D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Temiryo'l transportida hisoblash-hisobot vaqti


Download 0.9 Mb.
bet60/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Temiryo'l transportida hisoblash-hisobot vaqti. Tashishlarda bevosita qatnashuvchi temiryo'l transport! korxonalarida tashish jarayonini markazlashtirilgan holda uzluksiz boshqarishni ta’min- lash maqsadida, ularning joylashgan manzilidan qat’iy nazar, mamlakatda amal qiluvchi yagona hisoblash-hisobot vaqti — Toshkent vaqti belgilanadi.
Harakat xavfsizligini ta’niinlash, temiryo'l transport! va boshqa texnika vositalaridan fbydalanish. Temiryo'l transport! korxonalari yo'iovchilar hayoti va sog'ligi uchun xavfsiz qatnov, yuklar, bagaj va yuk bagaji tashish shart-sharoitlarini, poyezdlar va temiryo'l transport! boshqa vositalarining harakat xavfsizligini, shu jumladan, manyovr ishlari chog'idagi, tashish jarayoni bilan bog'liq transport va boshqa texnika vositalaridan foydalanish chog'idagi xavfsizlikni, shuningdek, temiryo'l transport! xodimlarining mehnati va atrof- tabiiy muhit muhofaza qilinishini ta’minlaydilar. Temiryo'l trans- portida poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat qiluvchi maxsus tarkibiy bo'linma, shuningdek, temir yo'lda avariyalar oqibatlarini tugatuvchi avariya-tiklash bo‘linmalari fao- liyat ko'rsatadi.
Ana shu bo'linmalar to'g'nsidagi mzom, shuningdek, harakat xavtsizligi buzilishlanni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi davlat temiryo‘1 iransportini boshqarish organi lomonidan belgilanadi.
Temiryo‘1 transportida harakat xavfsizligiga doir asosiy talablar. Temiryo‘1 bekatlari, vokzallar va temir yo'lning tashish jarayoni bilan bog'liq boshqa bo'linmalari hududlari, poyezdlar harakati amalga oshiriladigan hamda manyovr va yuk ortish, yuk tushirish ishlari bajariladigan yo'iovchilar piatfomialari va temiryo‘1 tarmoqlari o‘ta xavfli zonalar hisoblanadi va zarurat bo‘lganda atroii o‘rab qo'yiladi. O‘ta xavfli zonalarda fuqarolaming bo'lishi va obyektlarning joylashtirilishi, bunday zonaiarda ishlar bajarish, temir yo'llar orqali yurish va ulami kesib o‘tish qoidalari davlat temiryo‘1 iransportini boshqarish organi tomomdan belgilanadi. Harakatdagi tarkib, shu jumladan, harakatdagi maxsus tarkib va konteynerlar, temir yo'llaming yer ustki qunlmalari qismlari hamda temiryo‘1 transportiga yetkazib beriladigan boshqa texnika vositalari va mexanizmlar, shuningdek. yo‘lovchilarga ko‘rsati- ladigan xizmatlar tegishh me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va ekologiya xavf- sizligi talablariga mos kelishi lozim.
Temiryo‘1 transporti faoliyatida foydalaniladigan texnika vosita­lari va mexanizmlami, shuningdek, ko'rsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hududida xavfli yuklarni ishlab chiqarish, saqlash, ortish, tashish va tushirish ishlari amalga oshiriladigan obyektlar umumiy foydalanishdagi temiryo‘llar va inshootlardan ulaming xavfsiz ishlashini ta’minlaydigan masofada uzoqlashtirilgan bo'lishi kerak. Umumiy foydalanishdagi yo‘llaming quvurlar, aloqa, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa inshootlar bilan kesishgan joylarida mazkur obyektlardan umumiy foydalanishdagi temiryo'llar va inshoot- largacha bo'lgan eng kam masofa, shuningdek, temiryo'llar bilan kesishish va yakinlashish joylarida bunday obyektlami qurish va saqlash me'yorlari tegishli davlat boshqaruv organlarining davlat temiryo‘l transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan me'yoriy hujjatlarida belgilanadi.
Umumiy foydalanishdagi temiryo'llami kesib o'tuvchi yoki bevosita ulaming yaqinida joylashgan gaz, neft quvurlari va boshqa inshootlami qurish hamda ulardan foydalanish chog'ida belgilan- gan me’yorlami ta’minlash, shuningdek, mazkur inshootlardan foydalanish xavfsizligi uchun ulaming egalari javobgar bo'ladi.
Mazkur inshootlarning egalari harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi avariya holatlari yuzaga kelganligi haqida temiryo‘1 transport! korxonasini o'z vaqtida xabardor qilishi shart. Temiryo‘1 orqali tashilayotgan xavfli va maxsus yuklaming egalari. bunday yuklami jo'natuvchilar va oluvchilar ulaming tashilishi, ortilishi va tushirilishi xavfsizligini kafolatlashlari, bu yuklami tashish chog'ida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda avariya holatlarini va avariya oqibatlarini tugatish uchun zarur vositalar va harakat- chan bo'linmalarga ega bo'lishlari lozim.
Temiryo‘1 transport! korxonalari xavfli va maxsus yuklami tashish xavfsizligini ta’minlashi hamda bu yuklami tashish chog'ida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda ularning oqibatlarini tugatishda qatnashishi shart.
Temiryo'llarning avtomobil yo'llari bilan kesishgan joylari (temiryo‘1 kesishuvi joylari) temir yo'Jdan texnik foydalanish qoidalari hamda qurilish me’yorlari va qoidalari bilan belgilanadi. Temiryo‘1 kesishuvi joylaridan foydalanish, ulami ochish vayopish tartibi davlat temiryo‘1 transportini boshqarish organi tomonidan tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgi­lanadi. Temiryo‘1 transport! va tashish jarayoni bilan bog'liq boshqa texnika vositalarining harakat xavfsizligi hamda ulardan foyda­lanish qoidalarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.
Temiryo‘1 transportida yuklar va obyektlami qo'riqlash. Yo‘l davomida va temiryo‘1 bekatlarida yuklami qo'riqlash, temiryo‘1 transport! obyektlarini qo'riqlash, shuningdek, temiryo‘1 transpor­tida yong'inning oldini olishga qaratilgan ishlarni o‘tkazish. yong'inga qarshi nazorat va yong‘inlami bartaraf etish temiryo'l ■transport harbiylashtirilgan qo'riqchi bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Temiryo‘1 transportining harbiylashtirilgan qo'riqchiligi to’- g'risrdagi nizom hamda qo'riqlanishi va kuzatib borilishi zarur bo'lgan yuklar ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bu yuklami qo'riqlash va kuzatib borish tartibi davlat temiryo‘1 transporting boshqarish organi tomo­nidan belgilanadi.
Kuzatib borish talab etiladigan yuklami temiryo‘1 transport! harbiylashtirilgan qo'riqchi guruhlari 0‘zbekiston Respublikasi doirasida kuzatib boradilar. Oczbekiston Respublikasi chegaralarini kesib o'tish chogTda kuzatib boriladigan yuklami topshirish tartibi va joyi 0‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
Temiryo‘1 transportining eng muhim obyektlari va maxsus yuklami qo'riqlash O£zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazir- ligining ichki qo'shinlari bo'linmalari va davlat boshqaruv organlarining boshqa vakolatli bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday obyektlar va yuklar ro'yxatlari 0‘zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yuklaming ayrim turlarini, shu jumladan, qimmatbaho, tez buziladigan va boshqa yuklami qo'riqlash va kuzatib borish butun yo‘l davomida jo'natuvchi yoki oluvchining kuzatuvchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday yuklami qo'riqlash va kuzatib borish tartibi yuk jo'natuvchilar (yukni oluvchilar) tomonidan davlat temiryo‘1 transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Zarurat bo'lganda davlat temiryo‘1 transportini boshqa­rish organi yuk jo'natuvchi (yukjti oluvchi)lardan avariya holatlari va boshqa favqulodda holatlaming yuzaga kelishi xavfini, shu- ningdek, ulaming yuklarini tashish chog'idagi ehtimol tutilgan zararlami kamaytiradigan qo‘shimcha choralar ko'rishni talab qilishga haqlidir.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling