D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
I bob. DAVLAT KADASTRI TUSHUNCH.ASI, TURLARI VA XUSUS1YATLARI
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
I bob. DAVLAT KADASTRI TUSHUNCH.ASI,
TURLARI VA XUSUS1YATLARI Davlat kadastrining hoshqa turdosh fanlar bilan hog'liqligi va lining tarixiy rivojlanishi Tayanch iboralar: kadastr, soliq tizimi, ko'chmas mulk, yer uchastkalari, aholi yashash joylari. Davlat yer kadastrini yuqori saviyada o‘zlashtirish uchun tala- balar, asosan, «Geodeziya», «Kartografiya», «Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari», «Huqushunoslik», «Iqtisodiy matcmatik modellashtirish», «Bino va inshootlar kadastri», «Shaharsozlik asoslari», «Aholi yashash joylari kadastri», «Ko'chmas mulk kadastri», «Shahar hududini rejalashtirish va obodonlashtirish» kabi bir necha fanlami inukaminal o'zlashtirishlan zarur. Ekin yerlari haqida ma’lumotlami to'plash, undan, asosan, soliq solish maqsadida foydalanish tarixi 5000 yillar nariga borib taqaladi. Bu borada gcodeziya fanining paydo bo'lishi tarixiga murojaat qilishning o‘zi kifoya. Qadimda ham, o'rta asrlarda ham barcha mamiakatfarda ekin maydonlariga soliq solish odat tusiga kirgan. Zero, davlat qudrati soliqqa bog'liq. Ishni bajarish uchun esa foydalaniladigan ycrlar o‘lchangan va hisobga olingan. Demak, yer hisobi, undan olingan hosil hisobi bo'lgan. Rum kadastri haqidagi ma’lumotlar eramizdan oldingi V asrlarga mansub Angliyada yer solig‘i 991-yildan boshlab joriy etilgan. 1066- yilda esa kadastr tuzilgan. Fransiyada birinchi kadastr «hisob-kitobi» 1269-yildan boshlab yozilgan. Yer kadastrining qo‘llanilishi, yer maydonlarini o‘lchash bilan doimiy ravishda tizviy bog'liq bo'lib kelgan. Vaqtning o'tishi bilan yer kadastrining usul va shakllari tarixan o'zgarib kclgan. Har bir davrning kadastri hukmron sinfning manfaatini ifodalagan. Qa- dimda ham, o'rta asrlarda ham barcha mamlakatlarda ekin may- donlariga soiiq solish odat tusiga kirgan. Chunki, har bir davlatning qudrati soliqqa bog'liq bo'lib, foydalanadigan yerlar o'lchangan va hisobga olingan. Yer kadastri Qadimiy Rimda mavjud bo'lib, yerdan olinadigan soliqlar belgilanib borilgan. Qadimiy Misr va Vizannya mamla- katlarida yer resurslarini hisobga olish va yerlarning haqiqiy bahosini belgilash uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanilgan. Sharqiy Yevropada yemi ilk bor kadastrli baholash XVIII asr- ning boshlarida amalga oshirila boshlangan. Yevropa mamla- katlarida ko'rgazma sifatida «Milan kadastri» deb nomlangan dastur qabul qilingan. Ushbu dasturda kadastrning quyidagi vazifalari ko'rsatilgan edi: har bir yer uchastkalarining rejalari tuziiib, yer maydonlarining chegaralari, yerlarning sifati, yerdan olinadigan o'rtacha hosildorligi va olinadigan sof foyda miqdori aniqlanib borilgan va kadastr kitobiga kiritilgan. Angliyada yer solig'i 991-yiIdan boshlab joriy etilgan. Fransiya- da birinchi «Kadastr hisob kitobi* 1269-yildan boshlab yozila bosh lagan. 1790-yiIda Fransiyaning Milliy majlisi tomonidan o'ta nomu- tanosib bo'lgan soliqlar bekor qilinib, har bir yer uchastkalaridan olingan sof foydaga nisbatan yer solig'ini olish qabul qilindi. Boshida baholash komissiyasi tomonidan yer egalarining ftkrlari bilinib, haqiqiy yer holati aniqlangan hamda qo'shimcha soliqlar belgilanib, daromad miqdoriga qarab teng ravishda taqsimlangan. Ammo sof vijdonlilikka qaratilgan hisob-kitoblar o'zini oqlamadi. Shu sababli 1798-yilda bu mamlakatda yemi baholashning yangi usuli belgiiandi: ya’ni yemi baholash baholovc hi laming vijdoniy- ligiga qarab emas, balki sof foydant aniqlash orqali amalga oshiriladigan bo'ldi. Mamlakatning har bir joylaridan bir nechta yer uchastkalari ajratilib olinib suralga tushishlar va yerlar baholanar edi. Tez orada yerlarni suralga olish va baholash tanlab emas, balki barcha yer uchastkalarida amalga oshirila boshlandi. Bu esa, ular orasida soliqlarni teng ravishda bo'linishiga imkon yaratdi. Shu sababli 1807-yilda qabul qilingan qonunga asosan *partsellar»\\ yer uchastkalarini «hisob-kitob» qilish kadastriga o’tildi. Yer uchastkalari to‘liq suratga tushirilib. rejalari tuzilgandan keyin, hujjatlar baholash-ekspert komissiyasiga beriigan. Baholash ekspertlari yeming haqiqiy holatini ko'zdan kechirib, yeming sifati- ni, qaysi ekin turi ekilishini va qaysi sinfga mansubligini aniqlab, o‘rtacha sof foyda miqdorini belgilab bergan. Bunda qishloq xo'jalik mahsulotlarining bahosi keyingi 15 yildagi o‘rtacha miqdoriga qarab olingan. Kadastr xizmatiga Moliya vazirligi rahbarlik qilgan. Kadastr bilan shug'ullanuvchilar ikki guruhga bo'lingan: birinchi guruhga yerni o'lchab beruvchi geometrlar, ikkinchisiga soliq nazoratchilari va yerlami sinflarga bo'luvchi shaxslar kirgan. Avstriyada yer kadastri XIX asrning birinchi yarmida ilk bor o‘tkazilgan. LI paytlarda bu mamlakatda qonuniy ravishda yerlami chegaralash kadastr bilan bog'liq emas edi. Kadastr tomonidan beriigan ma’lumotlar asosida soliqlar bulinar va har bir shaxsga yetkizilar edi. Fransuz va Avstriyaliklarning eng katta va asosiy kamchiliklari shundan iborat ediki, ular har bir yer uchastkalari uchun maxsus murakkab ishlab chiqilgan la'riflar asosida yerlami baholaganlar. Shuning uchun kadastmi kiritish ishlari bu davlatlarda uzoq mud- datga cho'zilgan. Prussiya kadastrini tashkil etishda sezilarli darajada olg‘a ketildi, uni amalga oshirish uchun atigi 4 yil zarur bo‘ldi, xolos. Bu mamlakatda soliqlarning teng ravishda bo'linishiga sabab har bir yer maydoni birlik sifatida qabul qilinib, undan sof foyda olingan. Shuning uchun sof foydani aniqlashda har qaysi yer uchastka maydonini baholash zaruriyati kerak bo'lmadi. Yerlami baholashni amalga oshirish uchun mamlakat miqyosida mavjud bo‘lgan barcha yerlar suratga tushirilib, kadastr ishlari tez, arzon va juda sodda- lashtirilgan holda bajarildi. Eng asosiysi kadastrlash jarayoni yerlar bir lurlilikka olib kelinib va bir vaqtda baholashga erishildi, bu esa iqtisodiy taqqoslash uchun juda muhimdir. Keyinchalik Prussiya kadastri ko'rinishi jihatdan o'zgarib bordi, yer uchastkalarining chcgaralari qonuniy ravishda hujjatlashtirildi va kadastr kitobiga kiritilib borildi. Rossiya davlatida yerlarga kadastr ishlarini tatbiq etish 1842- yildan boshlanib, 20 yil davom etgan. Kadastr ishlarini o'sha davrda Rossiyaning davlat mulki vazirligining kadastr guruhlari amalga oshirgan. Ularyer maydonlarini toifalarga bo'lishda qishloq xo'jalik mahsulotlarining hosildorligi haqidagi ma’lumotlariga tayangan holda ish olib borgan. Rossiyada yerlarni baholashda o’rtacha hosildorlik so'rab- surishtirish yo'li bilan yoki to'g'ri nazorat qilish orqali aniqlanib, umumiy daromad miqdori belgilangan. Bundan ishlov uchun qilingan xarajatlar hisoblantb, har bir turdagi yer maydonidan olinadigan sof foyda aniqlangan. 1899-yilda Rossiyaning Davlat Mulki vazirligi yerni baholashning yangi qoidalarini kiritdi, uning asosiga shartli ravishda ishlov beriladigan yerlarni beshta klassifi- katsiyaga bo'lgan, ya'ni eng yaxshi yerlardan to eng yomon turdagi yerlargacha bo'lingan. Amerika Qo'shma Shtatlarida kadastrni joriy etish 1785-yildan boshlangan. Kadastr ishlarini boshqarish davlat tomonidan nazorat qilinib, ikki guruhga bo'lingan. Geodeziya xizmatidagi guruh vakil la ri, yerlarningchegaralarini, maydonlarini, ko'rilgan binolar- ning o'lchamlarini, hajmini aniqlash bilan shug'ullangan. Ikkinchi guruh xizmatchilari huquqshunoslardan iborat bo'lib, ular yer va ko'chmas mulk egalarining mulkka bo'lgan egalik huquqini aniqlashgan hamda maxsus kadastr kitoblariga kiritilib, sud idora- larida saqlangan. Amir Temurning «Temur tuzuklari» kitobida keltirilishicha yer maydonining miqdori, undan olinadigan hosil soliq miqdorini belgilagan. «Hisobga olingan ekin yerlari birinchi, ikkinchi va uchinchi jarib (bir jarib 958 kv metr ga teng) ekin yer qilib ajratilsin. Birinchi jaribdan olingan hosilning uch havori (I harvor 300 kg) ga yaqin, ikkinchi jaribdan olinganning ikki baravari, uchinchi jaribdan olinganning bir xavori yig'ib olingan. Buning yarmini bug'doy yarmini arpa hisoblab, bo’lib ikkisini dehqonga qoldirib, birinchisini olsinlar. Agar raiyat bu yo'sinda soliq to'lashga rozi bo'lmasa, u holda bir havor bug'doyga besh misqol (bir misqol 4,8 grammga tcng) kumush, bir havori arpasiga ikki yarim misqol kumush miqdori narx qo'ysinlar. Shulardan boshqa qo‘- shimcha tarzda, ulardan hech qanday soliq talab qilmasinlar» deb yozilgan kitobda. Yuqorida keltirilgan ishlarni aniq va to'g'ri bajarish uchun albatta, ekin yerlari o'lchangan va hosil hisobga olingan. Agarda noto'g'ri ma’lumotlar yig'ilgan bo'lsa, xizmatchilar jazolangan. O'lchash natijalarini maxsus davlat daromadlari va yerlari bilan shug'ullanuvchi oliy mansabdorlardan iborai holisa deb ataluvchi hay’at tekshirgan. Holisa egasiz qolgan yerlarni obod qilishga yordam bergan. Amerika Qo'shma Shtatlarida kadastrni joriy qilish 1785-yildan boshlangan. Davlat qaromog'idagi geodeziya xizmati yerlarning chegarasi, maydonlari, unda qurilgan binolarning o'lchamlarini hajmini aniqlash bilan shug'ullanishgan bo'lishsa, huquqshunoslar esa yer va ko'chmas mulk egalarining mulkka bo‘lgan egalik huquqini aniqlashgan. Bareha hujjatlar maxsus mulkiy kitoblarda qayt etilib, sud idoralarida saqlangan. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling