D tashmuxamedova


Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarishni


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarishni Davlat byudjeti 
daromadlari tushumlari va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzish yo‘li 
bilan amalga oshiradi.
Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona g‘azna 
hisobvarag‘ida mablag‘lar yetishmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi Davlat byudjeti xarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydi hamda 
uning asosida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga xarajatlarni 
to‘lash uchun ruxsatnomalar beradi.
Xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi respublika byudjetining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari mavjud 
bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklarida 
depozitlarga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larning hajmini belgilaydi.
Byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi
26

– tushumlarni Yagona g‘azna hisobvarag‘iga va boshqa bank hisobvaraqlariga 
kiritishni; 
– tushumlarni byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida taqsimlashni; 
– ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan tushum summalarini qaytarishni yoxud 
ularni qarzni to‘lash evaziga hisobga olishni; 
– hisob va hisobotni nazarda tutadi. 
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga 
daromadlarni yig‘ishga vakolatli bo‘lgan organlar va tashkilotlar, bundan davlat 
soliq xizmati organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning to‘g‘ri 
25
Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, 
Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010
.
26
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 117- moddasi asosida.


71 
hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga 
oshirishi, shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart. 
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga joriy moliya 
yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning byudjet mablag‘lari bo‘yicha debitor 
qarzdorliklari summalarini kirim qilish uchun «O‘RMV» ATda byudjetdan 
tashqari mablag‘lar bo‘yicha (4004 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna 
hisobvaraqlari ochiladi. 
Buyurtmachilarning joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning 
debitor qarzdorlik summalari YaG‘Hga kirim qilinadi va: 
– byudjet mablag‘lari bo‘yicha — byudjet tashkilotlari va byudjet 
mablag‘lari oluvchilarning o‘tgan yillarning debitorlik qarzdorligini hisobga olish 
bo‘yicha byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida ushbu summalarni 
keyinchalik tegishli byudjetlarning joriy moliya yili daromadiga o‘tkazish bilan; 
– DMJ va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — DMJ va BMJ byudjetlarining 
tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida;
– byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha — 
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida 
joriy moliya yilining daromadlari sifatida hisobga olinadi. 
Joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning byudjet mablag‘lari 
bo‘yicha debitor qarzdorliklari summalari byudjet tashkilotlari va byudjet 
mablag‘lari oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna 
hisobvarag‘iga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay 
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli byudjet 
daromadiga o‘tkazilishi lozim. Debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari o‘z 
vaqtida yoki hisobot oyi tugaguniga qadar o‘tkazilmagan hollarda joriy oyning 
oxirgi ish kunida g‘aznachilik bo‘linmalari ushbu mablag‘larni mustaqil ravishda 
tegishli byudjetlar daromadlariga o‘tkazadi. 
Byudjet tashkilotlarning tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy 
vositalarini sotishdan, shuningdek inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari 


72 
bo‘yicha tushgan mablag‘lar YaG‘Hga kirim qilinadi hamda byudjet 
tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna 
hisobvaraqlarida keyinchalik byudjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga 
muvofiq qayta taqsimlash orqali hisobga olinadi. 
DMJ yoki BMJ byudjetlaridan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yilida 
qaytarilgan o‘tgan yillarning debitor qarzdorlik summalari, shuningdek tovar-
moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya 
(tekshirishlar) natijalari bo‘yicha tushgan mablag‘lari YaG‘Hga kirim qilinadi va 
tegishli DMJ va BMJ byudjetlarida joriy moliya yilining daromadi sifatida hisobga 
olinadi. 
Bunda DMJ yoki BMJ byudjetlaridan mablag‘ oluvchilarning byudjet 
mablag‘lari hisobidan sotib olingan tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy 
vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar tegishli byudjetlar daromadiga 
o‘tkaziladi. 
O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar 
tomonidan to‘langan darsliklar ijara to‘lovlari va darsliklar yoki o‘quv-metodik 
qo‘llanmalarni yo‘qotilganlik yoki yaroqsiz holga keltirilganlik uchun to‘lovlar 
bo‘yicha tushumlarning kirim qilinishi, shuningdek ularni keyinchalik O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli 
kitob jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi ta’lim 
muassasalarining tegishli (4011 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna 
hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarining tegishli (4011 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy 
g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining 
shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi «O‘RMV» ATda avtomatlashtirilgan 
ravishda amalga oshirilishi mumkin. 


73 
Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan buyurtmachilarning xodimlariga 
ish haqi to‘lash, shuningdek xizmat safari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqa naqd pul shaklidagi to‘lovlar uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan 
tijorat banklarida mos ravishda 23212 «Moliya vazirligi G‘aznachiligi 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling