D tashmuxamedova
G‘aznachilikning asosiy vazifalari
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
G‘aznachilikning asosiy vazifalari
Davlat byudjetining kassa ijrosi; Davlat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish; Davlat byudjeti mablag‘larini boshqarish; Davlat byudjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga oshirish; byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun tuzadigan shartnomalarini, shuningdek buyurtma- chilarning Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzadigan shartnomalarini ro‘yxatga olish; Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish; Davlat byudjeti ijrosining qanday borayotganligi to‘g‘risidagi axborot- larni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish; O‘zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘r- satish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish. 64 tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish; – xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; – Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga, shuningdek, turli darajadagi davlat boshqaruvi o‘rtasida tushumlar taqsimotini tartibga soladigan boshqa qonunlarga muvofiq, G‘aznachilik tushumlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash uchun javobgar hisoblanadi. G‘aznachilik belgilangan byudjet tasnifiga muvofiq, barcha davlat tushumlarini ularning aniq ro‘yxati bo‘yicha yagona g‘azna hisobraqamida yuritilishini ta’minlaydi, qonun asosida g‘aznachilikning yagona hisobraqamidan barcha to‘lovlarni amalga oshirishga G‘aznachilik javobgar hisoblanadi. Ma’lumki, davlat byudjetining g‘azna ijrosini tashkil qilish doirasida Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tarkib topdi, lekin tizimning yangi ekanligi, bu tizimda ishlash ko‘nikmalari va tajribalarining yetarli shakllanmaganligi bois, tizimning samarali ishlab ketishini ta’minlovchi omillarning ijobiy ta’sirini kuchaytirish lozim, g‘aznachilik operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida tavakkalchilik, tartib buzilish va kamchiliklarni minimallashtirish, kamchiliklarni tezkor aniqlash hamda bartaraf etishnning mavjud mexanizmini va ichki nazoratini mustahkamlash zarur. 65 Bizga ma’lumki, bugungi kunda ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohalarida, shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qishloq xo‘jalik yerlarining meliorativ holatini yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida yirik davlat dasturlari amalga oshirilmoqda, bu dasturlar davlat mablag‘larini, shuningdek, davlat kafolati ostidagi yirik xorijiy investitsiyalarni talab etadi. Shu munosabat bilan ana shu yirik dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning to‘liq, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishini qat’i davlat nazorati ostiga olish kerak, ularning ishlatilish monitoringini olib borish, mablag‘larning samarasini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu vazifani bajarishda Moliya vazirligi Markaziy apparati va tegishli bo‘linmalarning mas’uliyatini oshirish lozim. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, barqaror rivojlanish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning bugungi bosqichida davlat moliyasini boshqarish va samaradorligini oshirish borasida ham o‘z yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Bu barcha mutasaddi idoralar va alohida shaxslar zimmasiga ma’lum darajada mas’uliyat yuklaydi. Davlat moliyasini boshqarishda islohotlar olib borilayotgan va uning oldidagi vazifalarni bajarish uchun salmoqli mablag‘lar sarflanar ekan, bu xarajatlar oxir-oqibat insonlarning farovon hayotiga, salomatligiga, bilim darajasining yuqori bo‘lishiga, bandlikning ta’minlanishiga, qulay mehnat sharoitlarining yaratilishiga xizmat qilmog‘i lozim, toki oddiy insonlarda olib borilayotgan islohotlarning ijobiy samarasiga bo‘lgan ishonch mustahkamlansin, islohot - islohot uchun emas, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash uchun” ekanligini har bir fuqaro yurakdan his qilsin. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling