G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari” Reja
Download 50.88 Kb.
|
G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’aznachilik asoslaridan asosiy tushunchalar tavsifi “G’aznachilik” fanining kelib chiqishi, predmeti, maqsadi va vazifalari
“G’aznachilik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari” Reja: “G’aznachilik” fanining kelib chiqishi, predmeti, maqsadi va vazifalari Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi G’aznachilik asoslaridan asosiy tushunchalar tavsifi “G’aznachilik” fanining kelib chiqishi, predmeti, maqsadi va vazifalari “G’aznachilik” fanining kelib chiqishi. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o’zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi. Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo’g’ini - davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o’zining ijobiy natijalarini bergan davlat byudjetining g’azna ijrosiga o’tish amalga oshirilmoqda. Shu narsa ma’lumki, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor mexanizmlarini ko’r-ko’rona, sun’iylik bilan tadbiq etib bo’lmaydi, chunki jamiyat a’zolari o’rtasida shunday an’anaviy ierarxik munosabatlar tizimi shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni e’tiborga olmaslik turli nohush holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyotni boshqarishning jahon amaliyotida tan olingan bir qator mexanizmlarini, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish sharoitlarimizga tegishli tarzda moslashtirgan holda, qo’llash va ijobiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Byudjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi shunday mexanizmlardan biri – davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimidir. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini O’zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. Ana shu holatlarning mavjudligi, shuningdek, davlat moliyasini boshqarishning mohiyat jihatdan yangi g’aznachilik tizimini joriy etish shart-sharoitlari, imkoniyatlari, afzalliklarini, g’aznachilik tizimining ishlash mexanizmini o’rganishning zarurligi mazkur fanning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri – mamlakatda davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimini joriy qilishdan iborat. O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunining ishlab chiqilishi davlat mablag’larini taqsimlash va ulardan foydalanishni tartibga solishda navbatdagi muhim qadam bo’ldi. G’aznachilikni joriy etish byudjetning daromadlar qismida tushumlarning to’liq va o’z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini beradi. “G’aznachilik” fanining maqsad va vazifalari. “G’aznachilik asoslari” fanini o’qitishdan maqsad – talabalarga davlat byudjetining g’azna ijrosi haqida nazariy bilimlar berish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarning bugungi bosqichida davlat moliya tizimida amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlari va g’aznachilik tizimi samarali faoliyatini ta’minlash bo’yicha asosiy ko’nikmalar hosil qilish, g’aznachilik tizimi amal qilish mexanizmlarini o’rganish, ularni nazariy, amaliy va metodologik jihatdan takomillashtirishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur fan o’z predmetini o’rganish uchun quyidagi vazifalarni qo’yadi: g’aznachilik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini o’rganish; davlat byudjeti g’azna ijrosining amal qilish asoslarini o’rganish; g’aznachilik faoliyatini boshqarishning tashkiliy asoslarini o’rganish; davlat byudjeti daromadlarini g’aznachilik tizimi orqali shaklllantirish mexanizmini o’rganish; davlat byudjeti xarajatlarini g’aznachilik tizimi orqali ijro etish va tarkibini o’rganish; g’aznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi asoslarini o’rganish; g’aznachilik tizimi samarali faoliyatini ta’minlash yuzasidan xorij tajribalarini o’rganish; davlat byudjeti g’azna ijrosini tadbiq etishning shart-sharoitlari, uning afzalliklari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; davlat byudjeti g’azna ijrosining amal qilish mexanizmini o’rganish va h.k. Download 50.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling