D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

2
2
1
5
5
6
6
7
8
To’lo
vchi
3
1. Shhr RB 
2. Shhr MB (vil.)
3. Shhr MB 
(tum.)
To’lo
vchi
4
(019) Budjetdan 
mablag‘’ 
oluvchilarning 
budjetdan 
tashqari 
mablag‘’lari


78 
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga RG‘Hdan mablag‘larni mahsulot 
yetkazib beruvchilarning bevosita bank hisobvaraqlariga yoki qonunchilikda 
nazarda tutilgan maqsadlarga o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomalarni qoidaga 
ko‘ra, mablag‘larni o‘tkazish sanasidan bir kun oldin taqdim etadi. 
Respublika 
byudjeti 
qaramog‘ida 
bo‘lgan 
byudjetdan 
mablag‘ 
oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari (ota-onalarning maktabgacha ta’lim 
muassasalarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, ota-onalarning musiqa va san’at 
maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, maktabgacha ta’lim muassasalari 
ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot 
organlaridan byudjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash 
uchun tushgan mablag‘lar) o‘rnatilgan tartibda RG‘Hga kirim qilinadi. 
Joriy yilda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib 
tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali RG‘Hga kirim 
qilinadi (byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga 
oshiriladigan to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar). 
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy 
moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy 
vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib 
tushgan summalar RG‘Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar 
byudjetdan mablag‘ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami 
(ShHR) bilan ochilgan, 23402 (005) “Respublika byudjeti mablag‘lari” daromadlar 
tranzit hisobvaraqlari orqali respublika byudjetining daromadlariga o‘tkazilishi 
bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
RG‘H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar RG‘Hda operatsiyalar amalga 
oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to‘lov hujjatlarining asl va ko‘chirma 
nusxalari ilovalari bilan, shuningdek naqd pul mablag‘larini berish uchun 23212 
“Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy 
bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar ularga ilovalar bilan
tegishli ravishda, HKKM va tegishli xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan 
RG‘Hda va 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 


79 
“G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlarida mablag‘lar 
harakatining keyingi ish kunida doimiy ravishda g‘aznachilik bo‘linmalariga 
taqdim etiladi. 
Respublika byudjeti qaramog‘ida bo‘lgan byudjetdan mablag‘ oluvchilarni 
g‘azna ijrosi bilan to‘liq qamrab olingandan so‘ng, ularning xarajatlarini respublika 
byudjetining asosiy hisobvarag‘idan RG‘Hga moliyalashtirish to‘xtatiladi va asosiy 
respublika byudjeti hisobvarag‘i RG‘H bilan birlashtiriladi. 
Respublika byudjetining asosiy hisobvarag‘i RG‘H bilan birlashtirilgandan 
so‘ng, respublika byudjeti daromadlari 23402 (005) “Respublika byudjetining 
mablag‘lari” hududiy daromad tranzit hisobvaraqlaridan mablag‘lar to‘g‘ridan 
to‘g‘ri RG‘Hga kirim qilinadi. 
Hududiy g‘azna hisobvaraqlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va 
mahalliy byudjetlar qaramog‘ida bo‘lgan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning pul 
mablag‘larini kirim qilish va o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar hududiy g‘azna 
hisobvaraqlari (HG‘H) orqali amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qaramog‘ida 
bo‘lgan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari (ota-
onalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlari, 
ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, 
maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan 
tushumlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot organlaridan byudjet tashkiloti 
xodimlariga pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash uchun tushgan mablag‘lar) 
o‘rnatilgan tartibda HG‘Hga kirim qilinadi. 
Joriy yilda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib 
tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali HG‘Hga 
kirim qilinadi (byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga 
oshiriladigan to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar). 
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy 
moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy 
vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib 


80 
tushgan summalar HG‘Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar 
byudjetdan mablag‘ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami 
(ShHR) bilan ochilgan 23402 (005) “Respublika byudjeti mablag‘lari” daromadlar 
tranzit hisobvaraqlari orqali tegishli byudjetlarning daromadlariga o‘tkazilishi bilan 
alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
HG‘H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar HG‘Hda operatsiyalar amalga 
oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to‘lov hujjatlarining asl va ko‘chirma 
nusxalari ilovalari bilan, shuningdek naqd pul mablag‘larini berish uchun 23212 
“Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy 
bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar ularga ilovalar bilan, 
tegishli banklar tomonidan HG‘Hda va 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi 
mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” 
hisobvaraqlarida mablag‘lar harakatining keyingi ish kunida doimiy ravishda 
g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling