D tashmuxamedova


Moliya vazirligi G‘aznachiligining funksiya va vazifalari


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

3. Moliya vazirligi G‘aznachiligining funksiya va vazifalari 
 
Moliya vazirligi G‘aznachiligi “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi 
to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida g‘aznachilikning yagona 
hisobraqami 
va 
uning 
subschyotlarini 
boshqarishni 
amalga 
oshiradi. 
G‘aznachilikning vakolat berilgan lavozimdagi shaxslaridan boshqa hech bir 
yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs g‘aznachilikning yagona hisobraqami 
mablag‘laridan pul o‘tkazish uchun bankka to‘lov topshiriqnomasini berish 
huquqiga ega emas.
G‘aznachilikning yagona hisobraqami O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy Bankida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 
hududiy boshqarmalarida g‘aznachilikning yagona hisobraqami subschyotlari 
ochiladi. 
Respublika 
mintaqalarida 
davlat 
xarajatlarini 
o‘z 
vaqtida 
moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida G‘aznachilikning topshirig‘i bilan 


61 
Markaziy Bank tomonidan butun ish kuni mobaynida subschyotlarga va 
subschyotlardan pul mablag‘larini o‘tkazish tashkil etiladi. Mablag‘ o‘tkazish va 
davlatning pul mablag‘larini xarajat qilish uchun faqat Moliya Vazirligi ruxsati 
bilan bank schyotlarini ochish mumkin. Bu huquq Davlat G‘aznachisiga Moliya 
Vazirligining buyrug‘i bilan yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Banki va G‘aznachilik o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarga taalluqli masalalar ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 
tartibga solinadi. G‘aznachilik yilda kamida bir marta ushbu shartnomalarning 
tahlilini o‘tkazishi shart, agar G‘aznachilik fikri bo‘yicha shartnomalarni ko‘rib 
chiqish talab etilsa, ikkala tomon talablarini qondirish maqsadida shartnomalarni 
qayta tuzish tadbirlari ko‘riladi. 
Davlat byudjetining kassaviy ijrosini amalga oshirish jarayonida 
G‘aznachilik tijorat banklari bilan ham shartnoma tuzadi. Bu banklarning ro‘yxati 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tavsiyasidan keyin aniqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari G‘aznachilik talabi 
bilan quyidagi ma’lumotlarni berishga majbur:
– byudjet tashkilotlarining bankda ochilgan shaxsiy hisobraqamlari, unda 
mablag‘lar aylanishi va qoldig‘i to‘g‘risida ma’lumot; 
G‘aznachilik so‘ragan aniq byudjet tashkilotining yoki uning tavsiyasi bilan 
ochilgan bank hisobraqamidagi mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot. 
Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot G‘aznachilik tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat byudjeti g‘azna 
ijrosining buxgalteriya hisobi G‘aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va 
bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli 
jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat byudjetining g‘azna ijrosi 
buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil 
etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining
buxgalteriya 
hisobi yagona hisoblar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


62 
G‘aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha 
to‘langan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalari, qonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
tartibda 
yagona 
g‘azna hisobraqamidan yoki 
G‘aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi. 
G‘aznachilikning asosiy vazifalari belgilab berildiki, ular “Davlat 
byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunda aks etgan G‘aznachilikning 
vazifalariga yanada aniqlik kiritdi. Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish 
hisobiga 
byudjet 
tizimini 
yanada 
isloh 
qilish, 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi 
ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va 
xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida qarorda qator vazifalar 
belgilandi: 
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat 
byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy 
moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi G‘aznachiligini va uning hududiy bo‘linmalarini moliya organlari 
bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish; 
- G‘aznachilik tomonidan davlat byudjetinining kassa ijrosi, jumladan, 
tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, 
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti 
ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish; 
- Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shuningdek 
tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini 
olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali 
boshqarish; 
- byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan 
shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish 
bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan 
summalar va maqsadlarga qat’i muvofiq ravishda tuzilishi ustidan


63 
 
6-rasm. Moliya vazirligi G‘aznachiligining asosiy vazifalari
22
 
– qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan 
o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, 
asossiz xarajatlarining oldini olish; 
– byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini 
moliyalashga 
yo‘naltiriladigan 
byudjet 
mablag‘laridan 
foydalanishni 
maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan 
22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) qarori asosida.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling