D tashmuxamedova


G‘aznachilikning axborot tizimi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

G‘aznachilikning axborot tizimiG‘aznachilikka yagona axborot tizimi 
xizmat qiladi. Hozirgi kunda G‘aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan 
bo‘lib, “Davlat mablag‘larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb 
ataladi. “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot tizimi” (O‘RMV 


34 
AT) — tegishli byudjetlarning byudjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish
shu jumladan byudjet tizimi byudjetlari va boshqa maqsadli jamg‘armalar 
byudjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan 
axborot tizimi 2016-yildan faoliyati amalga oshirilmoqda
1
. G‘aznachilik 
faoliyatini tashkil etishda «UzASBO» DM — byudjet tashkilotlari tomonidan 
byudjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun 
mo‘ljallangan dasturiy majmuasi muhim ahamiyatga ega.
Byudjet 
operatsiyalari 
bo‘yicha 
kodlashtirilgan 
va 
tasniflangan 
ma’lumotlar «UzASBO» DM orqali g‘aznachilik organlariga yuborilib O‘RMV 
ATga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, hududiy 
belgilari, byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar bo‘yicha aniqlash imkonini 
beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli byudjetlarga belgilangan 
normativlar asosida o‘tkaziladi va boshqariladi. 
G‘aznachilikda davlat byudjeti mablag‘larini boshqarish shundan 
iboratki, G‘aznachilik yagona g‘azna hisobraqamidan va G‘aznachilikning 
boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat byudjeti mablag‘larini, davlat 
byudjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun 
yo‘naltirish, shuningdek, davlat byudjetining vaqtincha bo‘sh turgan 
mablag‘larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish 
hamda ular hisobidan respublika byudjetiga, Qorag‘alpog‘iston Respublikasi 
byudjetiga, mahalliy byudjetlarga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga 
byudjet ssudalari berish yo‘li bilan boshqarib boradi. G‘aznachilik tomonidan 
dotatsiyalar va ssudalarni o‘tkazish yagona g‘azna hisobraqamidan yoki 
G‘aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat byudjetida mablag‘lar 
ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga 
o‘tkaziladi.
1
“O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi 
moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi 
tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami №2850. 


35 
Agar davlat mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish ular 
ajratilgandan keyingina boshlansa, davlat byudjeti ko‘p narsani boy beradi. 
Keyingi moliyaviy nazoratning samarasizligi shundaki, uning xulosalari 
byudjetdan mablag‘ oluvchi o‘ziga ajratilgan mablag‘larini amalda sarflab 
bo‘lganidan keyin chiqariladi. Vaholanki, joriy nazoratni, ya’ni byudjet 
mablag‘lari o‘zlashtirilishi jarayonini nazorat qilishni ta’minlash muhimdir
1

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, byudjetning kassali ijrosi g‘aznachilik va 
bank orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy islohotlar sharoitida byudjet ijrosida bank
tizimining qo‘llanilishi quyidagi holatlarga olib keldi: 
 daromadlarning tushishida pasayish yuz berdi, tartibga soluvchi soliq-
larni qo‘llashning yagona uslubining yo‘qligi byudjet jarayonini boshqarishni 
qiyinlashtirdi; 
 tushgan daromadlar va qilingan xarajatlar to‘g‘risida tezkor axborotlar
olishga, zudlik bilan byudjetga oid boshqaruv qarorlarini qabul qilishga
imkoniyat bermadi; 
 tijorat banklari hisobraqamlarida byudjet mablag‘larining o‘rtacha qol-
dig‘ining yuqori darajasi saqlanib qoldi;
 byudjet mablag‘larining nazorati kamayib ketdi, amalda ularni
maqsadsiz ishlatish hollari kelib chiqdi. 
Buning asosiy sabablaridan biri joriy byudjet ijrosi tizimida, moliya organlari 
sust (passiv) rolga ega bo‘lganligi va shu bilan bir vaqtda bank va byudjet
tashkilotlariga yuklatilgan funksiyalarni mustaqil bajarib, moliya organlarini
amalga oshirilgan byudjet jarayoni faktlaridan keyingina xabardor qilinadi. 
Buning natijasida mahalliy byudjetlarda mablag‘ yetishmovchiligi yuzaga kelib, 
yuqori turuvchi byudjetdan byudjet ssudasini olishga to‘g‘ri keladi.
Eng asosiysi, buning natijasida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan
birinchi darajali xarajatlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ma’lum muddatlarda 
kechikishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda mahalliy byudjetlar
1
Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, 
Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010.


36 
tarkibida, respublikamiz aholisiga qaratilgan o‘ta muhim ijtimoiy tadbirlar 
bo‘lganligi uchun dolzarb masalalaridan biri daromadlarning tushishi bilan 
xarajatlarni amalga oshirishi kerak bo‘lgan vaqt o‘rtasidagi nomutanosiblikni 
bartaraf etishdir.
Demak, davlat byudjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritilganini 
bugungi kunda byudjet islohotlarining yirik yo‘nalishlaridan biri desak xato 
bo‘lmaydi, chunki davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati mavjud, 
byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish uchun byudjet xarajatlarining 
nazoratini kuchaytirish talab etiladi. 
Davlat moliya tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar davlat xarajatlarini 
boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi, Davlat iqtisodiyotni isloh
qilish va bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonlarida hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. Bunda davlat byudjeti islohotlarning eng muhim dastaklaridan biri 
vazifasini bajaradi.
Shu sababli, yaqin kelajakda davlat byudjeti ijro etilishining g‘aznachilik 
tizimini izchil joriy etishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim 
ahamiyatga ega. G‘aznachilik sharoitida byudjetning kassali ijrosi deganda har bir 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling