D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Temiryo‘1 transportida yo‘l chiptalarini sotish tartibi


Download 0.9 Mb.
bet58/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Temiryo‘1 transportida yo‘l chiptalarini sotish tartibi. Temiryo‘1 ustavi hamda Yo'lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalari bilan belgilanadi. Temiryo‘1 transportida yo‘l chiptalari yo“lov-
chilarga to'liq qiymatida sotiladi, qonun hujjatlarida imtiyozli yurishi belgilangan fuqarolar bundan mustasno. Imtiyozli yurishni kompensatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yo'lovchi poyezdda o‘zi bilan birga besh yoshgacha bo‘lgan bir bolani alohida joy berilmagan holda bepul olib yurish huquqiga cga. Yo'lovchi bilan birga besh yoshgacha bo'lgan bittadan ortiq bola ketayotgan bo'Isa, ulardan biri bepul olib yuriladi, qolganlari esa chipta to'liq qiymatining 50 foizi chegirilgan, alohida joy berilgan holda olib yuriladi.
Besh yoshdan o'n yoshgacha bo'lgan bolalarga ham chipta to'liq qiymatining 50 foizi chegirilgan holda alohida joy beriladi. Temiryo'l transportida bolalami tashish bo'yicha bu imtiyozlar temiryo'l transport! korxonalarining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Yo'lovchilar uchun vokzallarda. poyezdlar kutiladigan boshqa joylarda bo'lish hamda poyezdga chiqish, tushish uchun bagaj va yuk bagaji bilan perronlarga o'tish erkinligi kafolatlanadi. Yo'lovchilarni kuzatib qo'yuvchi va kutib oluvchi shaxslar ham vokzalda bo'lish va perronga o'tish erkinligi huquqiga ega.
Yuklar, yo'lovchilar, bagaj va yuk bagajini temiryo'l orqali tashish tariflari. Temiryo'l transportida yuklar, yo'lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish tariflari yuk jo'natuvchilar hamda yo'lov- chilarning manfaatlari inobatga olingan holda davlat temiryo'l transportini boshqarish organi tomonidan O'zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin ctiladigan tartibda belgilanadi. Xalqaro qatnovda tashish tariflari O'zbekiston Respub- likasining xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi. Yuklar, yo'lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bilan bog'liq qo'shimcha ishlar va xizmatlar uchun shartnoma asosida haq to'lanadi.
Temiryo'l transportining moliyaviy va xo'jalik faoliyati. Te­miryo'l transport! faoliyatini moliyalash o'z xo'jalik faoliyati daromadlari hisobidan va imtiyozli tashishlarga doir xarajatlami qoplash qismi bo'yicha davlat budjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Temiryo'l transportidagi tashishning barcha turlaridan olinadigan daromadlarni taqsimlash tartibi davlat temiryo'l transportini boshqarish organi tomonidan har bir temiryo'l transport! korxonasining tashish jarayonidagi aniq ulushini hisobga
olgan holda belgilanadi. Temiryo’llami, safarbarlik maqsadlariga mo'ljallangan obyektlarni, shu jumladan, sanoat korxonalari, elektrlashtirish va aloqa obyektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish, shuningdek, temiryo‘1 harakatidagi tarkibini va maxsus maqsadlarga mo‘ijallangan yirik mexanizmlarni olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Temiryo‘1 shoxobcha yo'liari, to'xtash manzillari, yuk saroylari va boshqa obyektlarni qurish manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslaming tashabbusiga ko'ra hainda ularning mablag'iari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Temiryo‘1 tar- moqlari, vokzallar, piyodalar o'tadigan ko'priklar va tonnellar, yo‘lovchilar platformalari va temiryo‘1 transportining aholiga xizmat ko'rsatuvchi boshqa obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shahar atrofiga qatnash uchun harakatdagi tarkibni olish temiryo‘1 mablag'iari hisobidan amalga oshiriladi, shuningdek, mahalliy budjet, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslaming mablag'iari hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Tertiiryo‘1 transportini rivojlantirish vazifalarini hal qilish uchun davlat temiryo‘1 transportini boshqarish organi tomonidan markaz- lashtirilgan sug'urta va zaxira jamg'armalari tashkil etilishi mumkin. Yuklar va yuk bagajini jo'natuvchilar va oluvchilaming tashish. yuk operatsiyalari, transport-ekspeditorlik xizmatlari va harakatdagi tarkibdan foydalanganlik uchun temiryo‘1 transport! korxonalari bilan hisob-kitoblari, shuningdek, shartnoma majbu- riyatlarini bajarmaganlik va temiryo'lga yetkazilgan zarar uchun jarimalar va penyalar to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Temiryo‘1 transport! korxonalari ularga tashish uchun berilgan yuklarni tegishli tashish haqining va tashishga doir boshqa to'lovlami ta’minlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.
Shahar atrofidagi yo'lovchilar tashishni moliyalash mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan mahalliy budjet mablag'iari hisobidan yoxud manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling