D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Favqulodda holatlarda temiryo‘1 transportining ishlashi. Te­


Download 0.9 Mb.
bet61/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Favqulodda holatlarda temiryo‘1 transportining ishlashi. Te­rm ryo'l transport! korxonalari temiryo‘1 transport! ishining buzi- lishiga sabab bo'lgan halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlaming oqibatlarini (shamol hosil qilgan tuproq-qum bosishlari, toshqinlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda holatlami) bartaraf etish uchun shoshilinch chora-tadbirlar ko‘radi.
Bunday chora-tadbirlami amalga oshirish uchun ular ro‘yxati davlat temiryo‘1 transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadigan moddiy va texnika vositalari zaxirasiga ega bo‘lishlari zarur.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-tabiiy muhitga, harakat xavfsizligi va yuklaming saqlanishiga tahdid soluvchi halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda hoiatlaming oqibatlarini tugatishda temiryo‘l transporti korxonalariga yordam ko‘rsatadilar.
Agar yengib bo‘lmas kuch ta’sirida, harbiy harakatlar, qamal, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar natijasida yuk, bagaj va yuk bagajini bundan buyon tashish uchun temiryo‘1 transport! korxonalarini ushbu yuk, bagaj va yuk bagajini belgilangan manzilga yetkazish yoki tegishli oluvchiga topshipsh imkoniyatidan mah rum etadigan to‘siqlar vujudga kelgan bo‘lsa, shuningdek, ushbu sabablarga ko‘ra yuk, bagaj va yuk bagajini saqlashning eng oxirgi muddatlari o‘tib ketsa, mazkur korxonalar qonun hujjat- larida belgilangan tartibda yuk, bagaj va yuk bagajini jo'natuvchilar yoki oluvchilaming topshirig‘iga binoan, shuningdek mazkur topshiriq belgilangan muddatda olinmagan taqdirda esa yuk, bagaj va yuk bagajini topshirishga (realizatsiya qilishga) yoki buning imkoni bo‘lmagan taqdirda jo‘natuvchining o‘ziga qaytarib yuborishga haqlidir.
Bunda topshirilgan (realizatsiya qilingan) yuk, bagaj va yuk bagaji uchun temiryo‘1 transport! korxonasi tomonidan olingan summa ushbu korxonaga tegishli bo'lgan summalar chegirib qolingan holda, qiymat haqi to'langan taqdirda tashish hujjatlarida ko'rsatilgan oluvchining hisobiga, boshqa barcha hollarda esa jo‘natuvchining hisobiga o‘tkaziladi.
Hujjatlari bo'lmagan yuk, bagaj va yuk bagajini realizatsiya qilganlik uchun temiryo‘1 transport! korxonasi tomonidan olingan summa davlat temiryo‘1 transportini boshqarish organining foyda- siga o‘tkaziladi va undan belgilangan manziliga yetib keimagan yuk, bagaj va yuk bagaji uchun temiryo‘i transport! korxonasi tomonidan to'langan mablag'larm qoplash uchun foydalaniladi. Oluvchi (jo‘natuvchi) ushbu summani talab qiiib olmagan taq- dirda, mablag'lar da’vo muddatlari o'tganidan so'ng davlat budjeti hisobiga o'tkazilishi kerak.
Temiryo‘1 transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasi. Temiryo'l transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasiga rahbarlik davlat temiryo‘l transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi. Temiryo‘l trans­portida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasi bo'yicha tadbirlami moliyalash 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilarni, temiryo‘1 transport! xodimlarining ayrim toifalarini, yuklar, bagaj va yuk bagajini sug'urta qilish. Temiryo’l transport! yo'lovchilari (shahar atrofiga qatnovchi yo'lovchilar bundan mustasno) poyezdda qatnov davrida, ishi sayyor xusu- siyatli bo'lgan temiryo‘1 transport! xodimlari, shuningdek, o‘z lavozim vazifalarini hayot uchun xavfli bo'lgan sharoitlarda baja- ruvchi xodimlar va harbiylashtirilgan qo‘riqchi bo'linmalaming xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish davrida majburiy shaxsiy sug'urta qiiinadilar.
Yo'lovchilar va temiryo‘1 transport! xodimlarining ayrim toifa­larini majburiy shaxsiy sug'urta qilish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Temiryo‘1 transportida majburiy shaxsiy sug'urta bilan bir qatorda qonun hujjatlariga muvofiq yo'lovchilami ixtiyoriy shaxsiy sug'urta qilish, shumngdek, yuklar, bagaj va yuk bagajini ixtiyoriy sug'urta qilish mumkin.
Temiryo‘1 transport! korxonalarining javobgarligi. Temiryo‘1 transport! korxonalari yo‘l haqini hamda yuk, bagaj va yuk baga- jining tashish haqini to'lagan va yo‘l hujjatlarini to'g'ri rasmiy- lashtirgan yo'lovchi va yuk jo'natuvchiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tulilgan bo'lmasa, tashishni rad etishga haqli emas.
Tashish jarayonini amalga oshiruvchi temiryo'l transport! kor­xonalari yo'lovchi yoki temiryo'l transport! xizmatlaridan foydala- nuvchi boshqa shaxsning, shuningdek, temiryo‘1 transport! faoliya- ti natijasida jabrlangan shaxsning hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
Temiryo‘l transport! korxonalari yuklarni tashish chog'ida yuklarni tashish uchun olingan buyurtnomalami bajarmaganlik. vagoniami shoxobcha yo'llariga keltirib bermaganlik va ularni shoxobcha yo’llardan olib ketishni kechiktirganlik, yuklarni jo'natuvchilar va oluvchilarga tegishli bo'lgan yoki ular tomonidan ijaraga olingan vagonlar va konteynerlami o'zboshimchaiik bilan egallaganlik, bu vagonlar va konteynerlarga shikast yetkazganlik yoki ularni yo'qotganlik uchun «Temiryo'l ustavi»da belgilangan miqdorlarda jarimalar to‘lash tarzida javobgar bo'ladi. Temiryo‘1 transport! korxonalari yuklarni tashishda yukni yetkazib berish muddatlarini buzganlik uchun mulkiyjavobgarlik bilan bir qatorda tashilayotgan yukning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun ham qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda mulkiy javobgar bo'ladi.
Temiryo‘1 transport! korxonalari yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha majburiyatlami bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda javobgar bo'ladi. Temiryo‘1 transport! korxonalari atrof-tabiiy muhitga yetkazilgan zarar uchun hamda temiryo‘1 transport! yerlarini lozim darajada saqlamaganlik va ulardan foydalanmaganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi.
Yuk jo'natuvchilar va yukni oluvchilar, yo'lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning temiryo‘1 transport! korxonalari oldidagi javobgarligi. Yuk jo'natuvchilar va yukni oluvchilar quyidagilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda jarimalar to'lash tarzida javobgar bo'ladilar

  • tashishlar haqini o'z vaqtida to'lamaganlik uchun;

  • yuklarni taqdim etmaganlik uchun, yuk tashishga beril- gan vagonlar, konteynerlardan foydalanmaganlik yoki buyurt- manomada ko'rsatilgan vagonlar, konteynerlami rad etganlik uchun;

  • temir yo'lga qarashli vagon va konteynerlardan ruxsatsiz foydalanganlik uchun;

  • vagon va konteynerlarni yukni ortish, tushirish yoki qayta yuklash paytida belgilangan texnologiya me’yorlaridan orriqcha kechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun, shuningdek, ularni yukni ortish, tushirish, qayta yuklash uchun yctkazib berish paytida ko'tarib qo'yish orqali yoki jo'natuvchiga bog'liq bo'lgan boshqa sabablarga ko'ra kechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun;

  • mahsulotlarni eksportga yetkazib berish bo'yicha bojxona, chegara organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan belgi­langan talablarni vagon va konteyneriarning kechiktirilganligiga sabab bo'lgan tarzda buzganlik uchun;

  • vagon, konteynerlarga ko'taradigan yukidan ortiqcha yuk ortganlik uchun;

  • vagonlar va konteynerlarni yuklari tushirilganidan so'ng tozalamaganlik uchun;

  • temiryo‘1 tomonidan berilgan vagon yoki konteynerlarga, chiqarib olinadigan tashish moslamalari va o'rash-joylash vosita- lariga shikast yetkazganlik yoki ularni yo'qotganlik uchun;

  • tashish taqiqlangan yukni taqdim etganlik yoki tashish chog'ida o‘ta ehtiyotkorlik choralari ko'rishni talab etuvchi yukni uning nomi yoki xossalarini noto'g'ri ko'rsatib taqdim etganlik uchun.

Yo'lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar temiryo‘1 transporti vositalaridan foydalanish, harakat xavfsizligi, yong'in xavfsizligi qoidalarini, temiryo‘1 transportidagi sanitariya-gigiyena va sanitariya-epidemiyaga qarshi qoidalami buzganlik, qurilmalar, transport vositalari va ulaming ichki jihozlariga shikast yetkazganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar. Temiryo‘1 transportiga uning kommunikatsiyalarini qasddan to‘sib (uzib) qo'yish yoki temiryo‘1 transportining moneliksiz va xavfsiz ishlashiga xalal beruvchi qonunga xilof boshqa xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar temiryo‘1 transporti korxonalariga aybdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to'lanadi.
Talablar va da'volami ko'rib cbiqish. Yuklar, yo'lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo'yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda, yuk jo‘natuvchilar va yukni oluvchilar tegishli temiryo'l transport! korxonalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda talab va da'volar taqdim etishga haqlidir. Temiryo'l transportida tashishlar bo'yicha talablar va da’volami ko'rib chiqi- shning o'ziga xos xususiyatlari «Temiryo'l ustavi»da belgilab qo'yiladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling