55
3-rasm.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining
tashkiliy tuzilishi
1
Moliya vazirligi G‘aznachiligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi 4-
rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur
hollarda G‘aznachilikning markaziy apparati va uning bo‘linmalari
tuzilmasiga
moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida
o‘zgartishlar kiritish huquqi berilgan.
G‘aznachilikning tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya
vazirligi G‘aznachiligining Davlat byudjetining g‘azna ijrosi bo‘yicha amalga
oshiriladigan faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.
Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Markaziy apparati tuzilmasiga
shunday yirik boshqarmalardan biri “Amaliyot boshqarmasi”, “Metodologiya,
moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi” va “Davlat
byudjetining g‘azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi” singari boshqarmalar
kiradi.
PQ-594-son
Qaror
bilan
shuningdek,
G‘aznachilik
hududiy
bo‘linmalarining tashkiliy tuzilishi ham tasdiqlangan (5-rasmga qarang).
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi Nizom asosida
tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: