D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini zaxira qilish


Download 0.9 Mb.
bet48/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini zaxira qilish. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud- lami tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan yer uchast- kalari zaxira qilinadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning zaxira qilingan yer uchas- kalaridagi faoliyati, agar bunday faoliyat mazkur uchastkalarda muhofaza qilish mo'ljallanayotgan tabiiy obyektlar va majmualar saqlanishiga xavf soladigan bo‘Isa, chcklanishi yoki taqiqlanishi lozim. Ana shu yer uchasikalarining yxiridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish va foydalanish yoki ijara uchun berishga faqai davlai ekologiya eksperiizasining ijobiy xulosasi bo'lgan taqdirda yol qo'yiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar reja va dasturlarni, yer tuzish sxemalarini hamda hududiy rejalashtirishni, shuningdek, tabiiy resurslami muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va ulaming faoliyat yuritishini tugatish Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonun hujjailarida nazarda tulilgan tartibda 0‘zbekision Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qayta tashkil etish ularning toifalarini o'zgartirish zarur bo'iganda amalga oshiriladi.
Bunda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qattiqroq rejimli toifadan yengilroq rejimli toifaga o'tkazilishiga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning faoliyat yuritishini tugatish bunday hududlar qaysi muddatga luzilgan bo'lsa, shu muddat lugaganidan keyin, shuningdek, tabiiy ofatlar hamda texnogen xususiyatdagi ta’sirlar natijasida ulardagi tabiiy obyektlar va majmualarmng qimmatliligi hamda noyobliligi yo’qolgan taqdirda amalga oshiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bu hududlarning toifalan va turlari, ularning jug'rotiy holati, miqdor va sifat xususiyatlari. ekologik, iqtisodiy, ihniy, ma’rifiy va boshqa jihatdan ahamiyati io‘g‘risidagi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar haqidagi, shu­ningdek, yer uchasikalarining ijarachilari va mulkdorlari haqidagi ma’lumollarni o‘z ichiga oladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud­lar davlat kadastri ularning rejimini ta’mmlash, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylash- tirishni rejalashtirayotganda mazkur hududlarni hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri 0‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qonun hujjat- larida belgilangan tartibda 0‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo mitasi tomonidan 0‘zbekiston Respub­likasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuntiladi. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastriga doir axborot belgilangan tartibda beriladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar har bir hudud bo'yicha pasport tuzadilar, unda mazkur hududni, uning rejimi va boshqaruvini tavsiflovchi ma’lumotlar ko'rsatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportini yuritish tartibi 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgila- nadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foyda- lanish bo'yicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yo‘na- lishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat organlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o'tkazilishi kerak. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi 0‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Tabiiy hududlarni muhofaza qilishni tashkil etish Davlat qo‘- riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari va davlat biosfera rezervatlarini muhofaza qilish qo‘riqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.
Qo‘riqlov xodimlari davlat qo‘riqxonalari. majmua (landshaft) buyurtma qoriqxonalari, tabiat bog'lari, davlat biosfera rezervatlari shtatida turadi hamda tabiatni rnuhofaza qilish davlat inspek- lorlarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadi.
Davlat buyurtma qo’riqxonalari va tabiiy pitomniklarni mu- hofaza qilish, bunday qo'riqxona va pitomniklar qaysi yuridik shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo’lsa, shu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tabiat yodgorliklarini rnuhofaza qilish, bunday yodgor- liklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Agar davlat buyurtma qo’riqxonalari va davlat tabiat yod- gorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan yer uchast­kalarida joylashgan bo’lsa, ularning rnuhofaza qilinishini ta’min- lash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.
Suvni rnuhofaza qilish zonalari, sohilbo’yi mintaqalari hamda yerusti va yerosti suvlarining hosil bo’lish zonalarini rnuhofaza qilish, ular qaysi qishloq va suv xo’jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida tashkil etilgan bo’lsa, shu qishloq va suv xo’jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Suv obyektlarining sanitariya muho- fazasi zonalari ichki ishlar organlari tomonidan qo’riqlanadi. Kurort tabiiy hududlarini va rekreatsiya zonalarini rnuhofaza qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo'ljallangan hududlar o’rmon qo’riqchilari va ovchilik xo’jaliklarining yegerlik xizmati tomonidan rnuhofaza qilinadi.
Baliq xo’jaligi zonalarini rnuhofaza qilish baliqchilik bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hamda tabiatni rnuhofaza qilish organlari tomonidan ta’minlanadi. Xususiy buyurtma qo’riqxonalar va tabiiy pitomniklarni rnuhofaza qilish, ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar lasarrufida bo’lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi.
Qo’riqlanma zonalar davlat qo’riqxonalari, buyurtma qo’riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklarini rnuhofaza qilish qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilgan bo'lsa, shu davlat oiganlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomo- nidan muhofaza qilinadi.
Davlai qo'riqxonalarini tashkil etish Tabiiy obyektlar va maj- mualarni muhofaza qilishning qaitiq rejimiga ega bo'lgan, tipik ekologik tizimlar. o'simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o'rganish uchun mo’ljallangan, umumdavlat aha- miyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat qo'riq- xonalari hisoblanadi.
Davlat qo'riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi bo'yicha O'zbckiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy- tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etiladi. Davlat qo'riqxonalari bunday qo'riqxonalar to'g'risidagi, O'zbckiston Respublikasi Va­zirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko'rsatadi. Davlat qo'riqxonalarining rejimi Davlat qo'riqxo- nalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit moniloringini yuritish bundan mustasno.
Davlai qo'riqxonalaridayong'inga qarshi tadbirlar o'tkazilishiga yo'l qo'yiladi.
Davlat qo'riqxonalari hududida hamda ularning qo'riqlanma zonalarida tirik organizmlarning yangi va kcnja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.
Davlat qo'riqxonalarining yoki ular qaysi davlat organ- larining tasarrufida bo'lsa. shu davlat organlarining xodimi hisoblanmaydigan fuqarolarning davlat qo'riqxonalari hududida bo'lishiga ularda ana shu organlar yoki davlat qo'riqxonasi ma’muriyati bergan ruxsatnoma bo'lgan taqdirda yo'l qo'yiladi 20-modda.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling