D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimi (tijorat banklari) va «O‘RMV» AT
mablag‘lari» va 23214 «G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari»
hisobvaraqlari ochiladi. G‘aznachilik bo‘linmalarining 23212 «Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari» va 23214 «G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari» hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar ularga ilovalar bilan xizmat ko‘rsatuvchi banklardan g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan mazkur hisobvaraqlarda mablag‘lar harakatining keyingi ish kunida olinadi. Ko‘chirmalar va ularga ilovalar tegishli banklar tomonidan elektron hujjat ko‘rinishida — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimi (tijorat banklari) va «O‘RMV» AT ma’lumotlar bazalari o‘rtasida ma’lumot almashish yo‘li bilan taqdim qilinishi mumkin. Bunda elektron tarzda taqdim qilingan ko‘chirmalar va ularga ilovalar qog‘oz ko‘rinishida g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi. Byudjet tizimi byudjetlari, shuningdek BMJ byudjetlari daromadlariga kirim qilish uchun asos bo‘lmagan YaG‘Hga kelib tushgan mablag‘lar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan aniqlanmagan tushumlar sifatida qabul qilinadi. Agar uch ish kuni mobaynida ushbu tushumlarni aniqlash hamda ularni tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarga kirim qilish imkoni bo‘lmasa, g‘aznachilik bo‘linmalari ularni uchinchi ish kunida, biroq joriy yilning 31-dekabridan kechiktirmasdan 2850-Qoidalarga muvofiq shaklda Yagona g‘azna hisobvarag‘idan to‘lanishi (qaytarilishi) lozim bo‘lgan aniqlanmagan tushumlar bo‘yicha elektron to‘lov asosida amalga oshirish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish vazifasi 74 «O‘RMV» Atda elektron to‘lov hujjatini shakllantirish orqali mablag‘lar qaysi bank hisobraqamlaridan o‘tkazib berilgan bo‘lsa shu bank hisobraqamlariga qaytaradi. YaG‘Hdan to‘lovlarni o‘tkazish uchun «Bank-G‘aznachilik» dasturiy majmuasi orqali yuborilgan to‘lov topshiriqnomalarining asli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilmaydi va g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlanadi, bundan «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan elektron to‘lov topshiriqnomalari mustasno. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling