D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Davlat qo'riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati. Davlat qo'­


Download 0.9 Mb.
bet49/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Davlat qo'riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati. Davlat qo'­riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar bunday qo'riqxonalar shtatidagi ilmiy xodimlar tomonidan o'tkaziladi. Shartnoma asosida boshqa ilmiy tashkilotlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Davlat qo'riqxonalarida olimlar kengashlari (ilmiy kengashlar) tuziladi. Davlat qo'riqxonalarida atrof tabiiy muhit monitoring! yuritilishi shan.
Davlat qo'riqxonalaridagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, agar ular O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va tabiatni muhofaza qilish fondlarining mablag'lari hisobiga olingan bo'lsa, davlat mulki hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mab­lag'lari hisobiga olingan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalariga bo'lgan mulk huquqi davlat qo'riqxonalari bilan mazkur shaxslar o‘rtasida tuziigan shartnoma bilan belgilanadi.
Davlat qo'riqxonalari ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan tekin foydalanadilar. Davlat qo'riqxonalari ning tabiiy obyektlari va majmualari holati to'g‘ risidagi ilmiy axborot e’lon qilinishi kerak. Davlat qo'riqxonalari o'z matbuot nashrlariga ega bo'lishi munikin.
Davlat qo'riqxonalarining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak. Davlat qo'riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini muvofiq- lashtirib borishni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi amalga oshiradi.
Tabiat bog'lari. Alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo lgan tabiiy obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish yo'nalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat bog'lari hisoblanadi. Tabiat bog1 lari maxsusvakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan tegishincha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladigan milliy tabiat bog'lari va mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog'lariga bo'linadi.
Tabiat bog'lari bunday bog'lar to'g'risidagi, ular qaysi davlat oiganlarining tasarrufida bo'lsa, shu davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko'rsatadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling