yuksak axloqli va odobli qilib tarbiyalash qadim zamonlardanoq, barcha xalqlarning orzusi, istagi bo‘lib kelgan. Ota-ona o‘z bolalarida mehnatsevarlik, kattalarga hur­mat, o‘zidan kichiklarga shafqatli bo‘lish va g‘amxo‘rlik qilish, yovuz- likka nafrat kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishga harakat qilganlar.

Ba’zi oilalarda ota-onalaming o‘zaro kelishmovchiliklari sababli bo- lalar hayotda juda qiynaladilar. Bunday oilalarda bo‘lib turadigan janjal- to‘palonlar, haqoratli so‘zlar oilada o‘sib kelayotgan farzandlarga katta ta’sir etadi. Bolalarda ota-onasiga bo‘lgan hurmat yo‘qoladi. Bola yurish- turish va o‘zaro munosabat qoidalari, yoshlarning ota-ona va kattalar ol- didagi burchi, mehnati, kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqi- dagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oiladan oladilar, odob hamda ma’naviy hayot oilada uyg‘onadi. Shuning uchun ota-onaning jamiyat oldidagi eng katta va birinchi vazifasi farzandlarning qobiliyatlari va qizi- qishlariga e’tibor bergan holda ularga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berishlaridir.


  1. Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling