D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati


Download 0.9 Mb.
bet47/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati. Muhofaza etiladi­gan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni mu­hofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda fuqarolar o'zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolaming ishtiroki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari. nodavlat notijorat tashkilotlari va fu- qarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hanida ulardan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishda davlat organlariga ko'maklashadi. Davlat organlari ana shu tadbirlarni amalga oshirayotganda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqaro­laming takliilarini inobatga oladi. Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga aholini jalb etish maqsadida fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar vakillaridan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan maslahatlashuv komissiyalari tuzilishi mumkin.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ulaming qo'riqlanma zonalarini tashkil etish lo'g'risidagi, ana shu hududlarda yashovchi aholining manfaatlariga daxldor qarorlar maslahatlashuv ko- missiyalarining xulosalari inobatga olingan holda qabul qilinadi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida axborotlar talab qilish hamda olish huquqiga ega.
Fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari. nodavlat notijo­rat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilayotgan, muhofaza qilinayotgan hamda ulardan foy- dalanilayotganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ekologiya ckspertizasini o'tkazishlari va jamoat ekologiya nazoratini amalga oshirishlari mumkin.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling