D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Download 0.9 Mb.
bet4/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Kadastr turlari. Kadastr turlari ko‘p. Masalan davlat yer kadastri, davlat suv kadastri, davlat o'rmon kadastri, arxitektura obidalari va boshqa yuzdan ortiq davlat kadastrlarining turlari bor.
Ushbu kilobda davlat yer kadastri, bino va inshootlar kadastri va shahar kadastrini ko'rib chiqamiz.
Davlat yer kadastri. Yer uchastkalari haqidagi ma’iumotlar yig‘indisi. U, kitob tarzida kartoteka yoki ma'lumotlarning tizimi tarzida tuzilgan. Yer kadastri, yer uchastkalarining tartib raqamlari, tavsifl, yer egalari haqida ma’iumotlar to'plangan bo'ladi.
Davlat yer kadastrida esa, asosan, yerlarning tabiiy xo'jalik, huquqiy holatlari haqida ishonchli ma’iumotlar to'planadi. Davlat yer kadastrida yer egalarining ro'yxati, yerning miqdori, uning sifati, tuproq bonitirovkasi, yerning iqtisodiy bahosi ko'rsatiladi.
Ko‘chinas inulk kadastri. Barcha yuridik idoralar va jismoniy shaxslarga mansub bo'lgan binolar va inshootlar davlat hisobiga olinib, kadastr ro'yxatiga kiritiladi. Ko'chmas mulk kadastri yuridik kuchga ega bo'lgan hujjatdir.
Shahar kadastri. Shahar hududida mavjud bo'lgan obyekt- larning huquqiy, xo'jalik, tabiiy va iqtisodiy holati haqidagi ma’iu­motlar to'plamidir. U shahaming rivojlanishini va kunlik faoliyatini ta’minlaydi va shahar muhitining vaqt o'tishi bilan yuz berayotgan o'zgarishlarni hisobga oladi.
Yuridik kadastr. Ko'chmas mulkka bo'lgan mulkni huquq haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan va bu huquqlami ro'yxatdan o'tkazishni taminlaydigan axborot tizimi yuridik kadastr deyiladi. Davlat yer kadastri, asosan, ikki tuiga bo'linadi: asosiy (birlamchi) va joriy (kundalik).
Asosiy yer kadastrining vazifasi yer maydonlarining tabiiy, xo'jalik hamda huquqiy holatlari to'g'risida ma’lumotlami birlam­chi sifatda olish va ularni yer kadastri hujjatlarida yoritishdan iborat. Asosiy yer kadastri davriy ravishda yer maydonlarini qayta tasvirga olishdan, yerlarning holatini kuzatuvdan, yer baholash ishlarini bajargandan so'ng, yangi yerdan foydalanuvchilar yoki yer mulkdorlari tashkil etilganda, shuningdek, qaytadan tasdiq- langan yer kadastri hujjatlarini navbatdagi to'ldirish chog'ida o'lkaziladi. Asosiy yer kadastrida yerdan foydalanuvchilarning umumiy maydonlari, yer turlarining tarkibi, yerlarning sifat holati, tuproqlarning bonitet ballari va yerlarning iqtisodiy baholari to'g'risidagi ma’lumotlami o'zida materiallarva hujjatlarto'planadi, bir tizimga kekiriladi va tahlil qilinadi. To'plangan materiallar chuqur o'rganiladi, ularning to'liqligi aniqlanadi va obyektivligi tekshiriladi. Zarur hollarda mavjud materiallar tahlil qilinadi yoki mavjud bo'lmagan ma'lumotlarni olish uchun qo'shimcha ishlar bajariladi. Asosiy yer kadastri yer fondining holati to'g'risida aniq ma’lumotlar beradi.
Yer maydonlan to'g'risida bunday aniq ma’lumotlarning mav­jud bo'lishi kelgusida undan oqilona va samarali foydalanish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Yer turlari va ularning tarkibi maydonlar bo'yicha doimo o'zgarib turadi. Ushbu yer kadastri ma’lumotlarini shu kunning talab darajasiga bo'linishini ta’minlash uchun o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlab borish hamda yer kadastri hujjatlarida yoritib borish kerak. Bu esa, o'z navbatida, joriy yoki kundalik yer kadastrini yuritib borish zaruriyatini lug'diradi.
Joriy yer kadastrining vazifasi asosiy yer kadastri o'tkazilgandan so'ng yer maydonlaridan foydalanishda ro'y beradigan o'zga- rishlarni aniqlash va ularni yer kadastri hujjatlariga tushirishdan iborat. Bundan tashqari, boshlang'ich yozuvlardagi xatolarni tuzatish va zamon talablariga mos qo'shimcha ma’lumotlami ham kiritish joriy yer kadastrining vazifasiga kiradi.
Asosiy va joriy kadastr o’zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan yer kadastrining bosqichlaridir. Asosiy kadastr joriy kadastmi yuritish- ga zamin yaratadi. Joriy kadastr, asosiy kadastr ma’lumotlarini yangilangani va to'ldirilgani holda yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli tarzda shu kunning talabi darajasida ushlab turadi. Shu sababli ham joriy yer kadastri bo'yicha ishlar asosiy yer kadastri ishlari tugagandan so‘ng birdaniga tashkil etilishi zarur.
Yer kadastri ma’iumotiarining aniqligi yer tuzish, o'rmon tuzish, tasvirga olish va kuzatuv materiallarining sifatiga bog'liq. Joriy yer kadastri ishlarida asosiy yer kadastri materiallaridan foydalaniladi.
Ma’lumki, asosiy va joriy yer kadastri ularning mazmuni va rnohiyatiga mos holda yer kadastri hujjatlarida yoritiladi. 0‘zlarining mohiyatiga qarab yer kadastri hujjatlari matn-yozuv va grafik- chizma turlariga boJinadi. Matn-yozuv hujjatlari kitob, qaydno­ma, tushuntirish xatlari ko‘rinishida bo'Iib, yer kadastri ma’lu- motlari natural ko'rsatkichlarda yoritiladi. Grafik-chizma hujjatlari '■ bu yer kadastri ishlari o'tkazilayotgan hududni ma’lum mas- shtablarda qog‘ozda aks ettirilishi asosida olinadigan turli plan- xaritalar, chizmalardir.
Matn va grafik — chizma hujjatlar o'rtasida doimiy ravishda uzviy bog’liqlik mavjud. Matn hujjatlar, odatda, grafik hujjatlardagi ma’lumotlar asosida toldiriladi va aksincha.
Yer kadastri hujjatlari mazmuni va mohiyati bo'yicha asosiy, yordamchi, birlamchi hujjatlarga bolinadi. Asosiy yer kadastri hujjatlari 0'7 navbatida hisob-kitob va hisobot turlariga bo'linadi. Ma’muriy tuman (shahar) bo'yicha yer kadastrining asosiy hisob- kitob hujjati — bu tuman (shahar) davlat yer kadastri kitobidir. Ushbu kitobda, odatda, tuman (shahar) bo‘yicha barcha yerdan foydalanuvchilar yer mulkdorlarining ro'yxati, yerlarning miqdor va sifat hisobi, tuproq bonitirovkasi hamda yerlarni iqtisodiy baholash ma’lumotlari qayd qilinadi. O‘z mohiyati bo'yicha ikkinchi muhim hisob-kitob hujjati — bu tumanning navbatchi kadastr xaritasidir.
U tumanda mavjud bo'lgan barcha ycrdan foydalanuvchilar, yer mulkdorlari va boshqa birliklarni ma’lum masshtabdagi xaritada hududiy joylashuvi bo‘yicha aniq tasawur beradi. Yer kadastrining asosiy hisobot hujjatlari - bu tuman (shahar), viloyat yer balansi milliy hisoboti.
Yerdan foydalanuvchilarning asosiy kadastr hujjatlari - bu barcha yerlardan foydalanishni hisobga olib boradigan hamda ularda yuz beradigan o‘zgarishlarni davriy ravishda tizimli tarzda yoritadigan hujjatlardir. Bunga, asosan, yerlardan foydalanish huquqlarini beruvchi daviat dalolatnomalari, yerga mulk huquqini tasdiqlovchi guvohnoma, korxona, muassasa va tashkilollarning yer kadastri kitobi va yerdan foydalanuvchilarning turli mazmun- dagi plan-xaritalari kiradi.
Yordamchi yer kadastri hujjatlariga. asosan, ishchi daftarlar, yer mulkdorlari, yerdan foydalanuvchilar ro'yxati, hisobotlar va ularga ilovalar, tushintirish xatlari, ocherklar, kartogrammalar, diogrammalar kiradi. Ular asosiy yer kadastri hujjatlarida kelti- riladigan ma'lumotlarni to'ldiradilar.
Asosiy yer kadastri hujjatlariga yer kadastrini yuritish uchun birlamchi hujjat ma’lumotlaridan foydalaniladi. Boshlang'ich tarzda yer kadastrini yuritish hamda joriy o'zgarishlarni kiritishda ham birlamchi hujjatlar asos bo‘ladi. Bunday hujjatlarga, asosan, yer luzish, o'rmon tuzish, maydonlarni tasvirga olish, yerlarni yo'qlama qilish, yer va ekin turlarini maxsus asboblar yordamida nazoratli o'lchov, tuproq, agrokimyo, geobotanik va meliorativ kuzatuv materiallari, yerdan foydalanishda ro‘y bergan o'zgarish- larni o‘lchov natijalari bo‘yicha materiallar, tuproq bonilirovkasi va yerlarni iqtisodiy baholash, maydonlar yuzalarini hisoblash qaydnomalari kabilar kiradi.
Asosiy yer kadastri hujjatlarida yuqoridagilar bilan birgalikda yer kadastri ma’lumotlarini qonuniy ravishda tasdiqlovchi unga huquqiy asos bo'ladigan hujjatlar ham zarur. Bularga, asosan. «Yer kodeksi», «Daviat yer kadastri to‘g‘risida»gi va «Daviat ka- dastrlari (o‘g*risida»gi qonunlar, Vazirlar Mahkamasining viloyat va tuman hokimiyatlarining yer munosabatlarini tartibga solish va yerdan foydalanish sohalaridagi qarorlari kiradi.
Лazorat uchun savollar

  1. Kadastr» so'zining ma’nosi nima?


  2. Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling