D tashmuxamedova


Takrorlash uchun savollar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Takrorlash uchun savollar 
1. Davlat byudjetini ijro etishning jahon tajribalarida mavjud qanday 
usullari bor? 


40 
2. Davlat byudjetining kassaviy ijrosi byudjetni ijro qilishdagi qanday 
muammolarni keltirib chiqardi?
3. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi byudjetni ijro etishning boshqa 
usullaridan qanday afzalliklarga ega? 
4. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining mazmun-mohiyati nimadan iborat? 
5. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining tamoyillarini izohlab bering. 
6. G‘aznachilikning tashkiliy elementlari nimalardan iborat? 
7. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tish 
qanday bosqichlarda amalga oshirilmoqda?
 
Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar 
1. Maxsus adabiyotlar va Internet resurs manbalaridan foydalanib xorijiy 
davlatlarda faoliyat yurituvchi G‘aznachilik tizimlari haqida axborot tayyorlang. 
2. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti g‘azna ijrosini tatbiq etish 
bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshirilgan ishlar sharhini aks ettiruvchi 
taqdimot tayyorlang. 
 
 
 


41 
2-BOB. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining me’yoriy-huquqiy 
ta’minoti 
Reja 
2.1. O‘zbekistonda davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga 
oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari. 
2.2 “Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning 
mazmuni va tarkibi. 
2.3. Moliya vazirligi G‘aznachiligining tarkibi va tashkiliy 
tuzilishi. 
2.4. Moliya vazirligi G‘aznachiligining funksiya va vazifalari. 
2.1. O‘zbekistonda davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga 
oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, hukumat oldida davlat 
boshqaruv institutlarini tubdan isloh qilish masalalari ko‘tarila boshlandi. Bu 
islohotlarda eng asosiy vaziflardan biri Davlat moliyasi va byudjet tizimini isloh 
etish edi. Xo‘jalik yuritishni bozor tizimiga o‘tilishi, iqtisodiyotning bozor 
infratuzulmasini shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo‘jalik jarayonlarini 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy asosni yaratishni talab etadi. 
Undan tashqari, jahondagi glaballashuv jarayonlarida faol qatnashayotgan 
O‘zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini shakllantirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Davlat byudjeti g‘azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning yagonaligi 
hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini 
yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek davlat byudjetining 
xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat.
G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мajlis Palatalarining qarorlariga, 


42 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
farmonlari, 
qarorlari 
va 
farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga va o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarga amal qiladi. 
G‘aznachilik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahal-
liy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 
tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bevosita va 
o‘zining hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi. 
G‘aznachilik faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjeti mablag‘lari 
hisobiga amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetining kassa ijrosining g‘aznachilikka o‘tilishi O‘zbekiston 
Respublikasi moliya tizimidagi eng yirik islohotlardan biridir. Jahon amaliyotida 
rivojlangan davlatlarning byudjet ijrosi aynan g‘aznachilik tizimi orqali amalga 
oshiriladi. G‘aznachilik uzoq rivojlanish bosqichiga ega bo‘lgan tizim bo‘lib, 
uning bir necha ijobiy tomonlari borki, bu Davlat byudjeti ijrosining aniqliligi, 
maqsadliligi va byudjet mablag‘larining samarali boshqarilishini ta’minlaydi. 
Davlat byudjetining har bir so‘m mablag‘ining maqsadli sarflanishiga zamin 
yaratib beradi. 
O‘zbekiston sharoitida davlat moliyasini boshqarish tizimidagi is-
lohotlarning eng asosiysi g‘aznachilik tizimini to‘liq joriy qilishdir. Davlat 
byudjeti ijrosida foydalanilayotgan g‘aznachilik tizimi davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga 
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar yig‘indisidan iborat. Bu chora-tadbirlar davlat 
byudjetining xarajatlari ijrosidagi moliyaviy nazorat bo‘yicha dolzarb 
muammolarni qamrab oladi. 
G‘aznachilik tizimining rivojlanishi va amaliyotga kirib kelishi uzoq tarixiy 
rivojlanish davrini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizning boy tarixidan bizga 
ma’lumki, g‘aznachilik amirlik va xonliklarning g‘aznasini boshqarishda muhim 
ahamiyat kasb etgan. G‘aznachilik bilan yuqori bilim va ma’lumotlarga ega 
shaxslar shug‘ullanishgan. Xazinadagi har bir oltin va qimmatli toshlarning aniq 


43 
o‘lchovini olib borish hamda yuritish o‘sha davrlarda g‘aznaning oldidagi eng 
mashaqqatli xizmat sifatida qaralgan. G‘aznachilik lavozimiga esa xon va amir 
tomonidan iqtidorli, halol, bilimga ega shaxslar qo‘yilgan. 
Hozirgi davrga kelib g‘aznachilik rivojlanib, axborot texnologiyalari va 
dasturlarni qo‘llagan holda Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlarini 
kassa ijrosini amalga oshirmoqda. Davlat byudjetining holati va monitoringini 
olib borishda g‘aznachilik tizimidan foydalanilmoqda. Bu boradagi islohotlar 
davlat moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini boshqarish va tartibga 
solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Shu 
sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar 
talablariga 
moslashtirish, 
so‘nggi 
ijobiy 
natijalarni 
ko‘zlagan 
holda 
muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog‘onasiga ko‘tarish talab 
etilmoqda
1

Bu borada dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga 
tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 26-aprelda 144-son Qarori 
qabul qilindi. Mazkur loyihani amalga oshirishga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki tomonidan 400,0 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Qarorda 
aytilishicha, “Yaponiya hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 
moliya axborot tizimining funksional va texnikaviy tuzilmasini ishlab 
chiqishga”
2
500,0 ming AQSh dollari miqdorida grant berilishi bildirildi.
Mazkur loyihaning maqsadi davlat moliyasini boshqarishni takomil-
lashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan 
holda byudjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash, byudjet 
ijrosining yangi tizimini yaratishdan iboratdir. Ko‘rsatib o‘tilgan loyihani 
amalga oshirish yuzasidan mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligiga yuklatildi. 
1
Davlat moliyasini isloh etishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi 
materiallari (20.12.2009). T.: HUMOYuN ISTIQLOL MO‘JIZASI, 2009. 87-88 b.
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish 
loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-son (26.04.2002) Qarori, 
1-band



44 
Loyihani tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi 
kengash tuzildi. Bu kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 
– loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha monitoring olib borish; 
– loyiha doirasida jalb etiladigan vakolatli organlar, konsalting 
kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish; 
– loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun jalb etiladigan 
mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash; 
– tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ularning 
natijalarini ma’qullash, tegishli tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash; 
– ekspertizalar o‘tkazish va jalb etilayotgan konsultantlar va ekspertlar 
hisobotini ma’qullash. 
1-rasm. Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasi yo‘nalishlari 
O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasini isloh qilish bo‘yicha 
muhim qadamlardan biri “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi 
Qonunining qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling