D tashmuxamedova
-BOB. Yagona g‘azna hisobvarag‘i va shaxsiy g‘azna hisobraqamlarni
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4.Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida Yagona g‘azna hisobvarag‘ini yuritilishini takomillashtirish 3.1. Yagona g‘azna hisobraqami to‘g‘risida tushuncha
3-BOB. Yagona g‘azna hisobvarag‘i va shaxsiy g‘azna hisobraqamlarni
yuritish tartibi Reja 3.1. Yagona g‘azna hisobraqami to‘g‘risida tushuncha. 3.2. Respublika va hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi 3.3. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi 3.4.Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida Yagona g‘azna hisobvarag‘ini yuritilishini takomillashtirish 3.1. Yagona g‘azna hisobraqami to‘g‘risida tushuncha Yagona g‘azna hisobvarag‘i – G‘aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, bu hisobvaraqqa Davlat byudjeti mablag‘lari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari kiritiladi. Yagona g‘azna hisobvarag‘idan Davlat byudjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to‘lanadi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari amalga oshiriladi. Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, unga byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur byudjetlarning xarajatlari to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega 23 .Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag‘larning so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatilganligi uchun haq olinmaydi. 23 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 111-moddasi asosida. 68 “Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosi qoidalari”ga ko‘ra, Yagona g‘azna hisobvarag‘i (YaG‘H)- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan va Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i hisoblanadi. Moliya vazirligi (g‘aznachilik bo‘linmalari) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega. “Mamlakatda g‘aznachilik organlari Davlat byudjetini to‘ldirish va ijro qilishni ta’minlaydigan 4000 dan ortiq bo‘limlariga ega. G‘aznachilik organlari davlatning soliqli va soliqsiz daromadlarini yig‘ib oladi va kerakli nazorat ishlaridan keyin davlat mablag‘larini sarflanishini amalga oshiradi. G‘aznachilik organlari daromadlar tushumining va Davlat byudjeti xarajatlarining hisob-kitobini yuritadi. Bu vazifa har bir geografik departamentda tayinlangan Bosh g‘aznachiga yuklatilgan. Ularning amalga oshirgan moliyaviy operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har kuni G‘aznachilikning Markaziy Hisob agentligi Bosh buxgalteriyasida ishlov uchun yig‘iladi. Bundan tashqari, G‘aznachilik organlari davlat tashkilotlari bo‘lgan ta’lim muassasalari, ijtimoiy ta’minot va boshqaruv organlari hamda ijtimoiy turar joy tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini tekshiradi va nazorat qiladi” 24 . Iqtisodiyotning hozirgi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa maqsadli jamg‘armalar (DMJ va BMJ) byudjetlariga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar YaG‘Hga kirim qilinadi va qonun hujjatlariga muvofiq mos ravishda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy byudjetlari, DMJ va BMJ byudjetlari daromadlarida aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari YaG‘Hga kirim qilinadi va mazkur tashkilotlarga tushumlar sifatida aks ettiriladi. 24 Практика государственногоуправления во Франции: Государственное Казначейство. Сборник документов Франко-российского сотрудничества. №8. С. 11. 69 Byudjet tizimi va boshqa maqsadli jamg‘armalar byudjetlari xarajatlari YaG‘H yoki Moliya vazirligining (g‘aznachilik bo‘linmalarining) boshqa bank hisobvaraqlaridan Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda hamda: - O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari; - davlat maqsadli va boshqa maqsadli jamg‘armalar byudjetlari; - byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi. Debitor qarzdorlik summalari, shuningdek deponentlangan mablag‘lar YaG‘Hga: - byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarining byudjet mablag‘lari bo‘yicha — joriy moliya yilida hamda moliya yiliga qo‘shimcha davr mobaynida; - byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — joriy moliya yilida tegishli kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi. Barcha moliyaviy resurslar G‘aznachilikning yagona hisobraqamida yig‘iladi, bu mablag‘larning miqdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va to‘lovlar yig‘iladigan shu hisobraqam bilan nazorat qilinadi. Davlat G‘aznasi quyidagi huquqlarga ega: byudjet mablag‘lari taqsimlovchilarining taqdim qilgan kirim orderlarini, shartnomalarda belgilangan qarz talabnomalarini ijro qilish uchun qabul qiladi, shuningdek, qarz majburiyatlari bo‘yicha naqd pullarni va davlat tashkilotlarining huquqi bo‘lgan boshqa shakldagi tushumlarni oladi; buyruqqa asosan, kreditorlarning talabi bo‘yicha taqdim qilingan hujjatlar asosida xarajatlar to‘lovini amalga oshiradi, shuningdek, sud qarorlarini ijro qiladi; davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga qarashli pul mablag‘larini va moddiy boyliklarni saqlashni va qo‘riqlashni ta’minlaydi; 70 naqd pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajaradi; amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlaydigan buxgalteriya hisob-kitobi bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni saqlaydi; buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya hisob-kitobini olib boradi 25 . Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling