D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- 2002-yilda “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasi ma’qullandi
hamda uni tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha mas’uliyat Moliya vazirligiga yuklatildi. Mazkur loyihaning maqsadi “davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iborat” 1 bo‘ldi. 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu Qonun byudjet xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish jarayonlariga keskin o‘zgartirishlar kiritdi. Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalarining) va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larining g‘azna ijrosi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘ldi. “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi o‘z navbatida byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ularning xarajatlarini to‘lashga qaratilgan byudjet mablag‘larining harakatini nazorat qilish tartibini aniqlash va belgilashni taqozo etadi. 2005-yilda Moliya vazirligi tarkibida davlat byudjetining g‘azna ijrosini joriy qilish uslubiyoti boshqarmasi tashkil etildi. Davlat byudjetining g‘azna ijrosini joriy etish – keng qamrovli masala bo‘lib, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qator masalalarni hal qilishni talab etardi, xususan, g‘aznachilik faoliyatining uslubiy asoslarini shakllantirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, yagona g‘azna hisobvarag‘ini ochish va shu kabi masalalar Uslubiyot boshqarmasi 1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-son (26.04.2002) qarori. 3-band. 25 faoliyatining diqqat markazida bo‘ldi va byudjetning g‘azna ijrosi metodologiyasini yaratishga qaratildi. 2007-yilda respublikaning barcha hududlarida davlat byudjetining g‘azna ijrosi elementlari joriy etildi, davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga ko‘ra barcha guruhlari bo‘yicha ijrosi g‘aznachilik bilan qamrab olindi. 2007-yilda Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat- ni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. 2009-yilda davlat byudjeti bilan birgalikda, davlat maqsadli jamg‘armalarining ham ijrosi G‘aznachilikka o‘tdi. Bu maqsadda davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari harakatini ta’minlovchi tegishli banklardagi ularning hisobraqamlari yopilib, G‘aznachilikda ular uchun shaxsiy hisobraqamlar ochildi va ularning daromadlari tushumi va xarajatlari to‘lovi shu hisobraqamlardan amalga oshirila boshlandi. 2010-yildan boshlab tajriba tariqasida davlat byudjetining bojxona orqali tushuvchi daromadlari ijrosi g‘aznachilik orqali amalga oshirila boshladi; 2011-yildan boshlab yangi byudjet tasnifiga asoslangan, davlat byudjeti g‘azna ijrosini amalga oshirishga xizmat qiluvchi G‘aznachilik dasturiy majmui ishga tushirildi. 2011-yilning 7-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-1475-sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat xaridlari 26 bo‘yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi deb belgilandi. G‘aznachilik tashkiliy tuzilmasi tarkibida esa “Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo‘limi” tarkib topdi. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonuni talablaridan kelib chiqib, Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirila boshlandi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlar banklar tomonidan qabul qilinadigan va belgilangan tartibda 23402-, 23403-, 23407-, 23409-, 20207-, 20205- va 23411-sonli balans hisobraqamlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadigan va ular hisobidan tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobiga belgilangan miqdorlarda ajratmalar amalga oshiriladigan tartib joriy etildi. 2014-yildan Byudjet kodeksining amalga kiritilishi byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosini tashkil etishning qonuniy bazasini yanada mustahkamladi. 2016-yilda respublikamiz bir necha yillardan buyon davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g‘azna ijrosi bilan qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-martdagi (ro‘yxat raqami №02-02/1-860, 2016-yil 14-mart) 1-sonli bayonnomasiga muvofiq, 2016-yilning 1-aprelidan 1-iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig‘ishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g‘azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek Moliya vazirligi axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va daromadlarni yig‘ishga vakolatli bo‘lgan tegishli organlar va tashkilotlar axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 2016-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston 27 Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g‘azna ijrosi mexanizmi bilan to‘liq qamrab olish vazifasi yuklatildi. Bunda 2016-yil 1-iyulidan byudjet tizimining byudjetlari daromadlarini g‘azna ijrosi mexanizmi bilan respublikaning barcha hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan. 2017-yildan byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda №2580 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari”da belgilangan mexanizm asosida tashkil etildi. Bunda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda tegishli hujjatlarni UzASBO tizimi orqali G‘aznachilik bo‘linmalariga uzatish va O‘RMVAT tizimida hisobga olishning amaldagi byurokratik tizimdan elektron tizimiga o‘tilishi asosida davlat byudjeti ijrosining yanada samarali ijrosi ta’minlandi. 2017-va 2018-yillarda davlat va korporativ xaridlar tizimini zamonaviy uslub va uslubiyot asosida tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi. Bunda davlat xaridlarini samarali, korrupsiyadan xoli va shaffof tarzda tashkil etilishi maqsadida qonun hujjatlari shakllantirildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling